2.2-rasm. Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli)7 Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining har birining (iste‘mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o`zgarishi natijasida tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning miqdorining o`sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig`ini yuqoriga suradi va aksincha kamayishi pastga surilishga olib keladi.
Avtonom xarajatlarning har qanday o`sishi, ya‘ni ΔA = Δ (a+I+G+Xn) mul‘tiplikator samarasi hisobiga yalpi daromadlarning ko`proq miqdorga (ΔY) oshishiga olib keladi.
Avtonom xarajatlar mul‘tiplikatori muvozanatli YaIM o`zgarishning avtonom xarajatlarning har qanday komponenti o`zgarishiga nisbatini ko`rsatadi: m = ΔY /ΔA: Bu yerda: m - avtonom xarajatlar mul‘tiplikatori;
ΔY – muvozanatli YaIMning o`zgarishi;
ΔA – avtonom xarajatlarning Y o`zgarishiga bog`liq bo`lmagan o`zgarishi.
Mul‘tiplikator - yalpi daromadlar avtonom xarajatlarning dastlabki o`sishi (kamayishi)dan necha marta ortiq o`sganligini (kamayganligi) ko`rsatadi.
Avtonom iste‘mol ΔCA miqdorga o`ssa, bu yalpi xarajatlar va daromadlar (Y) ning o`sha miqdorda o`sishiga olib keladi. Bu esa, o`z navbatida iste‘molning ikkinchi marta (daromadlar oshishi hisobiga) MRC x ΔCA miqdorda o`sishiga olib keladi. Keyinchalik yalpi xarajatlar va daromadlar MRCxΔCA miqdorda yana o`sadi. Shunday qilib, «daromad-xarajat» ko`rinishidagi doiraviy aylanish bo`yicha jarayon davom etaveradi.
ΔCA↑[ >AD↑[Y↑[C↑[AD↑[Y↑[C↑[AD↑[Y↑ va hokazo.
Ushbu oddiy vaziyatdan ko`rinib turibdiki, yalpi daromadlar (Y), avtonom iste‘molning dastlabki o`zgarishi ΔCA↑ ga nisbatan bir necha marta ko`p o`zgaradi. Bu shuni bildiradiki, S, I, G yoki Xp miqdorlardagi oddiy o`zgarishlar ham ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajalarida katta o`zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, multiplikator iqtisodiy beqarorlik omili hisoblanadi. Shuning uchun ham davlatning budjet-soliq siyosatidagi asosiy vazifalardan biri bo`lib, o`rnatilgan barqarorlashtirgichlar tizimini yaratish hisoblanadi. Bu tizim iste‘molga chegaralangan moyillikni kamaytirish orqali multiplikatsiya samarasini pasaytiradi.
Multiplikator samarasi mohiyatini quyidagi misolda ko`rib chiqamiz. Aytaylik, dastlab iqtisodiyotga investitsiyalar miqdori 5 mlrd. so`mga ko`paysin. Bu, o`z navbatida ish haqi, renta, foyda ko`rinishda uy xo`jaliklari daromadiga aylanadi. Agar iste‘molga chegaralangan moyillikni 0,75 ga yoki 75 %ga teng deb olsak. Uy xo`jaliklari bu daromadning 75 foizini, ya‘ni 3,75 mlrd. so`mni iste‘mol xarajatlariga sarflaydi, qolgan 1,25 mlrd. so`mni jamg`aradi. Sarflangan 3,75 mlrd. so`m boshqalar uchun daromad hisoblanadi. O`z navbatida ular ham 3,75 mlrd. so`mning 75 foizini iste‘mol uchun sarflaydilar va 25 foizini jamg`aradilar. Bu jarayon oxirgi so`m jamg`arilmaguncha davom etadi.
Bunda: m = ΔY / ΔA = 20 / 5 = 4 va m = 1 / (1-0,75) = 4 va bundan : ΔY 1 m = --------- = ----------- ΔA 1- MPC Demak iste‘molga chegaralangan moyillik qancha katta bo`lsa multiplikator samarasi ham shuncha yuqori bo`ladi.
Multiplikatorning matematik mohiyati cheksiz kamayib boruvchi geometrik progressiyani anglatadi, ya‘ni m=1+b+b1+b2+b3+b4+…+bn, bu yerda b=MPC. Tenglikning ikki tomonini b ga ko`paytiramiz: mb=b+b2+b3+b4+…+bn+1 Endi birinchi tenglamadan ikkinchisini ayiramiz: