m-mb=1-bn+1 , m(1-b) =1-bn+1 Hisob kitob natijalarini quyidagicha tasvirlaymiz: m = ( n+1) / (1-b) b kasr son va bn+1 nolga juda yaqin bo`lgani uchun m = 1/ (1-b ) tenglik to`g`ri bo`ladi.
Avtonom xarajlar multiplikatori miqdorining katta yoki kichikligi budjet soliq siyosati samaradorligiga ta‘sir ko`rsatadi. Davlat o`z xarajatlarini oshirayotganda, yoki investitsiya xarajatlarini oshirish choralarini ko`rayotganda, bu xarajatlar jami talabni qancha miqdorga oshirib yuborishi mumkinligini hisobga olishi zarur.
Agarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (U0) potensial (U*) hajmidan kam bo`lsa, jami talab samarasiz hisoblanadi. Ya‘ni, AD=AS tenglikka erishilgan bo`lsada, yalpi xarajatlar miqdori resurslarining to`liq bandligi darajasini ta‘minlamaydi. Yalpi talabning etishmasligi iqtisodiyotga depressiv ta‘sir ko`rsatadi.
2.3-rasm. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o`rtasidagi retsession uzilish8 YaMM (YaIM)ni to`liq bandlilikning noinflatsion darajasiga qadar o`stirish uchun jami talab (jami xarajatlar) ko`paytirilishi zarur bo`lgan miqdor retsession uzilish deyiladi (7.3-rasm).
Ishlab chiqarishda to`liq bandlikka erishish va retsession uzilishni yo`qotish uchun jami talabni rag`batlantirish va muvozanatni «A» nuqtadan «V» nuqtagacha surish lozim. Bu yerda muvozanatli yalpi daromadning o`sishi ΔU quyidagiga teng bo`ladi:
ΔY=Retsession uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori YaIMni to`liq bandlikning noinflatsion darajasigacha pasaytirish uchun jami talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo`lgan miqdor inflatsion uzilish deyiladi.
Agarda, ishlab chiqarish haqiqiy hajmi (Uo) potensial (U*) hajmidan ko`p bo`lsa, jami xarajatlar ortiqcha hisoblanadi. Jami talabning ortiqchaligi iqtisodiyotda inflatsiya jarayoniga olib keladi. Boshqacha aytganda jami talab hajmining jami taklif hajmidan qisqa muddatda katta bo`lishi oqibatida haqiqiy va potensial YaIM hajmlari o`rtasida inflatsion uzilish ro`y beradi (7.4-rasm).