9. CHO’KINDI TOG’ JINSLARINING KIMYOVIY VA MINERALOGIK TARKIBI, KLASSIFIKASIYASI. 9.1.Cho’kindi tog’ jinslari klassifikatsiyasi. Umumiy belgilari . Cho’kindi tog’ jinslari nurash tufayli hosil bo’lgan
zarra va zarrachalar to’plamidir. Ular suv va shamol ta’sirida yer yuzasida dengiz,
ko’l, daryolarda to’planadi; O’simlik hamda hayvonot olamining qoldiqlaridan
ham hosil bo’ladi.
Litosfera tarkibida cho’kindi jinslari 5% ni tashkil etsada, yerning
quruqlik yuzasini 75% ni qoplagan. Cho’kindi tog’ jinslarinig ko’p qismi o’zinig
g’ovakliligi va qatlam- qatlam bo’lishi, ularda hayvon hamda o’simliklarning
qoldiqlari bo’lishi, yopishqoqligi, ba’zi birlari esa suv ta’sirida cho’kish singari
xususiyatlari bilan boshqa xil tog’ jinslaridan farq qiladi. Cho’kindi tog’ jinslari
hosil bo’lish sharoitiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi:
mexanikaviy (parchalangan);
kimyoviy cho’kindi;
va organogen yotqiziqlar.
Mexanikaviy cho’kindi jinslar (bo’shoq va sementlashgan) metamorfik,
magmatik yoki cho’kindi tog’ jinslarini nurashi natijasida (suv, shamol,
temperaturalar o’zgarishi, muzlab - erishlar va boshqa atmosfera omillari ta’sirida)
hosil bo’lgan turlicha kattalikdagi zarrachalar yig’indisidan iborat.
Cho’kindi tog’ jinslari zarralarining katta - kichikligiga va ularning
bog’langan - bog’lanmaganligiga qarab: a) zarrachalari bog’lanmagan va b)
zarrachalari bog’langan chaqiq cho’kindi tog’ jinslari guruhlariga bo’linadi.
A. Zarrachalari bog’lanmagan chaqiq cho’kindi tog’ jinslari. Bu
guruhga yirik zarrachalarining diametri 0,05 mm va undan ham katta, ya’ni tarkibi
chag’irtosh, xarsang tosh, chaqiq tosh, dresva (o’tkir qirrali mayda shag’al) va bir-
biriga puxta hamda jips yopishgan, sementlangan har-xil o’lchamli shag’allardan
iborat bo’lgan konglomeratlar, brekchiya, qumtoshlar va boshqalar kiradi.
Zarrachalari bog’lanmagan chaqiq cho’kindi tog’ jinslari zarrachalarning
o’lchamiga qarab klassifikatsiyalanadi