Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari


Nasos stansiyasining prinsipial sxemasi



Yüklə 5,93 Mb.
səhifə20/39
tarix16.12.2019
ölçüsü5,93 Mb.
#29941
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
nasoslar va nasos stantsiyalari.


1.1-rasm. Nasos stansiyasining prinsipial sxemasi

1-suv qabul qilish moslamasi; 2- nasos; 3-harakatga keltiruvchi elektr yuritgich; 4-elektr kuchlanishni pasaytiruvchi transformator; 5-elektr uzatish tarmog’i; 6-siquv quvuri; 7-suv chiqarish moslamasi.




Mazkur sxemada nasosni harakatga keltirish uchun elektr tarmog`i ulangan elektr yuritgichdan foydalaniladi. Bunda suv voki boshqa ishchi suyuqlik, nasos bilan quyi havzadan so'rilib, siquv quvuri orqali yuqori havzaga, yuritgich energiyasini ^uyuqlik energiyasiga aylantirish hisobiga uzatiladi. Nasosdan keyingi suyuqlik energiyasi har doim nasosdan oldin bo'lgan energiyasidan katla bo`ladi.

Nasos stansiyasi jihozlarining tarkibini, tuzifishining о ziga xosliklarini, shuningdek ish rejimini o'zgarish doirasini aniqlovchi asosiy ко'rsatkichlarga, nasos hosil qiiadigan siquv, uzatish, quwati va foydali ish koeffitsenti kabi ko'rsatgichJar kiradi.

Siquv metrtarda o’Ichanadigan, nasosdan oldin va undan keyin bo'lgan kesimlardagi suyuqlikning solishtirma energiyasi farqini ifodalovchi kattalikdir. Nasos hosil qilingan siquv, suyuqlikni ko'tarish bo yicha eng baland yoki haydash bo'yicha eng uzoq masofani aniqlaydi (1.1 -rasmda mos ravishda H va L).

Uzatish, ya’ni vaqt birligida siquv quvuriga nasos uzatadigan suyuqlik bajmi, odatda l/s yoki m3/ soatda o'Ichanadi.

Quvvat, talab etilgan siquvni hosil qilish va quvurlar bo'yicha suyuqlik harakatda bo’lganda barcha energiya yo'qolishlami yengish uchun nasos sarflaydigan quvvatdir. Kilovat (kVt) larda o'lchanadigan nasos quwati, xarakatga keltiruvchi yuritgichni va nasos stansiyasining yig'indi (o'rnatilgan) quvvatini aniqlaydi.

Foydali ish koeffitsenti (FIK), nasos yordamida yuritgich mexanik energiyasini harakatdagi suyuqlikning energiyasiga aylantirish bilan bog'liq bo'lgan energiya yo'qolishini hisobga oladi. F1K nasosning qolgan ko'rsatkichlari (siquv, uzatish, quvvat) o'zgarganda, nasosdan foydalaaishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini aniqlaydi.

Nasoslarni paydo bo'lishi va rivojlanishi tarixi, ulardan dastawal faqat suvni ko'tarish uchun foydalanilganligini ko'rsatadi. Xozirgi kunda shaharlami, sanoat korxonalami va elektr stansiyalarini suv ta’minoti va kanalizatsiyasidan tashqari, nasoslar yemi sug'orish va quritish, energiyani gidroakkumulyatsiyalash, materiallarini transportlash uchun qo'llaniladi.

Issiqlik elektr stansiyalar qozonxonalarni ta’minot nasoslari, kema nasoslari, neft, kimyo, qog’oz, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlari uchun mo'ljallangan nasoslar mavjud.

Ishlash prinsipi bo'yicha nasoslar ikki turga bo'linadr: dinamik va hajmiy (1.2-rasm).

Dinamik nasoslarda, suyuqlik doimiy hajmga ega bo'lgan va uzatish hamda olib ketish moslamalari bilan jihozlangan kamerada ta’sir kuchi ostida harakatga keladi. Suyuqlikka ta’sir etadigan kuchning turiga ko'ra dinamik nasoslar o'z navbatida parrakli va ishqalanishli nasoslarga bo'linadi.

Hajmli nasoslaming ishlash prinsipi, suyuqlikni kamera hajmining kamayishi hisobiga siqib chiqarilishga asoslangandir. Kamera hajmining davriy ravishda o'zgarishi ishchi qismining ilgarlama-qaytish yoki aylanma harakati hisobiga sodir bo'ladi. Bunda kamerani haydaladigan suyuqlik bilan galma-gal to'ldirilib bo'shatilishi, nasosning kirish va chiqish quvurchalarining klapan moslamalari bilan ta’minlanadi.



Yüklə 5,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin