Muhofaza qilish


Hadislardan namunalar: (ovoz bilan)



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

Hadislardan namunalar: (ovoz bilan).
Qo‘y boq, chunki qo‘y barakadir.
Dehqonchilik bilan shug‘ullaninglar. Dehqonchilik muborak 
kasbdir. Unga qo‘riqchilami ko‘paytiringlar.
Kishilarga soya beruvchi daraxtni kesgan kishi boshi bilan 
do‘zaxga tashlanadi.
Qaysi bir musulmon ekin eksa yoki biror daraxt o‘tqazsa, so‘ng 
uning mevasidan qush yoki hayvon yesa, uning ekkanidan yeyilgan 
narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi.
Kim suv toshqinini to‘xtatsa yoki yong‘inni o‘chirsa, unga 
shahidlik ajri beriladi.
Maktablarda, oliy o‘quv yurtlarida, sanoat, ishlab chiqarish 
korxonalarida, shuningdek, jamoa xo‘jaliklarida, madaniyat uylarida, 
qiroatxonalarda tabiatsevarlar klubi, yoshlar ma’ruzaxonasi, tabiatni 
muhofaza qilish jamiyatlari, o‘lka muzeylari, tabiat burchaklari tashkil
150


etilib, ularda о lkaning tabiati, boyliklarini ko‘rsatadigan, hikoya 
etadigan tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi. Tabiat muhofazasi talqin 
etiladigan kechalar tashkil qilinib, ularda o'qituvchilar, olimlar bilan 
yoshlaming muloqatini o‘tkazish ham xayrli tadbirlardan hisoblanadi.
Oliy 
maktablarda 
ekologik 
ta’limi 
tabiat 
muhofazasi
masalalarining ilmiy asoslarini chuqur va har tomonlama o‘rganishga, 
inson faoliyati natijasida biosferada ro‘y berayotgan hodisalaming 
sabab va qonuniyatlarini 
tahlil etish
maqsadlariga qaratilgan. Shu 
bilan bir qatorda, u talabalami maktablarda ekologiya asoslari va 
tabiat muhofazasi ta’limini o‘qitishga tayyorlashni ham nazarda 
tutadi.
0 ‘zbekistonda aholiga uzluksiz ekologik ta ’lim berish va bu 
sohada uning bilimini oshirish masalalari “Ta’lim to‘g‘risidagi” 
Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, tabiatni muhofaza qilish 
va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi huquqiy meyoriy 
hujjatlar asosida hal qilinmoqda (1-sxema).
Ekologik vaziyatni yaxshilashga yordam beradi gan omillardan 
biri - barcha aholi qatlamlariga ekologik bilim berish va ulaming 
ekologik madaniyatini hamda tafakkuri darajasini yuksaltirishdan 
iborat.
Ekologik bilim
- kishilaming atrof-tabiiy muhitni muhofaza 
qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, buzilgan tabiat 
majmua(kompleks)larini qayta tiklash haqida ma’himotlarga ega 
bo‘lish, ya’ni ushbu voqelikning inson tafakkurida aks etganlik 
darajasi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin