Muhammad yusuf she’rlarida badiiy san’atlarning qo’llanishi
MUHAMMAD YUSUF SHE’RLARIDA BADIIY SAN’ATLARNING
QO’LLANISHI
https://doi.org/10.5281/zenodo.6594341
Bo’ronova Nigora O’ktamovna
Buxoro viloyati Shofirkon tumani
15-maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
Annotatsiya: Maqolada O’zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusufning
she’riyatida badiiy san’atlarning o’rni va ahamiyati haqida fikrlar asosli misolar
vositasida yoritilgan.
Kalit so’zlar: talmeh, tazod, tashbeh, ilmi bede, shoirning badiiy mahorati.
O’zbek adabiyotining yorqin namoyondasi, O’zbekiston Xalqshoiri, el
ardoqlagan shoir, sevgi va sadoqat kuychisi Muhammad Yusuf jodiga nazar solar
ekanmiz. Ijodkorning ijodiy olamiga nazar tashlasak, tabiat, vatan, do’stlik, sevgi-
muhabbat kabi mavzularda qalam tebratgan.
Adabiyot san’at turlaridan biri ekanligidan xabardorsiz. Bu san’at turi haqidagi
ilm adabiyotshunoslikdir. O’zbek adabiyotining yorqin ijodkorlarining eng sara,
tanlangan she’riy asarlar ibilan
Asosiy ijod shakli she’riyat bo‘lgan adabiyotni ilmiy jihatdan o‘rganadigan
soha adabiyotshunoslik deb ataladi. Adabiyotshunoslik fani uch qismdan iborat—
she’riy vaznlar ilmi, qofiyailmi, badiiyat ilmi.
She’riy vaznlar qismida barmoq, aruz, va erkinvazni (o‘lchovi) haqida,
ikkinchisi qofiya tuzilishi, ahamiyati, unsurlarigako‘raturlari to‘g‘risidag ibo‘lsa,
oxirgisi ilmi badi’ deb ham ataladi. Ilmi badi’ arabcha birikma bo‘lib, chiroyli
so‘zlash, nodir, ajoyib ifoda ilmi degani. Badiiy tasvir vositalarining she’r
badiiyatini ta’minlashdagi o‘rnini tushunish uchun Muhammad Yusuf ijodiga nazar
tashlaymiz.
Ijodkor ijodi davomida turli xil badiiy tasvir vositalardan o’rinli
foydalanganligini ko’rib chiqamiz.
Shoir ijodida talmeh san’atining qo’llanishi.
Talmeh arabchas o‘zbo‘lib, ma’nosi «chaqmoq chaqilishi», «bir nazar
tashlash» demakdir.
Badiiy san’at sifatida u tarixiy va afsonaviy voqea, masal, shaxs, mashhur asar
va qahramonlar nomiga ishora qilish vositasida fikrni qisqa, ixcham tasvirlashdir.
Bizning bo’ston qayda bor,
Dostları ilə paylaş: |