Muhandislik texnologiyalari


-rasm. Davlat maqsadli byudetdan tashqari jamg‘armalarning mohiyati1



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə5/8
tarix06.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#125600
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi mavzu Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalar 4

2.1-rasm. Davlat maqsadli byudetdan tashqari jamg‘armalarning mohiyati1
tibbiy yordam olish, ishsizlikdan himoya qilinish uchun va boshqalar uchun ijtimoiy nafaqalarni olishdek konstitutsion huquqlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Iqtisodiy jamg‘armalar jamiyatning xo‘jalik va ijtimoiy xayotining rivojlanishida davlat ta’siri imkoniyatlarini kengaytiradi.
Byudetdan tashqari jamg‘armalar maqsadli jamg‘armalar maqsadl ishlatilishga yo‘naltirilgan. Odatda ularning nomida mablag‘larning ishlatilish maqsadi qayd etiladi. Byudetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirishning manbalari ular tashkil etgan vazifalarning xarakteri va masshtabiga qarab aniqlanadi. Manbalarning turi va hajmiga rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy holati ta’sir etadi.
2.2-rasm. Byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarning tasniflanishi.2
Aynan ushbu jamg’armalar qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lib, ularning moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan samarali nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Bugungi kunda mamlakatimizda jami 24 ta davlat maqsadli jamg’armalari mavjud bo’lib, ularning to’liq tarkibi qiyidagi 2.1-jadvalda keltirilgan.



2.1-jadval. Davlat maqsadli jamg‘armalarininh tarkibi3
So’nggi yillarida mamlakatimizda davlat maqsadli jamg’armalarining soni oshishi bilan birga, mos ravishda ularning daromadlari va xarajatlari miqdori ham o’sib borish tendensiyasiga ega. Biroq, davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari xarajatlari qoplashga yetarli miqdorda bo’lmagani bois, davlat byudjetidan davlat maqsadli jamg’armalariga har yili transfertlar ajratishga to’g’ri kelmoqda. Quyida keltirilayotgan 2-jadvalda 2020-2022 yillarda davlat maqsadli jamg’armalarining daromadlari, xarajatlari va ajratilgan transfertlar miqdori keltirilgan.
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2020 yilda davlat maqsadli jamg‘armalari (O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini hisobga olmaganda) daromadlari 25 385,1 mlrd. so‘mni tashkil qilib, xarjatlari esa 35 413,6 mlrd. so‘m miqdorda bo’gan. Natijada davlat byudjetidan 2020 yilda 9 248,1 mlrd. so‘m transfert ajratilgan. 2022 yilda esa davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari 31 935,9 mlrd. so‘m, xarajatlari 58 179,0 mlrd. so‘m va tarnsfertlar 25 900,1 mlrd. so‘m bo’ldi.
2.2-jadval. Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari, xarajatlari va ularga ajratilagan transfertlar miqdori,4 mlrd. so‘mda
Mamlakatmiz moliya tizimida davlat maqsadli jamg’armalarining o’rni beqiyos bo’lib, ular nafaqat moliya tizimi barqarorligida balki aholining ijtimoiy turmush farovonligini oshirishda muhim o’rin egallab kelmoqda.
Shu boisdan, hozirgi kunda davlat maqsadli jamg’armalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning moliyaviy barqarorligi oshirishga qartilgan islohotlar faol tarzda amalga oshirilib kelinmoqda. Yuqoridagi tahlil natijalarga asoslangan holda ta’kidlash joizki, mamlakatimiz moliya tizimining asosiy bo’g’inlaridan hisoblangan davlat maqsadli jamg’armalari faoliyatining rivojlantirilishi va ularning molyaiviy barqarorligini yanada oshirilishi pirovardida moliya tizimi barqarorligining mustahkamlanishiga imkon yaratadi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin