MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
DINSHUNOSLIK RELS14MBK Islom dinining aqidaviy yo`nalishlari va maktablari 7 MAVZU ALIMOVA SHAXNOZA XAMIDOVNA
Gumanitar fanlar kafedrasi
katta o’qituvchisi
REJA: 1. Kalom ilmi
2. Moturidiylik va ash’ariylik, aqoid
3. Islomda imon masalasi
4. Moturidiylik kalom maktabi vakillari
“Kalom” so‘zi arab tilida gap, suhbat, til, so‘zlashuv, nutq va bayon ma’nolarini anglatadi.
Istilohiy ma’noda esa, musulmon kishining e’tiqodi, aqidasi va dunyoqarashini belgilab beradigan ta’limotga aytiladi. Boshqacha aytganda, balog‘atga yetgan kishining e’tiqodi, imon keltirishi, islom dinining talablari shaklida tasdiqlashi shar’iy e’tiqodiy hukmlarga aytiladi.
Islom ta’limoti bo‘yicha barcha payg‘ambarlarning yagona Allohga imon keltirishga da’vatlari eng asosiy vazifalari deb qaralgan. Shunday bo‘lsa-da, ularning tutgan shariat yo‘llari turlicha bo‘lganini alohida ta’kidlash kerak.
KALOM ILMI
ISLOM TA’LIMOTI
Islom ta’limotini Muhammad (alayhis-salom)dan bevosita sahobalar o‘rganib, o‘zlaridan keyingi tobe’inlarga yetkazishgan. O‘z navbatida ular ham o‘zlaridan keyingilarga yetkazgan. Shu tariqa islom ta’limoti toza va sof holda hozirgi kungacha yetib kelgan. Biroq tarix mobaynida odamlar mavjud diniy matnlarni turlicha talqin qilishlari natijasida turli oqimlar va toifalar paydo bo‘lganini ko‘ramiz. Ayni din masalasida yuzaga kelgan noto‘g‘ri tasavvur va tushunchalar xato ekanini ko‘rsatib beradigan olimlar ham paydo bo‘lib, ular islom ta’limotini to‘g‘ri tushuntirib beradigan fanga asos soldilar.
Mazkur fanni turli davrlarda «al-fiqh al-akbar», «tavhid», «aqida», «kalom», «usul ad-din» kabi bir qancha nomlar bilan ataldi.
«Al-Fiqh al-akbar»atamasini birinchi bo‘lib imom Abu Hanifa qo‘llab, ayni shu mavzuga bag‘ishlab bir risola yozadi. Chunonchi, «fiqh» so‘zi biror narsani har tomonlama o‘rganib, uning daqiq qirralarigacha fahmlab yetish ma’nosini bildiradi.
Shuningdek, namoz, ro‘za, haj, nikoh va boshqa amaliy hukmlarni o‘rganuvchi ilmni ham fiqh deb ataladi. Shuning uchun aqidaviy masalalarni o‘rganuvchi ilmni “Al-Fiqh al-akbar”, ya’ni «katta fiqh», amaliy fiqhni esa “kichik fiqh” deb yuritiladigan bo‘lgan
Yana bir “usul ad-din”da shariat va dindan olingan e’tiqodiy hukmlarni o‘rganilib, dindagi asl hukmlarni tadqiq etiladi. Bir qator olimlar shu nom ostida o‘z kitoblarini ta’lif etganlar. “Tavhid” ilmida Allohning yagonaligini va Uning sifatlarini o‘rganishga e’tibor beriladi.
Yana bir atamani “kalom ilmi” deb yuritiladi. Islom diniga oid manbalarda uni aqida ilmining eng mashhur nomlaridan biri sifatida keltiriladi