34. ATROF - MUHITNI MUHOFAZA QILISH VAZIFALARI
34.1. Yer qa’ri va atrof - muh itni muhofaza qilish to’g’risida
umumiy qoidalar
O’zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasi 55-moddasida shunday
so’zlarni o’qiymiz: “Yerosti boyliklari, suv, o’simlik na hayvoiot dunyosi
hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona
foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”.
Davlatimizning asosiy Qonunidagi bu moddadan shunday xulosa
chikarish mumkinki, barcha fuqarolar atrof - muhitga va uning resurslariga
alohida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishlari hamda ularga hozir va
kelajakda odamlar uchun normal hayot sharoiti yaratib berish va uni
saqlashga qaratilgan tadbirlarni muntazam o’tkazishni talab qiladigan bebaho
xalq mulki sifatida qarashlari kerak. Ko’rsatib o’tilgan nuqtai nazardan kelib
chikib so’z yuritganda, inson va atrof-muhit muammosiga uning resurslaridan
omilkorlik bilan foydalanishni qo’shgan holda shunchaki tabiatni muhofaza
kilish sifatidagina emas, balki keng biosfera miqyosida insonning o’zini
asrash uchun tabiiy muhitni saklashi ma’nosida qaralishi kerak.
Zamonaviy yuksak taraqqiy etgan industrlashgan jamiyat sharoitida
yerni va atrof-muhitni asrash muammosi inson faoliyatining barcha sohalariga,
shu jumladan, tog’ konchiligi ishlab chiqarishiga, uning ajralmas qismi bo’lgan
neft’- gaz qazib olish sanoatiga ham kirib boradi.
Bu shu bilan bog’liqki, geologik muhit inson yashaydigan muhit bilan
yagona, ajralmas birlikni tashkil etadi, sababi, litosfera biosferaning mineral
asosi hisoblanadi.
Aynan shuning uchun ham u, butun tabiat singari, muhofazaga
muhgojdir. Istalgan xildagi kon ishlari, shu jumladan, neft’ va gaz qazib
olish ham atrof - muhitning kon ishlab chikarishi chiqindilari va foydali qazilma-
larning isrof bo’lishi natijasida ifloslanishi tuproq, suv, atmosferaning tanazulli
va yuzaga kelgan biologik va geokimyoviy aloqalarning buzilishi bilan
bog’liqdir.
256
Bundan yer qa’rini keng ma’noda muhofaza qilish tushunchasining
quyidagi ta’rifi kelib chiqadi: yer qa’rini keng ma’noda muhofaza qilish - bu
yer qobiqidan va undagi foydali qazilmalardan ilmiy asoslangan holda,
omilkorlik bilan foydalanishdan, texnik mumkin bo’lgan va iqtisodiy
maqsadga muvofiq sharoitda ularni yer qa’ridan chiqarib olishdan, kondan va
qazib olingan xom ashyodan uni qayta ishlashning barcha bosqichlarida
kompleks foydalanishdan; bu xalq xo’jaligida mineral resurslarni omilkorlik
bilan ishlatishdan va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydali narsalar olib,
mineral xom ashyo va yoqilg’ining isrof bo’lishining, shuningdek, ularning
atrof- muhitga salbiy ta’sirini bartaraf etishdan iboratdir.
Yer qa’rini muhofaza qilishning ulkan ahamiyatidan kelib chiqqan
holda, mamlakatimizda u bilan bog’liq masalalar davlat tomonidan
boshqariladi va nazorat qilinadi. Foydali qazilmalardan foydalanish va yer
qa’rini muhofaza qilish sohasida ijtimoiy munosabatlarni boshqarish turli
huquqiy normalar va nizomlarni hayotga tadbiq qilish orqali amalga
oshiriladiki, bu birinchi navbatda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi
1994 yil 23 sentyabrda qabul qilgan O’zbekistan Respublikasining “Yer osti
boyliklari to’g’risida” gi qonunida o’z ifodasini topgan. Ushbu hujjatda
quyidagi talablar qayd etilgan:
Yerosti boyliklaridan foydalanuvchilar:
- yer qa’ridan belgilangan maqsadda foydalanishni;
- ishlar yer qa’ridan foydalanish loyihasiga muvofiq olib borilishini;
- yer qa’ri geologik jihatdan to’la - to’kis o’rganilishini, yerosti
boyliklaridan oqilona, kompleks foydalanishni va muhofaza etilishini;
- konlarning foydali qazilmalarga mo’l uchastkalarini tanlab ishlatishga,
mineral xom ashyo qazib olish va uni qayta ishlashda foydali qazilmalarning
me’yoridagidan ortiq nobudgarchiligiga yo’l qo’yilmasligini;
- zahiralar holati va ulardagi o’zgarishlar, foydali qazilmalarning
nobudgarchiligi va kamayishi qisobga olib borilishini, shuningdek,
257
zahiralarning o’z vaqtida qayta hisoblab chiqilishi, qayta tasdiqlanishi va
chegirib tashlanishini;
- qazib olinayotganda qo’shilib chiqadigan, lekin vaqtincha
foydalanilmayotgan foydali qazilmalarning saqlanishi va hisobga olib
borilishini; suv chiqarib olish inshootlari va ularning atrofidagi hududda
joylashgan yerosti suvlari holati kuzatib borilishini;
- yerosti suvlari holatidagi o’zgarishlar to’g’risida yerosti suvlarini
muhofaza qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tashkilotlarni zudlik
bilan xabardor qilinishini;
- yerosti boyliklaridan foydalanish bilan bog’liq ishlar xavfsiz olib
borilishini, falokatlarni tugatish rejalari ishlab chiqilishini;
- yerosti boyliklaridan foydalanish bilan bog’lik ishlarning zararli
ta’siridan atrof, tabiiy muhit, binolar va inshootlarning muhofaza qilinishini;
- yerosti boyliklaridan foydalanish jarayonida geologik, marksheyderlik
hujjatlari va o’zga hujjatlarning yuritilishini hamda ularning asralishini;
geologiya va mineral resurslar Davlat qo’mitasi huzuridagi Davlat geologiya
fondiga (matnda bundan buyon Davlat geologiya fondi deb yuritiladi) yer qa’riga
oid axborotlar, shuningdek, foydali qazilma zaxiralarining holati va o’zgarishi
hamda ularning tarkibidagi komponentlar to’g’risidagi ma’lumotlar taqdim
etilishini;
- yerosti boyliklaridan foydalanish chog’ida buzilgan yer uchastkalari
ulardan keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishini;
- yerosti boyliklaridan foydalanish uchun to’lovlar o’z vaqtida to’lab
borilishini ta’minlashlari shart.
X X asr - atom asri, katta texnologik o’zgarishlar asri bo’ldi. Ishlab
chiqarish keng miqyosda rivojlanib, uning atrof-muhitga yerga, suvga,
hayvonot va nabotot olamiga salbiy ta’siri kuchaydi. Jumladan, sobiq
Itgifoqda ishlab chikarishning atrof-muhitga ta’sirini hisobga olmaslik
O’zbekistonda ham jiddiy ekologik muammolarii keltirib chiqardi.
258
Shundan keyin dunyodagi ko’pgina taraqqiy etgan mamlakatlarda
bo’lganidek, O’zbekistonda ham 1988 yilda tabiat muhofazasini amalga
oshiradigan maxsus davlat qo’mitasi tuzildi. Bu qo’mita respublikada tabiatni
muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta
tiklash sohasida davlat nazoragini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli
tashkilotdir. Respublikaning barcha viloyatlarida qo’mitaning bo’limlari,
laboratoriya va inspektsiyalari mavjud.
O’zbekistan Respublikasining Oliy Kengashi 1992 yil 9 dekabrda
“Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida” gi qonunni qabul qildi. Mazkur qonunda
insonning yashash uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega bo’lish huquqi va bu
muhitni saqlab qolish borasidagi burchi belgilab berilgan.
Bundan tashqari 1996 yil 27 dekabrda “Atmosfera havosini muhofaza
qilish to’g’risida”gi, 1998 yil 28 avgustda “Davlat yer kadastri to’g’risida” gi
qonun qabul qilindi.
Tegishli vazirliklar yukorida kayd kdlingan konunlar va me’yoriy
hujjatlarga tayangan holda muhitdan foydalanishda ma’lum tartibni belgilovchi
qator hujjatlar chiqarishdi.
Shuni ta’kidlash kerakki, garchi rasmiy hujjatlarda faoliyati yer osti
boyliklaridan foydalanish bilan boshqa tashkilotlar va korxonalarning
mas’uliyati haqida so’z borsada, biroq bu ma’suliyat zimmasida bo’lganlar
ma’lum ma’muriy lavozimda ishlovchi aniq shaxslar va ishlarning bevosita
ijrochilaridir. Shu boisdan har bir inson - u xoh mutaxassis, xoh oddiy fuqaro,
jamiyat a’zosi bo’lsin qonunlarni, yerosti boyliklari va atrof-muhitdan
foydalanish va asrash bo’yicha talab va qoidalarni bilishi va unga amal
qilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |