Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali


net user foydalanuvchi nomi parol



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/6
tarix21.12.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#76879
1   2   3   4   5   6
Ne\'matjon

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Win + R
net user foydalanuvchi nomi parol

4.6-rasm. Windows 10 OT buyruqlar satri oynasida parol o’rnatish

Xuddi oldingi usulda bo'lgani kabi, parol so'rash uchun tizimni qulflash yoki Windows 10 tizimidan chiqish kifoya.
Agar Windows 10 parolining so'rovi o'chirilgan bo'lsa, uni yoqish mumkin
Agar siz Microsoft hisob qaydnomasidan foydalanayotgan bo'lsangiz yoki parolga ega lokal hisob qaydnomasidan foydalanayotgan bo'lsangiz, lekin parol so'ralmasa, Windows 10 tizimiga kirish uchun parol so'rovi sozlamalarda o'chirilgan deb taxmin qilish mumkin.
Uni qayta yoqish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:

  1. Klaviaturadagi Win + R tugmalarini bosing, control userpasswords2 ni kiriting va Enter tugmasini bosing.



  1. 4.6-rasm. Windows 10 OT parollarni holatini tekshirish



  1. Foydalanuvchi hisobini boshqarish oynasida foydalanuvchini tanlang va "Foydalanuvchi nomi va parolni talab qilish" («Требовать ввод имени пользователя и пароля») katagiga belgi qo'ying va "OK" tugmasini bosing. Tasdiqlash uchun joriy parolingizni ham kiritishingiz kerak bo'ladi.


4.7-rasm. “Foydalanuvchi nomi va parolni talab qilish” ni yoqish

Bundan tashqari, quyidagi nyuansga e'tibor bering: o'rnatish va yangilash vaqtida Windows 10 ning so'nggi versiyalari PIN-kodni o'rnatish va parol o'rniga tizimga kirish uchun foydalanishni taklif qilishi mumkin.
Multidasturli muhitda OT protsessor qaysi jarayonni, qachon va qancha vaqt olishini hal qiladi. Bu funksiya jarayonni rejalashtirish deb nomlanadi. Operatsion tizim protsessorni boshqarish uchun quyidagi amallarni bajaradi:
1.Protsessor va jarayon holatini kuzatadi;
2.Jarayonga protsessorni (CPU) ajratadi;
3.Jarayon talab qilinmasa, protsessorni o‘chiradi.
Protsessorni (CPU ni) rejalashtirish multidasturli operatsion tizimlarning asosidir. Protsessorni jarayonlar o‘rtasida almashtirish orqali operatsion tizim kompyuterni unumdorligini oshirishi mumkin. Protsessorni rejalashtirish va dispetcherlashtirish operatsion tizimning eng muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi. Ushbu bo‘limda quyidagi masalalar ko‘rib chiqilgan:
-Jarayonlarni rejalashtirishning asosiy tushunchalari;
-Dispetcherlashtirish mezonlari;
- Dispetcherlashtirish algoritmlari (FCFS, SJF, RR va boshqalar);
- Bir necha jarayonlarni dispetcherlashtirish;
- Real vaqtda dispetcherlashtirish;
- Ko‘p darajali navbatlar.
WINDOWS muxiti foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan ko’pgina imkoniyatlarga ega bo’lgan programmadir. U MSDOS OT imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
Windows muxitida ishlash natijasida foydalanuvchi ko’pgina qulayliklarga ega bo’ladi. Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish, ko’chirish, qayta nomlash, o’chirish va hokazo amallar tezda va yaqqol bajariladi. Shu bilan birga bir paytning uzida bir necha katalog bilan ishlash imkoniyatiga ega.
Bu dastur bir paytning uzida bir necha masalalar-ni yechish, ixtiyeriy printer va displey bilan, MS DOS dasturlari bilan ishlash kobiliyatiga ega.
Yagona interfeysga, ya’ni Windows turli versiyalari va dasturiy ilovalar bilan ishlashning standart qoidalarga egaligi muhimdir.
Hozirgi kunda WINDOWS millionlab foydalanuvchilar e’tiborini uziga jalb etdi.
Microsoft firmasi WINDOWSni takomillashtirish borasida doimo ishlamoqda. Shu bilan birga turli dasturiy ilovalarning yaratilishi WINDOWSning imkoniyatlarini yanada oshirmoqda. Bu MICROSOFT WORD, PAGE MAKER, COREL DRAW va hokazolardir.
WINDOWS 1983 yilda yaratilganga qaramasdan, u birinchi bor 1985 yilning noyabrda sotila boshlangan.
Lekinda WINDOWS asosan 1990 yildan ya’ni 3.0 versiyasidan boshlab keng tarqaldi. Windows OT yadrosi 3 qismdan iborat-
1 Kernel - OT ning eng kuyi qismi, ya’ni yadroning yuragi. Bu yerda xotirani taksimlashni boshqarish, jarayonlarni boshqarish, fayllarni boshqarish va boshqalar.
2 User - foydalanuvchi nazorat qiladigan elementlar, bu yerda klaviatura, sichqoncha, taymer, portlar, interfeys elementlarini tasvirlash (menyu, oyna (darcha) va boshqalar.)
3 GDI (Graphics Device Interface) - grafik qurilmalar interfeysi - grafik protseduralar bilan ishlash, shriftlarni tasvirlash, grafik qurilmalar bilan ishlash WINDOWS operatsion sistemasi quyidagi imkoniyatlarga ega.
 Universal grafika - WINDOWS dasturlarining qurilmalarga va dasturiy ta’minotiga bog’liksizligini ta’minlaydi.
 Yagona interfeys - WINDOWS da foydalanuvchining muloqoti yagona, ya’ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiy. Shuning uchun yangi dastur bilan ishlashingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.
 Mavjud dasturiy ta’minot bilan bog’likligi - WINDOWS ning barcha amaliy paketlari, tahrirlagichlari, elektron jadvallari ishini tula ta’minlaydi.
 Ko’p masalaligi - WINDOWS bir paytning uzida bir nechta masalani hisoblaydi, bir dasturdan boshqasiga utishni ta’minlaydi.
 Mavjud operativ xotiradan to’liq foydalanish kobiliyati - WINDOWS mavjud operativ xotiradan to’liq foydalana oladi. Qurilma resurslaridan ham to’liq foydalanadi. Bu qurilmalar bilan muloqotni uzi ta’minlaydi.
 Ma’lumotlar almashuvi - WINDOWS dasturlararo ma’lumotlar almashuviga ega. Bu maxsus Clipboard (ma’lumotlar buferi), yoki DDE (ma’lumotlarning dinamik almashinuvi, ya’ni boshqa programma natijalaridan foydalanish), yoki OLE (ma’lumotlarni ulash yoki boglash) yordamida amalga oshiriladi.
WINDOWS quyidagi programmalarga ega:
Briefcase - "Portfel", olinadigan nusxalarni muvofiqlashtirish.
Calculator
CD Player
Character Map - simvollar tablitsasi
Clipboard Viewer - buferdagi ma’lumotlarni kurish
Paint - grafik redaktor va boshqalar.
Zamonaviy WINDOWS tizimlarida ushbu dasturlar boshqa nom bilan atalgan yoki umuman almashtirilgan.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin