Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali akt-11-22 guruh



Yüklə 83,33 Kb.
səhifə4/5
tarix24.12.2023
ölçüsü83,33 Kb.
#192937
1   2   3   4   5
Ma\'lumotlar ba\'zasi m№3

Mohiyat bu ma‘lumotlari ma‘lumotlar bazasida saqlanishi kerak bo‘lgan biror real yoki tasavvur qilingan ob‘ektdir. ER modeli diagrammasida mohiyat odatda to‘rtburchak shaklida tasvirlanib, uning ichiga mohiyat nomi qo‘yiladi.
Masalan: 
Mohiyat aniq ma‘noga ega bo‘lgan nomga ega bo‘lib, u yagona bo‘lishi kerak. Mohiyat turini uning nusxasi bilan farq qilish kerak. Mohiyat nomi uning nusxasiga emas, turiga beriladi. Mohiyat nusxasi -bu aniq bir xil turdagi narsalar, hodisalar va boshqalardir. 
Masalan, yuqoridagi ―O‘quvchi‖ mohiyatida ―O‘quvchi‖ mohiyat turining nomi, mohiyat nusxasi esa aniq bir o‘quvchidir. Masalan, Axmedov, Toshmatov va boshqa. 
Bog‟lanish -bu ikki yoki bir necha mohiyatlar birikmasidir. Bog‘lanish faqat ikkita har 
xil mohiyatlar orasida mavjud bo‘ladi. Oxirgi bog‘lanishga rekursiv deyiladi.
Mohiyat-bog‘lanish‖ diagrammalarini ishlab chiquvchi har xil turdagi standart 
metadologiyalar mavjud. Masalan, IDEFIX, IE, DM. Bu usullar har qaysisining mohiyat bog‘lanishni tasvirlash uchun o‘z belgilari bor. 
Atribut (xossa) -mohiyatni xarakterlovchi nomlardir. U o‘zida yagona murakab 
bo‘lmagan strukturani tasvirlab, mohiyat holatini xarakterlaydi. Masalan: O‘quvchilar mohiyati atributi kod, familiya, ism, manzil, yosh va boshqalardir.
Mohiyat atributlar to‘plami cheksizdir. U axborot tizimlari bilan ishlaydigan 
foydalanuvchi talabiga va yechiladigan masalaga bog‘liqdir.


Ma’lumotlar bazasi jadvallari orasidagi relyatsion bog‟lanish.
MBing ikki va undanortiq jadvallari orasida biri ikkinchisiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Agar ikkinchi jadval birinchi jadvalga qaram bo‘lsa birinchi jadvalga bosh jadval, ikkinchi jadvalga esa qaram jadval deyiladi. 
Bosh jadvaldagi bitta yozuvga qaram jadvalda unga mos bir necha yozuv mavjud bo‘lishi mumkin.
MB jadvallari orasida uchta har xil aloqa bo‘lishi mumkin: bitta-ko‘pga‖; bitta-
bittaga‖; ko‘p-ko‘pga‖.
Bitta-ko‟pga” bog‘lanish. ―Bitta-ko‘pga‖ bog‘lanish bo‘ladi, qachonki bosh jadvaldagi 
bitta yozuv qaram jadvaldagi bir necha yozuvga aloqasi bo‘lsa.
Munosabatlar
Maʼlumotlarning relyatsion modeli 1970 yil IBM firmasining xodimi Edgar Kodd tomonidan taklif etilgan. Relyatsion maʼlumotlar bazasining asosiy gʼoyasi maʼlumotlar bazasi strukturasini soddalashtirishga qaratilgan. Unda ierarxik modeldagi kabi avlod va ajdodlarga yaqqol koʼrsatgichlar yoʼq, barcha maʼlumotlar star va ustunlarga boʼlingan oddiy jadvallarda tasvirlanadi. Relyatsion modeldagi asosiy tushuncha “munosabat” (relation) xisoblanadi. Relyatsion modelda oʼziga xos atamalar ishlatiladi, biroq bu model moxiyatini oʼzgartirmaydi. Masalan, mantiqiy darajada element atribut deb,ataladi. Bundan tashqari u uchun “kolonka”, “ustun” va “maydon” atamalari ham ishlatiladi. Аtributlar toʼplami kortejni (qator, yozuv, satr) xosil qiladi. Kortejlar toʼplami munosabatni (MB jadvali yoki faylini) xosil qiladi. Relyatsion modelda fayllar oʼrtasidagi bogʼlanishlar yaqqol tarzda tavsiflanmasligi ham mumkin. Bu bogʼlanishlar maʼlumotlarni qayta ishlash vaqtida dinamik ravishda mos maydonlarning qiymatlari boʼyicha oʼrnatiladi. Relyatsion MB da yozuvlar chiziqli strukturaga ega. Har bir munosabat kalitga, yaʼni kortejni bir qiymatli identifikatsiyalovchi atributga (oddiy kalit) yoki atributlar toʼplamiga (tarkibiy kalit) ega. Qaralayotgan munosabatda kalit boʼlmagan atribut yoki atributlar guruxi boshqa munosabatda kalit boʼlsa, bu atribut yoki atributlar guruxi tashqi kalit deb ataladi.
Аgar biror jadval tashqi kalitga ega boʼlsau xolda u: a) mos birlamchi kalitga ega boʼlgan jadval bilan mantiqan bogʼlangan; b) bu bogʼlanish birga koʼp xarakterga boʼladi.
Bitta jadvaldagi yozuvlar ham bir-biri bilan aloqada bo‘lishi mumkin. quyidagi misolni qaraymiz.


Yüklə 83,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin