247
Agar binoni loyihasi va avvalgi muhandis-geologik izlanishlarni
materiallari saqlanib qolgan bo’lsa, unda ishlar xajmli minimal bo’ladi.
Bunda
laboratoriya analizlari uchun monolitlar olish va bino holatini tekshirish yetarli
bo’ladi. Agar bu materiallar saqlanmagan bo’lsa, unda muhandislik - geologik
ishlarni to’liq hajmi bajarilishi kerak.
Muhandislik - geologik tadqiqotlarni to’liq hajmi tarkibiga ushbu hudud
yoki qo’shni uchastkalar bo’yicha geologik va
gidrogeologik materiallarni
o’rganish, maydonni geologik buzilishini, grunt suvlarini, muhandis-geologik
jarayonlarni va tabiiy geologik xodisalarni
chuqurligi va holati, podvallar
(yerto’lalar) devorlari, gidroizolyatsiya, drenaj konstruktsiyalari va x.k. aniqlanadi.
Hamma geologik masalalarini yechish uchun razvedka lahmlari ishlatiladi.
Lahmlar soni va ularni chuqurligi binolar o’lchami, hamda uchastkani geologik
tuzilishini murakkabligiga bog’liq ravishda belgilanadi. Bino o’lchami seksiyalar
soni bo’yicha baholanadi (seksiya – binoni 30 m dan ortiq bo’lmagan
uzunlikdagi
qismi). 1-2 ta seksiya bo’lganda 4 ta quduq qaziladi, 3-4 ta seksiyada 4-6 ta quduq,
4 tadan ko’p seksiyada 8 ta quduq. Shurflar soni ham seksiya sonidan belgilanadi:
1 seksiya - 3 ta shurf, 2 seksiya -5 ta shurf, 3-4 seksiyaga - 7 ta, 4 tadan ko’p
seksiya - 10 ta shurf. Lahmlarni ko’rsatilgan soni oddiy geologik tuzilishli
uchastkalar uchun kamaytirilishi mumkin. Quduqlarni chuqurligi quyidagi formula
bo’yicha aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: