6.2-rasm. Bir tomonlama ishlovchi plunjerli nasos tasviri:
1-plunjer; 2-tsilindr; 9,3-so’rish va havo qalpoqlari; 4-bosimli quvur; 7,5-so’rish va bosimli qalpoqlari; 6-ish bo’linmasi; 8-so’rish havo bo’linmasi.
|
Ishchi organi porshen yoki plunjerni ikkilangan harakatida ya’ni o’ng va chap tomonga harakatlanganda suyuqlik ikki marta so’rilib, ikki marta siqib chiqarilsa, nasos ikki tomonlama ishlovchi deyiladi.
Porshen chetki holatdan chapga harakatlanganida haydash jarayoni sodir bo‘ladi. Bunda porshenning ish kamerasidagi suvga bosishi natijasida so‘rish klapani (2) berkiladi. Haydash klapani (4) esa ochiladi va suv ish kamerasidan bosim quvuri (5) ga siqib chiqariladi. Porshenli nasoslar bilan suv bir tekis uzatilmaydi. So‘rishning notekisligi nasos ishiga salbiy ta’sir qiladi, chunki u nasosning so‘rish qobiliyatini cheklaydi. Bu shart-sharoitlar nasosning aylanish chastotasini cheklash, havo klapanlarini o‘rnatish va boshqa noqulayliklarga olib keladi. Ko‘rsatib o‘tilgan shart-sharoitlar bu mashinalarning uzatishini kichikligini, ko‘p metall ketishini, hamda qimmat turishini bildiradi. SHu sababdan porshenli nasoslar su\orishda hamda suv bilan ta’minlashda keng qo‘llanilmaydi.
Hozirgi vaqtda rotatsion, diafragmali va hatto porshenli nasoslar ekskavatorlar, o\ir traktorlar, er qazish mashinalari va hokazolarining gidravlik yuritish qurilmalarida ko‘p ishlatil-moqda. Kelajakda qishloqlarni suv bilan ta’minlash uchun keng qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan shu klassdagi nasoslaridan bir vintli nasoslarini ko‘rib chiqamiz.
Artezian quduqlarida ishlatish uchun mo‘ljallangan bir vintli nasoslar mahalliy (ayniqsa, qishloq) sharoitida quduqlar va zovurlaridan suv chiqarishda yangi va original turdagi suv chiqargich hisoblanadi. Bu nasos bir kirimli metall vint–rotor 3 dan, hamda qo‘zg`almas korpus–stator (2) dan tuzilgan. Stator ichida rotor aylanadi.
Po‘latdan ishlangan bir kirimli rotor vinti hamma kesimlarida doiraviy shakliga ega va ozgina ekssentrisitetli qilib tayyorlangan, shu sababli u aylanganda murakkab planetar harakat bajaradi. Rotor o‘z o‘qi atrofida aylanganda, uning o‘qi shu vaqtning o‘zida kichik doira bo‘yicha statorning ichki murakkab sirtida siljib teskari yo‘nalishda aylanadi. SHuning uchun rotor yuritish vali bilan gummurlangan po‘lat tros yoki kardanli ulama yordamida biriktiriladi. Stator po‘lat quvurchani ichiga (buralmaydigan qilib) zichlab tiqilgan qalin devorli rezina quvur ko‘rinishida tayyorlanadi. Rezina quvurining ichki sirti qadami rotor qadamidan 2 marta katta bo‘lgan ikki kirimli vintga ega. So‘rish kamerasi po‘lat quvuridan iborat bo‘lib, uning bir uchiga nasos korpusi (stator) ga burab qo‘yish uchun vint qirqilgan, ikkinchi uchida esa 1li teskari klapan bor.
Bosim quvurining ichiga yo‘naltiruvchi podshipniklar va kardanli ulamalar bilan yuritish vali joylashtirilgan. U vertikal elektr dvigatelidan yuritiladi.
Vint aylanganda rotor bilan statorning ichki sirti orasida bo‘shliq germetik berkiladi va vint o‘qi bo‘yicha bosim quvuri tomonga suriladi.
Ratorli nasoslar. Xajmiy rotorli nasoslar sanoatda va transportda keng kullanadi. Ular tuzilishi buyicha xilma-xil turda ishlab chikarilib, katta ulchamdagi dvigatellar, kompressorlar, nasoslar, xamda mashina-mexanizmlarning moylash va boshkarish tizimlarida ishlatiladi.
Ishchi organi aylanma yoki aylanma-ilgarilanma xarakatla- nishn natijasida suyuklikni sidib chikaruvchi xajmiy nasoslar rotorli nasoslar guruxiga kiradi. Rotorli nasoslar uch kismdan iborat buladi: stator (kuzgalmas kobik), rotor va sikuvchi.
Tuzilishi buyicha rotorli xajmiy nasoslarni kuyidagi guruxdarga bulinadi: tishli, vintli, aksiap-porshenli, radial- porshenli, plastinkali va shlangli. Rotorli nasoslarda suyuklik uzluksiz uzatilganligi sababli surish va bosimli kopkoklar, urnatiisha extiyoj bulmaydi va yukori aylanish chastotasida i shlagish mumkin.
Tishli nasoslar. Tishli nasoslarning tuzilishi sodda bulib, ikkita ishchi elementa 1 va 2 shesternyalardan iborat buladi (6.8-rasm). SHesternyalar kobikka oz ulchamdagi tirkish bilan joylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |