UYG’UN
(1905—1990)
M ehnat qahramoni, Hamza nomidagi Reslublika davlat mukofoti laureati Rahmatulla Otaqo’zi o’g’li Uyg’un 1905 yili Qozog’iston jumhurlyati Jambul viloyatining Marki qishlog’ida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. U qishlog’idagi maktabni tugatgach, Toshkent pedagogika texnikumida o’qidi. 1925 yildan boshlab Toshkent qishloq xo’jalik texnikumida o’zbek tili va adabiyotidan dars berdi.
1927 yili Samarqand Pedagogika akademiyasida o’qidi va Mirtemir, Hamid Olimjon, Amin Umariy, Hasan Po’latlar bilan tanishdi. Uyg’un yoshligidan she’rlar yozib, vaqtli matbuotda faol ishtirok eta boshladi. 1929 yili shoirning «Bahor quvonchlari» nomli birinchi she’rlar to’plami chop etildi. «Mart kunlari», «Cho’l», «Kolxozchi kiz», «Ukraina yellari» kabi lirik she’rlari kitobxonlarnipg sevimli asariga aylandi.
30-yillarda shoirning «Ikkinchi kitob», «Quyosh o’lkasi», «She’rlar», «Muhabbat» kabi yangi she’riy to’plamlari va bir qator hikoya va dostonlari bosilib chiqdi.
Ulug’ Vatan urushi yillarida xalqimizning fashizmga qarshi kurashdagi yuksak vatanparvarlik fazilatlarini yurakdan kuylagan shoir she’riyati yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tarildi. Uyg’un bu davrda «Ona» (1942), «Alisher Navoiy» (1943, Izzat Sulton bilan hamkorlikda), «Qaltis hazil» (1944) kabi dramatik asarlar, komsediyalar yaratdi.
Uyg’unning urushdan keyingi yillardagi ijodida tinchlik, urush, kurash hamda kishilarning fidokorona mehnatni motivlari xalqlar do’stligi mavzui bilan chambarchas bog’lanib ketadi. Shoirning «Armug’on» (1941) «O’zbekiston» (1942), «Hayot chorlaydi» (1954) kabi she’riy to’plamlari bosildi. Biroq, Uyg’un she’riyatida hozirgi istiqlol davri ruhiga mos kelmaydigan «Brigadir Karim», «Nazir otaning g’azabi» kabi bir qator asarlari ham yo’q emas. U «Hayot qo’shig’i» (1947), «Oltinko’l», «Navbahor» (1948), «So’nggi pushaymon» (1955) nomli dramatik asarlar yozdi. Uiing keyingi yillarda ijod qilgan «Parvona» (1956), «Abu Rayhon Beruniy (1973), «Ibn Sino», «Zebunniso» kabi sahna asarlari o’zbek dramaturgiyasining yaxshi namunalari bo’ldi.
Shoir va dramaturg Uyg’un faol jamoatchi sifatida 1951-1954 yillarda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi bo’lib ishladi. U o’zbek adabiyoti taraqqiyotidagi xizmatlari uchun bir necha bor taqdirlandi.
1956 yili O’zbekistonda xizmat ko’rsatgai san’at arbobi, 1965 yili O’zbekiston xalq shoiri faxriy unvonlariga sazovor bo’ldi. U Hamza nomidagi respublika Davlat mukofoti laureati hamda Mehnat Qahramoni (1985) unvonlariga ham ega edi. Uyg’un 1974 yilda O’zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi qilib saylangan edi.
Uygun Pushkin, M. Lermontov, A. P. Chexov, N. Tolstoy, V. Shekspir kabi yozuvchilarning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Uning asarlari qardosh xalqlar va jahon xalqlarining ko’pgina tillariga tarjima qilingan.
Ijodkor o’z asarlari bilan o’zbek poeziyasi va dramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa qo’shgan sermahsul shoir va dramaturg sifatida taniqlidir. U 1990 yil fevral oyida 85 yoshida olamdan o’tdi.
Dostları ilə paylaş: |