Muhammadsharif so’fizoda



Yüklə 440 Kb.
səhifə1/15
tarix20.12.2022
ölçüsü440 Kb.
#76691
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
adiblar


O'zbek adiblari


Muhammadsharif So'fizoda (1869-1937)
Mahmudxo'ja Behbudiy (1875-1918)
Abdulla Avloniy (1878—1934)
Sadriddin Ayniy (1878—1954)
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929)
G'ulom Zafariy (1889-1938)
Habibiy (1890—1982)
Oybek (1905-1968)
Uyg'un (1905—1990)
Abdulla Qahhor (1907—1968)
Mirkarim Osim (1907—1984)
Quddus Muhammadiy (1907)
Hamid Olimjon (1909-1944)
Komil Yashin (1909)
Mirtemir (1910-1972)
Izzat Sulton (1910)
Sulton Jo'ra (1910-1943)
Zafar Diyor (1912—1946)
Hakim Nazir (1915)
Turob To'la (1918—1990)
Po'lat Mo'min (1922)
Sarvar Azimov (1923)
Qudrat Hikmat (1925—1968)
Saida Zunnunova (1926-1977)
Tog'ay Murod (1948)
Nosir Fozilov (1929)
Jumaniyoz Jabborov (1930)
Farhod Musajonov (1932)
Muhammad Yusuf (1954)
Xudoyberdi To'xtaboyev (1933)
O'lmas Umarbekov (1934)
Yo'ldosh Sulaymon (1935)
Shukur Xolmirzayev (1940)
Azim Suyun (1941)
Halima Xudoyberdiyeva (1948)
Anvar Obidjon (1947)
Tohir Malik (1946)
Ne'mat Aminov (1937)
Miraziz A'zam (1936)
Mashrab Boboyev (1941)
Abdulla Oripov (1941)
Habib Sa'dulla (1942)
MUHAMMADSHARIF SO’FIZODA
(1869-1937)

M uhammadsharif So’fizoda 1869 yilning 29 yanvarida Namangan viloyati, Chust tumanida hunarmand-kosib oilasida tug’ilgan.


Otasi Egamberdi So’fi pichoqchilik, charx tortish ishlari bilan mashg’ul bo’lgan. Onasi Zaynab xola xohishiga ko’ra u qo’shnisi Manzura otindan xat-savod o’rganadi, eski maktablarda ta’lim oladi. U Hofiz, Bedil, Alisher Navoiy, Muqimiy va Furqat kabi allomalar ijodini chuqur o’zlashtirib, she’rlar mashq qila boshlaydi. Turkistonda chiqadigan «Turkiston viloyatining gazeti» kabi Qozon, Orenburg va Boqchasaroyda chiqadigan ro’znoma, oynomalar bilan qiziqadi. Boku va Tiflisda chop etilgan ozor tilidagi asarlarni mutolaa qiladi.


1893—1898 yillarda u Qo’qonda yashab, Muqimiy, Furqat ta’sirida «Vahshiy» taxallusi bilan hajviy asarlar yaratadi. Ayniqsa, uning «Dakaning», «Bedanang», “Ayting bu so’zimni”, «O’pay», «Beg’ubor dardu olam» kabi hajviy va lirik g’azallari e’tiborga loyiq edi. Biroq hali Muqimiy hajviyasi zarbidan qutulib ulgurmagan zamona hokimlari yosh Muhammadsharifning keskin tanqidiga qarshi hujum boshlaydilar. Oqibatda u 1899 yili Qo’qondan Chustga qaytib keladi. Ikki yil o’tgach, uni amir-amaldorlar «ul beadab va bad aslni» dahriylikda ayblab, qatl etishga hukm chiqaradilar.


O’zining yozishicha, «so’ng Chustdan qochib, Mir viloyatiga tafakkur qilib, muddati 14 yil har mamlakatda yurub» («Turkiston viloyatining gazeti», 1914, 10-son) umr kechiradi. Xuddi shu 1900—1914 yillar So’fizoda dunyoqarashida muhim bosqich hisoblanadi. Avval Bokuga borib, Jalil Dulizoda, Sobir Tohirzoda, Muhammad Hodiy kabi ozarbayjon adabiyotining taraqqiyparvar vakillari bilan tanishadi. So’ng Arabiston shaharlari, Hindiston va Turkiya mamlakatlarida oddiy mehnatkash xalq hayotini ko’radi. 1910-1913 yillarda Qo’ng’irotda muallimlik qiladi, ma’rifatparvarlik ruhidagi she’rlarini yozib, Boku va Orenburgda chiqadigan ro’znoma va oynomalarda tez-tez ko’rina boshlaydi. Ayniqsa, uning mahoratidan darak beruvchi «O’zbek xonimiga», «Xonimlar isminda», «Vatan», «Muslimalar» asarlari e’tiborli edi.


1913 yilda Chustga qaytib kelib, yetim maktablari ochadi va unda muallimlik qiladi. Dunyoviy fanlarni yengil va yangi usulda o’rgatishga bel bog’laydi. Ayni chog’da ayrim shariat peshvolarini, boy-amaldorlarni o’tkir hajviy tig’ bilan savalaydi. Bunga chiday olmagan hokim sinf vakillari uni halok etish payiga tushadilar. Buni sezgan shoir So’fizoda 1915 yili yana xorijiy mamlakatlarga ketishga majbur bo’ladi.


Quvdi meni johillar o’shandog’ vatanimdan,


Lekin quva olmas suxanimni dahanimdan, —

deb, e’tiqodi, irodasini yana bir bor tiklab oladi. Bu safar davomida u Hindistonda, so’ng Afg’onistonda o’qituvchilik bilan mashg’ul bo’ladi. 1918 yilda Afg’oniston maorif vazirining o’rinbosari sifatida Turkistonga afg’on vakolatxonasining tilmochi bo’lib tayinlanadi. 1918 yil so’ngida u afg’on arboblari bilan O’zbekistonga qaytib keladi va shu yerda umrinin oxirigacha xizmat etadi.


Yana munofiqlar qarshiligiga uchrab, olti oyga qamaladi. So’fizoda butun umr qiyinchiliklar ko’rsa ham, o’z xalqiga xizmat etishdan zarracha to’xtamadi. Uning asarlari «Qizil O’zbekiston», «Mushtum», «Farg’ona» kabi ro’znoma va oynomalarda tez-tez bosilib turdi.


1925 yil 13 avgustda «Farg’ona» gazetasida «Xushchaqchaq qalamlar» sarlavhasi ostida uning bir qator hajviy she’rlari bosildi. Uning «Haqiqatdan ko’z yumganlar», «Qalaysizlar?, «Saylovga» kabi she’rlarida o’sha suronli yillar tahlikalari ustida mulohaza yuritiladi. 1934 yilga kelib, «Bayram nashidalari» nomli dostoni nashr etiladi. Unga o’zbek adabiyoti oldidagi xizmatlari uchun Hamza Hakimzoda Niyoziy bilan bir qatorda 1926 yil 27 fevralda O’zbekiston xalq shoiri degan yuksak unvon beriladi. U 1937 yilda og’ir betoblikdan vafot etadi.



Yüklə 440 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin