Ma’ruza 11
Nasoslar tuzilishi. Parrakli nasoslar.
Reja:
1. Nasoslar tuzilishi
2. Parrakli nasoslar
Suyuqlikni haydash uchun mo’ljallangan gidravlik mashinalar nasoslar deyiladi. Nasoslar yuritkichning mexanik energiyasini harakatlanuvchi suyuqlikning mexanik energiyasiga aylantirib , suyuqlikni ma’lum balandlikka ko’tarish, gorizontal tekkislikda uni talab etilgan masofaga uzatish yoki berk tizimda aylantirish uchun hizmat qiladi. Yuqorida qayd etilgan vazifalarni birini bajargan holda nasoslar barcha holatlarda ham rasmda ko’rsatilgandek suv ta’minoti va kanalizatsiya shartlariga muvofiq ravishda nasos stansiyalari jihozlari tarkibiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |