Muhammad yusuf she’rlarida badiiy san’atlarning qo’llanishi muhammad yusuf she’rlarida badiiy san’atlarning


Shoir ijodida tazod san’atining qo’llanishi



Yüklə 12,41 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü12,41 Kb.
#184631
1   2   3   4
Muhammad yusuf she’rlarida badiiy san’atlarning qo’llanishi-fayllar.org

Shoir ijodida tazod san’atining qo’llanishi. 
Tazod san’ati narsa-hodisalarni zidlash orqali hosil qilinadi.
Muhammad Yusuf she’rida yigitning sevgi tongini kutishi, lekin tunning
qizning ko’ziday qop-qora bo’lib quyilishini yoki baxtga to’la kun yarqirashini
tasvirlaydi. Bir-birini inkoretuvchi tong, tun, kun kabi tushunchalar ustalik bilan
qo‘llangani uchun ham sanamning tengsiz chiroyini o’quvchi yoki kitobxon ko‘z
oldida aniq va ta’sirchan tarzda tasavvur eta oladi:



Yigit sevgi tongini kutar,


Qiz ko‘zidayquyuladi tun.
Lekin uzun kipriklar o‘ta —
Yarqiraydi baxtga to‘lakun.
(O’sha manba 8- bet)
Yoki:
Tog‘ ortiga o‘tib ketdi kun,
Sekin cho‘kdi toza, salqin tun...
Mardlari bor elning boshi egilmaydur,
Nomard qoni qirq yilda ham qo’shilmaydi
( O’sha manba 96- bet) 
Yuqoridagi misralarda kun-tun,mard,nomard so’zlari o’zaro 
qarshilantirilgan. Qarama-qarshi ma’noli so’zlar tazod sa’natini keltirib 
chiqariladi. 
Tashbeh hozirgi adabiyotshunoslikda o‘xshatish deb yuritiladi. U shunday
san’atki, unda so‘zlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisa,
xususiyatlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashlik, sifat va belgidagi umumiylik
qiyoslanadi, o‘zaro solishtiriladi, tasvirlanayotgan narsa-hodisaning ayrim xususiyati
yorqin, chuqurroq va ta’sirliroq ochib beriladi.
Shoirlar she’rlarida tashbehdan o‘zlarining g‘oyalari, fikr va istaklarini badiiy
ta’sirchan ifodalash uchun foydalanishadi.
Tashbehning bir necha qismlari mavjud. Bular o‘xshatilgan narsa (mushabbah)
o‘xshagan narsa (mushabbahbihi), o‘xshatish sababi (vajhishaboh) hamda o‘xshatish
vositasi (holatitashbeh)dan iborat.
O‘xshatishlarning fazilati shundaki, ular ko‘zda tutilgan har qanday fikrning
aniqlashishida, shu obrazni to‘liq tasavvur etishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
O‘xshatishlarning yana bir xususiyatini ta’kidlashzarur. Bu ma’lum bir
o‘xshatishning turli obrazlarni yoritishda qo‘llanishidir. Masalan, yilqi (hayvon)
obrazi qora xalqqa, nodon, bilimsiz, zakovatsiz, ochko‘zva, umuman, yomonxulqli,
yaramasodatlikimsaganisbatanqo‘llanadi. Bo‘r iobrazini esa lashkarboshiga, yov-
dushmanga, mard erga, o‘limga ham nisbatan qo‘llanganini ko‘rish mumkin. Lekin
ularning hammasida ham bo‘ri o‘xshatishi aynan bir xil ma’noda kelmaydi.
Muhammad Yusufning quyidagi misralarida ham tashbehning go‘zal namunasi
yaratilgan:






Yüklə 12,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin