Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari



Yüklə 5,93 Mb.
səhifə17/39
tarix16.12.2019
ölçüsü5,93 Mb.
#29941
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
nasoslar va nasos stantsiyalari.

Bundan ko'rmib turibdiki nasos qurilmasiningn FIK, nasos hosil qiiadigan va tarmoqda talab etilgan siquvlar orasidagi farq ko'payishi biian kamayadi.

Drosselli rostlosh usuli katta bo'lmagan va tekis tavsifiga ega bo'lgan nasos agxpgatlarida qisqa vaqt davomida qo'llaniladi, chunki bu usulga kam salmoqlik va uzatishm faqat kamaytirish tomoniga rostlash mumkinligi kabi kamchiliklar xosdir.

Nasosni noturg'un ishini bartaraf etish uchun, suyuqlikni siquv quvuridan so'rish quvuriga o'tqazib yuborish orqali uzatishni rostlash usuli xam qo'llaniladi. Bunday rostlash ko'proq o'qli nasoslarda, ya’ni uzatishi ko'payishi bilan quwat egri chizig'i kamaya boradigan hollarda ishiatiladi. So'rish quvuriga suyuqlikni o'tkazib yuborish, nasosning kavitatsiya hususiyatlarini yaxshilashga, lekin sirkulatsiya mavjudligi tizimning FIK kamaylshiga olib keladi. Bundan tashqari, sirkulatsiya quvurini va qo'shimcha armatura o’matish zaruriyati, nasos stansiyasi xonasidagi kommunikatsiyalarini murakkablashtiradi. Shuning uchun bu usul shahar suv ta’minoti amaliyotidakeng qo'llanilmaydi.

Drosselli rostlash usuliga nisbatan, so'rish quvuriga havo berish orqali uzatishni rostlash ancha salmoqlidir, lekin bu usulning imkoniyatlari nasosning kavitatsiya hususiyatlarini keskin yomonlashishi bilan chegaralangandir.

Suv ta’ininoti tizimlarida bu usulni umuman qo'llab bo'lmaydi, chunki tarmoqga katta hajmda havo bilan aialashgan suvni uzatish mumkin emas.

Nasos ishlash rejiinini ishchi g'ildirakning aylanish chastotasi o zgartirish orqali rostlash eng samaralidii. Aylanish chastotasini o'zgartirish nasosning Q— H tavsifini o'zgarisbiga olib keladiki, bunda nasosning Q~Hi egri chizig’ini quvur tavsifi bilan kesishish nuqtasi talab etilgan uzatish Ox va siquv Hx ga mos bo'ladi, ya'ni tizimning moddiy va energetik balanslari saqlanadi.

Ishchi g’ildirakning aylanish chastotasini o'zgartirish uchun o'zgaruvchan aylanish chastotasiga ega bo'lgan elektr yuritgichlardan foydalanish mumkin (doimiy tokli elektr yuritgichlar, g'altaklan turli son juft kublarga ulanadigan o'zgaruvchan tokli elektr yuritgichlar, bug' va gaz turbinalarining kollektorli elektr yuritgichlari, ichki yonuv yuritgichlar).

Shahar va sanoat suv ta’minotining nasos stansiyalarida ko'pincha qisqa tutashgan asinxron elektr yuritgichlar qo'llaniladi. Ular aylanish chastotasini o'zgartu-ishga yo'l qo’ymaydi. Bu holda nasos ishchi g'ildiragining aylanish chastotasini o'zgartirish uchun nasos va elektr yuritgichni o'zaro rostlanadigan gidromufta yoki silkmish elektr magnit muftasi yordamida ulash yoki ventil kaskad almashtirgichli asinxron elektr yuritgichdan foydalanish mumkin.

Nasosni ishlash tartibini ishchi gildiraklarni aylanish chastotasini o'zgartirish orqali rostlash ham iqtisodiy tomondan qulaydir.

Aylanish chastotasini shunindek, o'zgaruvchan tokli asinxron elektryuritgichdagi fazali rotorning zanjiridagi, qarshilik (reostatni) kiritish yo'li bilan o'zgartirish mumkin.

Drosellab rostlasliga qaraganda rotor zanjirga qarshilik kirgizib dvigatelni aylanish chastotasini rostlash tejamliraqdir.

Kam quwatlarda qarshilik kiritish bilan rostlash juda oson va ishonchlidir.

Katta quwatlarda esa yirik reostatlardan foydalanishga to'g'ri keladi va bu usul qo'llanilganda iqtisodiy samara pasayadi.


Nazorat savollari

1.Nasosni ishini rostlash deb nimaga aytiladi?

2.Drosselli rostlash usuli nmaga boglik?
Ma’ruza 9

Quvurlarning Q-N grafik tavsifi.

Reja:


1. Quvurlarning Q-N grafiki

2. Q-N grafikidan xarakteristikalari


Ishlab chiqarish sharoitlarida n aylanish chastotasida olingan pasport tavsifini o’lchamlari D2=const bo’lgan ishchi g’ildirakning boshqa n1 aylanish chastotasiga o’tish uchun qayta hisoblash zarurati paydo boladi. Bu holda markazdan qochma nasoslarning o’xshashlik qonunidan quyidagiga ega bo’lamiz.:

Q/Q1= n/n1

H/H1= (n/n1)2

N/N1=(n/n1)3

Olingan ifodalar proporsionallik qonuni deyilai. Nasosnng so’rish balandligi uni n1 aylanish chastotasi bilan ishlaganda quyidagi tenglama bilan aniqlanadi.

H=f(Q): hh=G(Qr. q) h=j(Q)t

bu yerda H — nasos siquvi; Q—quvurdagi hisobiy sarf; Ornasosning suv uzatishi; hlt suv siquvi minorasidagi suvning satxi; q — tizimdagi suvning sarfi; h — vodoprovod va tarmogning gidravlik qarshiligi.

Nasos ishining rejim nuqtasini analitik aniqlash yetarli darajada murakkab jarayondir, clrunki buning uchun to'rlfa o'zaro funksional bog lanishga ega bolgan Qn N, q. va h kaUaliklar bilan ish tutish lozim.

«Nasos — vodoprovod tarmog'i» liziinini hisoblashda ketma—ket yaqinlashish usulidan yi>ki kompyuterda hisoblashdan foydalaniladi. Lokm bu hisoblashlarda nasos ishining taxlili ancha qiyin bo lib, yaqqol ko'rinishga ega emas.

Loyihalash va nasos ish rejimini taxlil qilish amaliyotida, «Nasos- tarmoq» tizimining birgalikdagi ishini hisoblashda grafo — analitik usuli qo Uaniladi. . .

Nasoslar tizimda ularga xos bo’lgan Q va H orasldagi bog'Unishga muvofiq ishlaydi, ya'ni nasosning ish grafigi uijiaq Q~H Uvstfi bilan aniqlanadi

Suvning uzatilishi va tarqatilish'lrcimining Q-Hтр grafik tavsifini qurish uchui; ma’lum bo'lgan gidravlik tenglamalaridan foydalanamiz-. Tizimidagi talab qilingan siquv. suv ko iarilishininr geometrik balandligi va siquv yo'qolishlarining yig indisiga teng, ya’ni

Hтр=Hg+ hwn+ hswn+ hwv

bu yerda Hg—suv ko tarilishining geometrik balandligi; hswn so rish quvuridagi siquv yo'qolishi. hwn shunga oxshash. nasos stansiyasining siquv kommunikatsiyalarida; h— shunga oxshash. nasos stansiyasidan tarmoq quvurlari ulangan nuqtasigacha bolgan siquv quvurlarida: hwvshunaa o xshash. maqistral tarmoqda.



Quvurlardagi siquvning yo‘qolishi. suyuqlikning quvrurlardaigi harakatidan paydo bo`ladigan ishqalanish (hf) va uning qismlaridagi qarshiliklarni yengish uchun sarflanadigan yo’qolishlar yig’indisidan iboratdir.
yoki
Bu yerda: l – quvur uzunligi, m; d – quvurning ichki hisobiy diametric, m; v – suv harakatining o’rtacha tezligi, m/s; Q – uzatish, m3/s; g – erkin tushish tezlanishi, m/s2; λ va k – siquv yo’qolishi koeffitsiyenti.

Quvurning Q-H tavsifini qurishda undagi siquv yoqolishini aniqlashda quyidagi formuladan foydalanish qulaydir: h=SQ2

Mahalliy qarshiliklar quyidagi formula bo'yicha xisoblanadi:

bu yerda ξ - mahalliy qarshiliklar koeffitscnti; v - quvurdagi suyuqlik xarakatini o’rtacha tczligi, m/s.



Siquv quvurlarida va suv ta'minotining tashqi tarmoqlarida faqat quvur uzunligi bo vldb ishqalanishdan siquvning yo'qolishi aniqlanadi, chunki ushbu tarmoqlarning fason qismlaridd va ermaturalardagi mahalliy yo qotishlar nisbatan kamdir, lekin ohirgi tadqiqotlar shuni korsatadiki, mahalliy qarshiliklami hisobga olish zarur va ularning qiymalini uzunlik bo’yicha yoqolishining 5-10% kattalikda qabul qilishi lozim.

Nasos – quvurlar – tarmoq” murakkab tizimining Q-Htr grafik tavsifini qurishda quyidagi formuladan foydalanish qulay:



H=Hg+(SR+SK)Q2

bu yerda: S^va.S,-mos ravishda suv quvurl vo krmoqning keltirilgan qarshiliklari.

bu yerda: m-suv quvurlaining soni, Tarmoqning keltirilgan qarshiligi


bu yerda: - siquv yo’qolishining yig’indisi; Qp – siquv yo’qolishining yig’indisi aniqlangan tarmoqdagi suvning hisobiy sarfi.

(4.4) formulaga binoan nasosdagi siquvni uzatish funksiyasi deb ifodalash mimkin

yoki


bu yerda: va - so’rish va siquv quvurining keltirilgan qarishiligi.

(4.6) formuladan nasosning chiqish nuqtasidagi suyuqlik siquvi. nasos hosil qiladigan siquvni so’rish quvurdagi yo’qolishlarga kamaytirilgan kattaliklarga teng bo’lishini ko’rish mumkin.

So’rish quvuridagi yo’qolishlarni hisobga olgan holda qurilgan nasosning Q-H grafik tavsifi keltirilgan tavsif deb ataladi.



4.1-rasm. Markazdan qochma nasosning keltirilgan tavsifi



So`rish quvurining grafik tavsifini qunsh uchun (4 2) tenglainadan foydalanamiz.

Berilgan Qp hisobiy sarfda hwycp yo'qolishini uzatish funksiyasi deb ifodalab, aniqlaymiz:

hWBCP=SBCQ2 (4 8)

Qx uzatishning qiymatini ixtiyoriy ravishda qabul qilib topamiz:



(4.7) va (4 8) tengliklaming chop va o'ng qismlarini xadlar boyicha bolib topamiz:

(4.9)

Q 1, Q2……….Q 1 kattaliklarni bir qator qiymatlarini qabul qilib, (4.9) tenglamadan hWVSB. . hWBCX. h WSBP larni topamiz Q-H koordinatalar to’rida Q 1, Q2………..Qi. uzatishlar uchun mos bo'lgan hWVSB.. hWBCX. h WSBP ordinatalarni H, chizig'idan olchab joylashtiramiz. Nuqtalarni ravon chiziq bilan birlashtirib. parobolik egri chiziq, ya'ni so'rish quvurining Q-Hvs grafik tavsifini olamiz (4.1 — rasin). Nasosning Q-H egri chiziqning ordinatasidan Q-H VS,. egri chiziq ordinatasini ayrib olib va olingan nuqtalarni birlashtirib Q-H keltirilgan tavsifni olamiz.

Aynan shunday usul yordamida «Suv — quvurlar — tarmoq’’ tizimi uchun siquv grafik tavsifini qurish mumkin, bu holda



(4.10)

bu yerda hWB-CP=(SB+SC)Q2P
Nazorat savollari


  1. Q-N grafikidan kanday xarakteristikalarini bilib olish mumkin?

  2. Quvurlardagi sikuvning yu’kolishi nimalardan iborat?




Yüklə 5,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin