Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə4/6
tarix21.12.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#76879
1   2   3   4   5   6
Ne\'matjon

WINDOWSNING asosiy elementlari
WINDOWS ning asosiy ekrani “desktop” deb ataladi, ya’ni ishchi stol.
Barcha amallar unda bajariladi. WINDOWS so’zining ma’nosi “darchalar”. Shuning uchun WINDOWS ga kirganda dasturlar darchalarda bajariladi. Darcha-larning joyini va o’lchamlarini o’zgartirish mumkin. Agar bir nechta programma bajarilayotgan bo’lsa darchalarni piktogrammalarga ko’paytirish mumkin. Bu esa ekrandan unumli foydalanish imkonini beradi.
Darchalar uch xil bo’ladi:
dasturlar darchasi;
hujjatlar darchasi;
muloqot darchasi;
Dasturlar darchasida bajarilayotgan dastur joylashadi. Darchaning yuqori qismida dastur nomi va menyu satri ko’rsatiladi. Dastur darchasi ekranning ixtiyoriy qismida bo’lishi mumkin.
Hujjat darchalarini dasturlar ochadi. Masalan, tahrirlagichlar darchada hujjat hosil qiladi. Darcha sarlavxasida hujjat nomi yoziladi.
Muloqot darchalari foydalanuvchining buyruqlariga javoban savollarni chiqarishda foydalaniladi.
Darcha qismlari. Har bir darcha quyidagi umumiy qismlarga ega bo’lishi mumkin:
 Sistemali menyu - darcha o’lchamlarini o’zgartirish, joyini almashtirish, yopish va masalalar ro’yxatiga o’tishni imkonini beradi.
 Sarlavxa satri - programma yoki hujjat nomi sistemali menyu, kichraytirish va kattalashtirish tugmachalari joylashadi. Agar ekranda bir nechta darcha bo’lsa, joriy darcha sarlavxa satri rangi va tusi bilan farqlanadi.
 Darcha nomi - darcha nomi uning turiga bog’lik bo’lib, programma yoki hujjat nomi gruppa, katalog nomidan iborat bo’lishi mumkin. Agar hujjat xotiraga yozilmagan bo’lsa, odatda unda “ untitled”(nomsiz) yozuvi turadi.
 Menyu satrida mavjud menyu ro’yxati keltiriladi. Odatda programmalar File (fayl), Edit (tahrirlagich), Help (ko’rsatma) va boshqa maxsus menyo’larga ega.
 O’tkazgich – hujjatning darchaga sigmagan qismlarini ko’rish imkonini beradi.
 Kichraytirish va kattalashtirish tugmalari yordamida joriy darcha o’lchamini programmaga kichraytirish yoki ekranga yoyish mumkin.
 Darcha xoshiyasi – darchaning tashki cheti. Uning yordamida darchaning eniga yoki buyiga kichraytirish yoki kattalashtirish mumkin.
 Darcha burchagi - darcha yuzasini kichraytiradi yoki kichraytiradi.
 Kursor – ayni daqiqada ishlash mumkin bo’lgan joyni ko’rsatadi. Berilgan joyga matn kiritiladi yoki rasm chiziladi.
 Sichqoncha belgisi - kompyuterga sichqoncha urnatilganda hosil bo’ladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin