O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
“MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI” FAKULTETI
“SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI” KAFEDRASI
“MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN
KURS ISHI MAVZU: “DAROMADLARNING DAVLAT TOMONIDAN TAQSIMLANISHI VA DAVLAT MAQSADLI JAMG’ARMALARI ”
Ilmiy rahbari: Kariyeva L.S. Bajardi: “Muhandislik texnologiyalari” fakulteti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) bo`yicha 2-kurs 143-21 guruh talabasi ____________________
TOSHKENT-2023
MUNDARIJA
I-BOB. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BYUDJETI DAROMADLARI VA XARAJATLARI TASNIFI 5
1.1. Davlat byudjeti 5
1.2. Byudjet taqsimotining ob’yektlari. 9
1.3. Davlat byudjeti ijrosining taqsimotini olib borishda qatnashuvchi organlar. 12
II-BOB. DAVLAT MAQSADLI JAMG’ARMALARINING MAMLAKATNI IJTIMOIY IQTISODIY RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI 21
2.1. Moliya tizimida davlat markazlashgan maqsadli jamg‘armalari 21
2.2. Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari 26
XULOSA 32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 35
KIRISH.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yаngi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘si sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni – 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSH dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish maqsadi belgilangan.
Ushbu vazifalarga erishishda O'zbekistonda daromadlarning davlat tomonidan taqsimlanishi va davlat maqsadli jamg’armalari bilan bog‘liq masalalar alohida ahamiyat ega. Chunki mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish sohasida qator ijobiy natijalarga erishildi.
Byudjet tizimida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar natijasida Davlat byudjeti ijrosini amalga oshirishning mukammal me’yoriy huquqiy hamda tashkiliy asosi yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Byudjet muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori, “Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalar” va boshqa shu kabi me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Davlat byudjeti ijrosining ushbu me’yoriy hujjatlar doirasida amalga oshirilishi byudjet daromadlari va xarajatlari o‘zaro muvofiqligini ta’minlab kelmoqda.