2.2. Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti bilan bir qatorda, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarining mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati yanada ortib bormoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti bilan bir qatorda, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarining mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati yanada ortib bormoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarning ham ahamiyati yuqori bo‘lmoqda. Bu hol ular daromadlarining shakllanish ko‘lamlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Xususan, maqsadli jamg‘armalar daromadlari ohirgi yillarda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlarining o‘rtacha 33,7 – 35,7 foizni tashkil qilgan.
Bugungi kunda konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibidagi davlat maqsadli jamg‘armalari qatoriga quyidagi jamg‘armalar kiradi:
− O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi;
− Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar jamg‘armasi;
− O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat
jamg‘armasi.
2007-yildan boshlab davlat byudjeti parametrlarida alohida satr bilan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari ko‘zda tutila boshlandi. Mazkur jamg‘arma iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo, bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirish loyihalarining amalga oshirilishini ta’minlash, mamlakatni barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish, shuningdek, samarali tarkibiy va investitsion siyosatni amalga oshirish maqsadida tuzilgan.
2007-yildan boshlab davlat byudjeti parametrlarida alohida satr bilan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari ko‘zda tutila boshlandi. Mazkur jamg‘arma iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo, bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirish loyihalarining amalga oshirilishini ta’minlash, mamlakatni barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish, shuningdek, samarali tarkibiy va investitsion siyosatni amalga oshirish maqsadida tuzilgan.
“Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli Qarori bilan byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim muassasalarining moddiytexnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi negizida Byudjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil qilindi.
“Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli Qarori bilan byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim muassasalarining moddiytexnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi negizida Byudjetdan tashqari ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil qilindi.
Bugungi kunda ushbu qayta tashkil etilgan jamg‘armaning mablag‘lari 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan fan va ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi keng ko‘lamli tadbirlar va dasturlarni moliyalashtirishga safarbar etilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasadir va u ustuvor investitsiya loyihalarini hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishilishiga, shuningdek, samarali tarkibiy va investitsiya siyosati amalga oshirilishiga doir loyihalarni moliyalashtirish qonunchilikda belgilangan mablag’larni jamlaydi.
O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasadir va u ustuvor investitsiya loyihalarini hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishilishiga, shuningdek, samarali tarkibiy va investitsiya siyosati amalga oshirilishiga doir loyihalarni moliyalashtirish qonunchilikda belgilangan mablag’larni jamlaydi.
O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini boshqarish Kengashi O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining yuqori boshqaruv organi bo’lib, uning tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ijro etuvchi direksiyasi O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining ijro etuvchi organi va mablag’larini taqsimlovchidir.
2021-yil uchun Byudjet loyihasi
2021-yilda Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 178,5 trln. soʻmga yoki yalpi ichki mahsulotning 25,9 foizi darajasida prognoz qilingan.
Davlat byudjeti daromadlari 147,2 trln. soʻm yoki yalpi ichki mahsulotning 21,3 foiz miqdorida belgilanmoqda. Davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlari 26,2 trln. soʻm, xarajatlari esa 40,8 trln. soʻm miqdorida rejalashtirilgan.
Davlat maqsadli jamgʻarmalariga respublika byudjetidan 15,9 trln. soʻm mablagʻ ajratish ham belgilangan.
Mamlakatimizning konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari kiradi. Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibiga kiritiladigan davlat maqsadli jamg‘armalarining ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Tasdiqlangan ro‘yxatda:
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma;
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi;
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi;
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi;
Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi;
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi;
Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi;
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasi.
2020-yildan boshlab davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari g‘aznachilik ijrosi bilan to‘liq qamrab olindi. Moliya vazirligiga bir oy muddatda davlat maqsadli jamg‘armalarining hisobot shakllarini xalqaro moliya institutlarining talablariga muvofiq keltirish topshirildi.
XULOSA
Biz byudjet tashkilotlarini smeta asosida rejalashtirish va moliyalashtirish tartiblarini o‘rgandik, bu borada bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning mazmunmohiyatini ochib berishga harakat qildik, byudjet tashkilotlarini byudjetdan tashqari manbalar hisobidan mustahkamlash yo‘llarini tadqiq qilib, byudjet amaliyotida byudjetdan tashqari markazlashgan va markazlashmagan manbalardan foydalanish imkoniyatlari va shart-sharoitlarini o‘rganib chiqib, quyidagi xulosalarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ldik.
- bizning fikrimizcha, davlat, mamlakatdagi bozor munosabatlarining qay darajada shakllangan va rivojlangan bo‘lishiga qaramay, ijtimoiy sohalarni boshqarish, ularning faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirishda ishtirok etishi zarur, ularning normal darajada faoliyat qilishi uchun davlat barcha huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratib berishi shart:
- byudjetdan moliyalanadigan sohalarga mablag‘larni to‘liq hajmda safarbar etish imkoniyatini ta’minlash maqsadida davlat daromadlarining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarning aniq hisob-kitobini olib borish lozim;
- ijtimoiy sohalardagi ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat standartlarini o‘rnatish va ularga amal qilinishini nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish lozim, aks xolda xizmatlar narxining oshib borishi bilan ularning sifati o‘rtasidagi bog‘liqlik uzilib bormoqda, malakali xizmat qimmat turishi bilan birga, sifat standartiga ham javob berishi kerak, deb hisoblaymiz;
- aholining nochor, ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlariga bepul xizmatlar ko‘rsatilishini davlat bundan keyin ham o‘z zimmasiga olishi, bu xizmatlarning to‘liq moliyalashtirilishiga erishishi lozim;
- byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishga bo‘lgan harakati ularning asosiy faoliyatiga, tashkilotning missiyasini bajarishga putur etkazmasligi kerak, shuni unutmaslik lozimki, byudjet tashkiloti notijorat asosida faoliyat yurituvchi muassasa, shuning uchun unda marketing masalalari o‘ylab, jamiyatning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hal etilishi kerak;
- aksariyat aholi ongida ta’lim, va ayniqsa, sog‘liqni saqlash xizmatlarining bepul taqdim etilishi kerak, degan stereotiplar mustahkam o‘rnashgan, bu esa byudjet tashkilotlarini pullik asosga o‘tkazish jarayonida aholi tomonidan noroziliklarga olib kelmoqda, lekin bozor iqtisodiyoti talablari, qolaversa, “pullik narsa qadrli bo‘ladi” degan naqldan kelib chiqib, byudjetning chegaralanganligi sharoitida byudjet tashkilotlarining ortib borayotgan ehtiyojlarini faqat davlat mablag‘lari hisobiga qoplashning ob’ektiv tarzda imkoni yo‘qligini tushunib etish vaqti keldi;
- hozirgi kunda byudjet tashkilotlarining barcha byudjetdan tashqari daromadlari barcha soliqlar va majburiy to‘lovlardan ozod etilganligini e’tirof etgan holda, byudjet tashkilotlarining tijorat faoliyatlarini davlat bundan keyin ham rag‘batlantirib borishi maqsadga muvofiq.
- byudjet tashkilotida shunday muhitni yaratish kerakki, byudjet tashkiloti tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar natijasidan unda ishlayotgan ko‘p sonli xodimlarning shaxsiy manfaatlari emas, tashkilot manfaatlari ustuvor bo‘lishi lozim, deb hisblaymiz.
Ushbu xulosalarimizdan kelib chiqqan holda istiqbolda byudjet tashkilotlarini mablag‘larini shakllantirish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni berishni lozim topdik:
Davlat byudjetini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlash maqsadida o‘z faoliyatlari bilan bog‘ liq munosabatlar doirasida byudjet tizimini boshqarish organlari doirasida integrallashgan axborot tizimlarini yaratish lozim.
Mudofa sektoridagi harajatlar tizimini davlat byudjeti gazna ijrosi bilan qamrab olish mehanizmini ishlab chiqish lozim. Bunda horijiy mamalakatlarda ushbu sohaning gazna ijrosi bilan qamrab olish mehanizmini urganish orqali erishish;
byudjetdan tashqari tushumlarning muhim manbai sifatida chet el mamlakatlari uchun mutaxassislar tayyorlash xizmat qilishi mumkin. Lekin ta’lim uchun to‘lov masalalari ta’lim muassasasi beradigan diplomning sifati, uning xalqaro tashkilotlar, ishbilarmonlar doirasi, jamoatchilik, ta’lim muassasalari xalqaro akkreditatsiyasi tomonidan tan olinishi bilan bog‘liq. Ana shu masala ijobiy hal etilsa, ya’ni milliy oliy ta’lim muassasalari tomonidan beriladigan diplomlar xalqaro miqyosda tan olinsa, ham oliy ta’lim muassasalarining nufuzi oshardi, ham bu yo‘l bilan valyuta tushumlarini ko‘paytirish imkoni kengaygan bo‘lar edi;
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Dostları ilə paylaş: |