152
Gruntning
plastik holatidan, oquvchan holatga o’tishidagi namligi,
plastiklikning yuqori chegarasi (Wt) deb yuritiladi.
Gillar plastikligi yuqori chegarasidagi (oqish chegarasidagi) namlik
darajasini
aniqlash uchun, chinni kosachaga gilni suyuq hamir holiga keltirib
solib, uning yuzida chuqur iz qoldiriladi, shundan so’ng, kosacha qo’l
kafti bilan
3 marta yengil silkitilganda iz yuqolib, yuzaga qo’shilib ketishi lozim.
Gruntning yumshoq holatidan qattiq holatidagi o’tishidagi namligi
plastiklikni quyi chegarasi deb ataladi. Plastiklikni
quyi chegarasidagi namlikni
aniqlash uchun, gilli jinsni distillangan suvda qorib, xamir tayyorlaymiz va undan
3 mm qalinlikdagi
tayoqchalar tayyorlab, uni barmoq bilan yerda yurg’izib
aylantiramiz. Agar xamirdan tayyorlangan tayoqcha ezib aylantirilganda,
uvalanib, mayda bo’lakchalarga bo’linib ketsa,
gilning shu holatidagi namligi,
plastiklikni quyi chegarasidagi namligi deb qabul qilinadi. Plastiklikni yuqori
chegarasi (Wt) bilan, quyi chegarasi (Wp) orasidagi ayirma
- plastiklik soni deb
ataladi va uni Ip bilan belgilanadi.
I
p
=kW
t
-Wp (19.10)
Quyidagi jadvalda turli jinslar uchun plastiklik soni keltirilgan
Dostları ilə paylaş: