Ko`p pogonali nasosning kobigi bir nechta sekdiyalardan tashkil topgan bulib, (2.8 va 2.9-rasmlar) ishchi gildiraklar soni seksiyalar soniga teng buladi. Bu nasoslarda ishchi gildiraklar soni 2 tadan 10 tagacha bulishi mumkin. Seksiyalar oraligini rezina prokladka bilan zichlanadi. MS turdagi nasoslarning kamchiligi: FIK yukori emasligi; kobikning vertikal tekislikda ochilishi'va ochib berkitishning murakkabligi; ukiy kuchlarning nomuvozanatligi. Ukiy kuchlarni muvozanatlash maksadida qo`shimcha avtomatik ishlovchi kuch engillashtiruvchi 1 gidravlik lappaklar xam urnatiladi (2.9-rasm). MS turdagi nasoslarning kamchiliklarini bartaraf kilish maksadida kobigi gorizontal tekislikda ochiladigan M, MD (SN) nasoslari yaratilgan (2.10-rasm). Bu nasoslar ishchi gildiraklari kirish kismi bir-biriga karama-karshi juft xolda joylash- tirilganligi sababli ukiy kuchlar muvozanatlashgan.