266
- zahira burg’ilash eritmasi uchun idishlar bloki (eritma, shlam);
Burg’ilash jarayonida suvlarni ifloslanish darajasi - qaziladigan tog’ jins-
larining minerologik tarkibiga, burg’ilash eritmalarini
tayyorlashda ishlatiladigan
kimyoviy reagentlar va materiallar tarkibiga bog’liq.
- Suv resurslarini oldini olish maqsadida suvni tozalash texnologiyasini va
tozalangan burg’ilash suvlarini utilizatsiya qilishni amalga oshirish kerak. Shu
maqsadda burg’ilash maydonchasi yaqinida 1000 m sig’imga ega bo’lgan ombor
qazish va bu omborda ishga yaroqsiz burg’ilash eritmalarini, burg’ilash shlamini,
neft mahsulotlari va kimyoviy reagentlar bilan ifloslangan oqimlarni yig’ish kerak.
- Burg’ilash eritmasi tebranma galvirda ikki pog’onali tozalangandan
keyin boshqa quduqlarda qayta ishlatishga yaroqli bo’lishi kerak.
- Quduq konstruktsiyasi barcha gorizontlardagi yer osti
suvlarini ishonchli
yopishi kerak.
O’z vazifasini bajargan barcha quduqlar amaldagi qoidalarga asosan tugatilishi
kerak.
Suv resurslarini ifloslanishdan himoya qilishda asosiy ko’rsatmalar
quyidagilardir:
- sorbentlar yordamida burg’ilash maydonchasini qotirish;
- burg’ilash va oqova suvlarni yig’ish va izolyatsiya qilish (omborlar va
tindirgich qurilmalarida);
- tindirgichlarni yo’qotish – ularni ko’mish va belgilangan axlat to’kadigan
joylarga chiqarish.
Suv resurslaridan ratsional foydalanish maqsadida
ularni qayta ishlatish
sxemasini tuzish kerak.
Dostları ilə paylaş: