Muhandislik geologik tadqiqotlar


 Atrof - muhitni muhofaza qilish vazifalari



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/204
tarix28.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#168315
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   204
-qullanma (1)

34.2. Atrof - muhitni muhofaza qilish vazifalari 
Neft’ va gaz konlarini ishlatishda atrof - muhitni muhofaza qilishga jiddiy
e’tibor berish kerak. 


259 
Neft’ va gaz konlarini ishlatish kon atrofi hududidagi tabiiy
resurslarning holati bilan mustahkam bog’liq. Konni ishlatishda qishloq xo’jaligi
va o’rmonzorlarga qarashli o’nlab, yuzlab, ba’zida minglab kvadrat
kilometrdan iborat bulgan katta maydonlar ajratib beriladi. Konni ishlatish
ehgiyojlari uchun xar yili tabiiy suv havzalari (asosan daryolar)ning million,
ba’zida yuzlab million kubometr suvlaridan foydalaniladi. Kon to’la qurib
bitkazilmagan sharoitda, ayniqsa uni o’zlashtirish bosqichida, havoga
chiqarilgan gazni va yo’lakay (neft’) gazni masha’la qilib yoqqanda
atmosferaning zararli gazlar bilan bulg’anishi hollari ruy beradi. Ko’pincha yer 
yuzasi (va tabiiy suv havzalari) quduq va boshqa kon inshootlari atrofi qatlam
(oqava) suvlari va neft’ bilan kuchli ifloslanishi mumkin. Neft’ konlarining
ishlatilishi natijasida yer yuzasini cho’kishi ham kuzatiladi (Kaliforniya,
Grozniy). Shunday qilib, neft’ va gaz konlarini ishlatishda tabiatni muhofaza
qilish buyicha quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish zarur: 
1) kon inshootlari uchun ajratiladigan yer maydonlari hajmini iloji
boricha kamaytirish; 
2) atmosferani, yer yuzasini, tabiiy suv havzalarini gaz, neft’, qatlam
suvi va boshqa ishlab chiqarish chiqindilari bilan bulg’anishiga qarshi
tadbirlar belgilash; 
3) tabiiy suv havzalaridagi suvlardan foydalanishni kamaytirish
4) kondan foydalanishda yer yuzasining cho’kish jarayonini nazorat
qilish va bu jarayonlarni bartaraf etish bo’yicha tadbirlar belgilash. 
Bu vazifalarni amalda hal qilish uchun quyidagilar zarur: 
1) kon ob’yektlari, neft’ va gazni yig’ishning bir quvurli sistemasini
va blokli avtomatlashtirilgan uskunalarni qurishning yangi industrlashgan
blokli metodlarining tez joriy etilishini ta’minlash; 
2) hamma joyda kon ob’ektlarini bopqarishning avtomatlashtirilgan
sistemalarini, neft’ va gazni yig’ish va jo’natishni, suvni nasos yordamida
haydashning germetiklashtirilgan sistemalarini joriy etish; 


260 
3) qatlamga suv bostirishda qatlam suvidan va kon kesimidagi boshqa
suvli intervallarning suvidan to’la foydalanish; 
4) neft’ bilan yo’l - yo’lakay qazib olinadigan gaz va boshqalardan
to’la foydalanishni ta’minlash. 
Jumladan, O’zbekistan neft’ konlarida kon qurilishining yangi metod-
laridan foydalanish sanoat qurilishi uchun ajratiladigan yer maydonlarini
so’nggi besh yilda ikki baravardan ziyod kamaytirish imkonini berdi. Yerning 
unumdor qatlamini tiklash bo’yicha bajarilgan ishlar natijasida faqat oxirgi o’n 
yilda 200 km
2
yerni qishloq ho’jaligiga qaytarildi. Suvni tozalaydigan inshootlar 
qurish, suv bostirishda qatlam suvidan to’la foydalanish, kompressor
stantsiyalari va boshqa texnologik ob’ektlarni havo bilan sovitishga o’tkazish
suv sarfini yiliga qariyb 180 mln. m
3
ga kamaytirilishini ta’minladi. 
Neft’ va gazni yig’ish, jo’natish, saqlash, tozalash va topshirishning
germetizatsiyalashgan sistemasini joriy etish neftning yiliga mutlaq
yo’qolishini 2,4 baravar yoki 0,6 mln. tonnaga kamaytirish va gazdan
foydalanishni 92% ga yetkazish imkonini berdi. Shu yo’l bilan atrof - 
muhitning neft’, gaz, oqava suvlar bilan ifloslanishining qariyb butkul oldini 
olish uchun sharoit yaratilmoqda. 
Yuqorida qarab chiqadigan omillar shundan dalolat beradiki, atrof -
muhitni muhofaza qilish tabiiy resurslardan omilkorlik bilan foydalanishning 
umumiy muammosida yer qa’rini muhofaza qilish bilan bevosita bog’liqdir. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   204




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin