2. Mamlakatimizda yaratilayotgan mobil ilovalar tahlili Mamlakatimizda ham Android operatsion tizimini o’rganishga bo’lgan etibor juda katta. Bugungi kunda Android operatsion tizimida ishlovchi mobil qurilmalarning ishlab chiqarilayotganligi bu tizimga bo’lgan e’tiborning qanchalik muhimligidan dalolat beradi.
Muhammad al-Horazmiy nomidagi Toshkent axborot tehnologiyalari universitetida “2018 yilda O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar” Dasturi ijrosini ta"minlash maqsadida iqtidorli talabalar, magistrlar va professor-o’qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy va tehnik ishlanmalar ko’rgazmasi bo’lib o’tadi. Ko’rgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad: universitet va uning hududiy filiallarida ta"lim olayotgan talabalarning faolligini oshirish, ilmiy faoliyatga jalb etish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni raғbatlantirish, eng asosiysi, yuqori salohiyat va iqtidorga ega bo’lgan dasturchilar maktabini shakllantirishga qaratilgan.
Zamonaviy hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurgan elektron tijorat sohasidagi yangi xizmatlar kun sayin yangi imkoniyatlar bilan kengayib bormoqda. Bugun har birimiz ushbu qulay texnologik imkoniyatlarsiz hayotimizni tasavvur etolmaymiz. Jumladan, kompaniyamiz ham kundan-kunga rivojlanib, o‘z hamkorlariga yangi xizmatlarni taklif qilib kelmoqda. Bulardan biri yaqin kunlarda mutaxassislarimiz tomonidan yaratilgan “Karta hisobidagi pul miqdorini muzlatish” xizmatidir.
Mazkur mobil ilovadan fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari, qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarida ishlayotgan mutaxassislar, tarmoq oliy o‘quv yurtlarining talabalari va professor-o‘qituvchilari, suv resurslarini boshqarish masalalariga bevosita aloqador bo‘lgan keng jamoatchilik foydalanishi mumkin, — — dedi Birodarjon Burhonjonov. — Suv xo‘jaligi vazirligi tuzilmalari mutaxassislari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik jarayonlarida kerakli axborotlarning yetishmasligi, ayniqsa bu jarayon suv tejash texnologiyasida tez-tez ko‘zga tashlanib turishi ma'lum bo‘ldi. Aynan mana shu omillar “TOMChI” ilovasining ishlab chiqilishiga sabab bo‘ldi, — deya ta'kidladi u.
TezMed loyihasi – tez tibbiy yordam boshqaruv tizimini avtomatlashtirish uchun innovatsion dasturiy ta’minot to‘plami sanaladi. U mobil ilova sifatida aholidan kelib tushayotgan ma’lumotlarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularni avtomatik ravishda ustun tartibda belgilash va planshetlarning GPS navigatsiyasidan foydalanish orqali transportni boshqarish uchun mo‘ljallangan.
UzbekistanPass (UzPass) – bu O‘zbekistonni yaqindan bilish, uning ko‘p asrlik tarixi bilan tanishish, go‘zalligidan zavq olish, shuningdek o‘z sayohatini qulay hamda tejamli o‘tkazishni istovchilar uchun ajoyib turistik servis. Servisda har bir sayyoh mamlakat haqidagi o‘zi uchun kerakli ma’lumotlar: mehmonxonalardagi nomerlarni ko‘rish va band qilish, turpaketlar, professional gid-ekskursiyachilarning katta tanlovi, avia va temir yo‘l chiptalarini xarid qilish, avtomobil ijarasi hamda ko‘plab boshqa ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.