O'z-o'zini band qilishning afzalliklari



Yüklə 33,06 Kb.
səhifə1/6
tarix12.04.2023
ölçüsü33,06 Kb.
#96450
  1   2   3   4   5   6
Biznes 2-mavzu


  1. O'z-o'zini band qilishning afzalliklari

O'z-o'zini band qilish tamoyillari asosida karyerasini qurishni mo'ljallaganlar, odatda, quyidagi besh sababdan kelib chiqishadi: shaxsiy qoniqish, mustaqillikka intilish, foyda olish, bandlik kafolati va shaxsiy mavqe.

Shaxsiy qoniqish. Ayrim odamlar uchun o'ziga ishlash bilan bog'liq asosiy katta taqdirlanish - bu shaxsiy qoniqish. Shaxsiy qoniqish o'z hayoti bilan o'zi xohlagan narsani ijod qilish imkoniyati borligida ifodalanadi. O'z-o'zini band qilish sizga har bir ish kunini o'zingizga rohat bag'ishlaydigan ishni bajarishga sarflashingiz.ga imkon beradi. Masalan. rasm olishni yaxshi ko'rsangiz., siz o'zingizni xususiy studiyangizni tashkil etishingiz mumkin. Har safar mijoz o'z fotoportretidan qoniqqanini bildirganda, siz ham shaxsiy qoniqish his qilasiz.

Siz o'zingiz yashaydigan jamoaga yordam berganingizdan ham qoniqish olishingiz mumkin. O'z-o'zini band qiladigan odamlar mahalla aholisiga tovarlar yetkazib beradi. xi/matlar ko'rsatadi hamda ularga ish o'rinlarini taqdim etadi. Ular. shuningdek. boshqa mahalliy korxonalarning tovarlari va xizmatlarini sotib olishadi, mahalliy banklardan qarzga pul olishadi, soliqlarni to'lashadi.

Mustaqillik. O'z-o'zini band qilishning yana bir afzalligi mustaqillikdir, Mustaqillik — bu boshqalar tomonidan nazoratning yo'qligi. Siz o'z bilimingiz, ko'nikmangiz va qobiliyalingizni o'zingiz xohlagan tarzda qo'llashingiz mumkin. Boshqa ishlaydiganlarga nisbatan, o'z-o'zini band qilgan odamlar ko'proq erkinlikka ega. Ular o'zlari zarur vakolatlarga ega va oldindan boshqa birovlarning roziligini olmasdan qaror qabul qilishlari mumkin.

Foyda. Odamlar yangi korxona tashkil etayotganda, olishni moljallaydigan asosiy taqdirlanishlardan biri bu foydadir. Foyda – bu barcha xarajatlarni to'lagandan keyin qoladigan daromad. Foyda korxonaning egasiga qoladi. O'z-o'zingizni band qilib, siz o'z daromadingizni boshqara olardingiz. Juda ko'p hollarda korxonaga ko'proq vaqt va ko'proq harakat bag'ishlash kaltaroq daromadga aylanadi. Siz boshqa birovlarga ishlaganingizda bunday holat kamdan kam uchraydi.

Sandlik kafolali. Ko'pgina korxonalar bandlik kafolatiga ega bo'lishni istagan odamlar tomonidan tashki) etiladi, chunk! yollan-gan mehnatda bunga crishib bo'lmaydi. Bandlikning kafolati, ish borligi va daromad tolanishi nuqtayi nazaridan, boshqalarga bog'liq bo'lmasligingizga imkoniyat beradi. O’z-o'zini band qilgan odamlar ishdan bo'shatilishi, korxonadan haydalishi yoki ma'lum yoshga yetganda majburiy rarzda ishdan ketishi mumkin emas.

Mavqe. Mavqe — bu alohida shaxsning ijtimoiy darajasini yoki uning jamiyatdagi o'rnini ifodalash uchun qo'llanadigan atama. O'z-o'zini band qilgan odamlar iste'molchilar bilan olrnatgan aloqalari va ularning faoliyati ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tufayli diqqatni jalb etib, e'tirofga sazovor bo'lishadi. Buning natijasi sifatida, ular ko'pgina boshqa ishlayotganlardan yuqoriroq mavqega ega bo'lib, bundan rohatlanishlari mumkin. Ijtimoiy mavqe bilan egalik g'ururi uzviy bog'liq; ko'pgina odamlar binolarda, avtomobillarda, idora buyumlari va reklamada o'z ismlarini ko'rib g'ururlanishadi.

Moslashuvchanlik. O'z imkoniyatlariga bog'liq holda o'zini o'zi band qilgan kishilar istalgan xildagi va kattalikdagi korxonani ochishi mumkin. O'zini o'zi band qilish xodim va izdosh emas, balki insonga ish beruvchi va yetakchi bo'lish imkoniyatini ham beradi.




  1. Yüklə 33,06 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin