Muhammadsharif so’fizoda



Yüklə 440 Kb.
səhifə14/15
tarix20.12.2022
ölçüsü440 Kb.
#76691
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
adiblar

MIRTEMIR (1910-1972)
O ’zbekiston xalq shoiri Mirtemir Tursun o‘g‘li 1910 yili Qozog’iston respublikasi, Turkiston shahrining Iqon qishlog’ida tug’ildi. U ibtidoiy eski maktabni bitirgach, 1921-1923 yillarda Toshkentdagi «Almaiy» nomli bolalar namuna ish maktabida tarbiyalanadi.
Mirtemir 1925 yili o‘zbek Erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1929 yilda tamomlab, O’zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida o‘qiydi. Ayni vatstda u O’zbekiston Markaziy Ijroiya qo‘mitasining raisi Yo‘ldosh Oxunboboevning shaxsiy kotibi bo‘lib ishlaydi.
Mirtemir Samarqandda Hamid Olimjon, Uyg’un va boshqa shoirlar bilan yaqindan tanishadi. Shoir A. Bezimenskiy, M. Svetlov kabi rus shoirlarining she’rlarini ona tiliga tarjima qiladi. Mirtemir oz muddat oliy maktablarda ham dars beradi, muharririyatlarda xodim, teatrlarda adabiy emakdosh, Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, nashriyotlarda muharrir bo‘lib ishladi.
Uning birinchi she’ri 1926 yilda «Tanburim ovozi» nomi bilan «Yosh leninchi» ro‘znomasida bosiladi. Shoirning «Shu’lalar qo‘ynida» nomli birinchi kitobi esa 1928 yilda chop etilgan. Unda Vatan madhi, mehnat gashti va yosh zamondoshlarning ma’naviy dunyosi asosiy mavzu sifatida tarannum etiladi.
Shoir xalq poeziyasidan ilhomlanib, «Dilkusho», «Suv qizi», «Oysanamning to’yida», «Vladimir Ilich Lenin» kabi dostonlarni yaratdi. Bu asarlar 30-yillarning ikkinchi yarmidagi o‘zbek lirikasining rivojlanishiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi.
Uning Ulug’ Vatan urushi yillarida yaratilgan «Vabo», «O’ch», «Bu—mening Vatanim», «Ona shahar», «Dengiz bo‘yida», «Mard yigit yoring bo‘lay», «Pilla», «Ko’zlarim yo‘lingda» kabi she’rlarida dushmanga nafrat hislari jangovar ruhda ifodalangan.
Urushdan keyingi yillar Mirtemir ijodida zamon bilan hamnafaslik, davrning eng muhim masalalarini zamondoshlarimizning barkamol obrazlarini yaratish keng o‘rin tutadi.
Mirtemirning tarjimonlik san’ati ham tahsinga loyiqdir. U A.S.Pushkin she’rlarini, N.A.Nekrasovning «Rusiyada kim yashaydi», Sh. Rustavelining «Yo’lbars terisini yopingan pahlavon», Berdaq asarlari va qirg’iz xalq eposi «Manas»ni ham tarjima qilgan.
Mirtemirning “Qoraqalpoq daftari” turkumi o‘zbek poeziyasining 60-yillardagi yutuqlaridandir. Shoirning «Surat» poemasi sho‘ro davri o‘zbek poemachiligjnjng eng nodir namunalarjdan biridir. «Men seni...», «Chag’alay», «Qirg’iziston», «Mahtumquli to‘yida», «Onaginam», «Qozog’im», «Qaydadir buloq» kabj she’rlarj xalqlar do‘stligini kuylovchi eng yaxshi asarlardandir. 1979 yilda Mjrtemirga «Tog’day tayanchjm» she’riy to‘plami uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan. U 1972 yilda vafot etgan.

Yüklə 440 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin