Muhofaza qilish


© «Barkamol fayz media»nashriyoti, 2018



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

© «Barkamol fayz media»nashriyoti, 2018
2


KIRISH
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
Birinchi 
Prezidenti
I.A.Karimovning ta’kidlashicha, “ekologiya hozirgi zamonning keng 
miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish 
barcha xalqlaming manfatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi 
kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammolami hal etishga 
bog‘liqdir”. Tabiatni muhofaza qilish, ekologik muammolaming 
oldini olish, ekologik talablarga doimo rioya qilish, mustaqil 
davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy masalasi bo‘lib qolmay, 
balki ekologik siyosatining asosiga aylanishi lozim. Chunki, ushbu 
muammolar mustaqil davlatimiz ravnaqi bilan bevosita bog‘langan.
I. A.Karimovning2010-yil20-sentyabrdaBMTBoshAssambleyasining 
“Ming yillik sammiti”da so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyo, jumladan 
0 ‘zbekistondagi ekologik muammolarga alohida e’tibor qaratildi, 
“mintaqaviy muammolar majmuiga e’tibor qaratilar ekan, ekologik 
xavfsizlik va atrof-muhit masalalarini chetlab o‘tish mumkin emas... 
Orol muammosi Markaziy Osiyo hududi doirasidan chiqib ketdi va 
jahonshumul ahamiyat kasb etadi. Uning salbiy oqibatlarini bugungi 
kunda iqlim sharoiti, biologik muvozanatni o ‘zgarishida, aholi 
salomatligi va bo‘lg‘usi avlod genofondiga ta’sirida ko‘rish mumkin. 
Orol dengizining falokati Yevropa uchun, sayyoramizning boshqa 
hududlari uchun qanday xatarli va kutilmagan oqibatlami yuzaga 
keltirishi mumkinligiga kimnidir ishontirish yoki buni isbotlab berish 
hojati yo‘q deb o ‘ylayman” degan fikrlari ekologik muammolami 
birgalikda hal etishni taqozo qiladi.
Ma’lumki, 1992-yil 9-dekabrda Respublikamizda “Tabiatni 
muhofaza qilish to‘g‘risidagi” qonun qabul qilindi. Ushbu qonunda 
qanday mutaxassis tayyorlashdan qat’iynazar, barcha o‘rta va oliy 
o‘quv yurtlarida ekologik ta’limning majburiyligi belgilab qo‘yildi. 
Chunki, ekologik ta’lim va tarbiya yoshlarda ekologik ong va 
madaniyatni shakllantirishda, insonning biosferaga boigan yangicha 
munosabatlami shakllanishiga muhim o ‘rin tutadi. Ekologik ta’lim va 
tarbiya ekologik madaniyatli, o‘z Vataniga va eliga xizmat qiladigan 
yetuk, komil va barkamol insonni voyaga yetkazishga katta ko‘mak
з


beradi.
Ushbu qo‘llanma “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” 
fanining o‘quv fan dasturi asosida yozilib, umimiy ekologiya va 
tabiatni muhofaza qilish bo‘limidagi mavzulami qamrab olgan. 
Qo‘llanmadagi mavzularda ekologiya fani botanika, geografiya, 
zoologiya, odam anatomiyasi, tibbiyot fanlari bilan bog‘liqlikda 
yoritilgan.
Har bir ma’ruza mashg‘uloti nazorat savollaridan tarkib topgan. 
Talabalaming mashg‘ulotlami o‘zlashtirish, bilim olishlari, ekologik 
dunyoqarashlarini kengayishlari uchun xorijiy adabiyot manbalaridan 
ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu qo‘llanma talabalaming Vatanni sevishga, jonajon 
tabiatini muhofaza qilishga bo‘lgan dunyoqarashini kengaytirishiga 
katta yordam beradi.
4


1-MAVZU: KIRISH. EKOLOGIYA KURSI, MAQSADI, 
VAZIFASI, TUZILM ASI VA TARIXI
Reja:
1. Ekologiyaning maqsadi, o‘rganish usullari
2. Ekologiya fanining vazifalari
3. Ekologiya fanining bo‘limlari
4. Ekologiyaning tarixi
Tayanch so‘zlar: Ekologiya, autekologiya, populyatsiyalar 
ekologiyasi, sinekologiya, biosfera, inson ekologiyasi, ijtimoiy 
ekologiya, ekologik muammolar, modellashtirish, biologik resurs, 
atrof-muhit.
Ekologiya biologiya fanlari qatoridagi mustaqil fan hisoblanadi. 
Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo‘lib, 1866-yilda nemis 
biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. Ekologiya - yunoncha so‘z 
bo‘lib, uning ma’nosi tirik organizmlaming yashash sharoiti yoki 
tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatini bildiradi.
Umumiy ekologiya to‘rt bo‘limga bo‘lib o‘rganiladi: autekolo­
giya, populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera.
1. Autekologiya ayrim turlaming ular yashab turgan muhit bilan 
o‘zaro munosabatini, turlaming qanday muhitga ko‘proq va uzviy 
moslashganligini o‘rganadi.
2. Populyatsiyalar ekologiyasi populyatsiyalar tuzilmasi va 
dinamikasi, ma’lum sharoitda turli organizmlar sonining o‘zgarishi 
(biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi.
3. Sinekologiya biogeotsenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim 
o‘simlik va hayvon turlarining o‘zaro aloqasini hamda ulaming tashqi 
muhit bilan munosabatini o‘rganadi.
4. Ekotizimlami tadqiq qilishning rivojlanishi biosfera haqi- 
dagi ta’limotni vujudga keltiradi. Ushbu ta’limotning asoschisi 
V.I.Vemadskiy hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, 
ya’ni Yer qobig‘idagi mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi.


Bugungi kunga kelib, ekologiya sof biologik fanlar tizimidan 
chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan 
va texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi o‘ta 
kengayib ketdi. Fanga “inson ekologiya”si degan atama ham kirib 
keldi. Insonni tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan 
tubdan farq qiladi.
Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921-yil amerikalik olimlar 
Borjes va Parklar tomonidan kiritildi. Dastlab inson ekologiyasiga 
tibbiy sohabo‘limi sifatida qaralib, keyinchalik uning ijtimoiy, texnik, 
m e’moriy, iqtisodiy va huquqiy tomonlari ham o ‘rganildi. Inson 
ekologiyasi insonni atrof-muhitga va aksincha, muhitning insonga 
ta’sirini o‘rganadi.
Inson ekologiyasini o‘rganish natijasida ijtimoiy ekologiya 
vujudga keldi. Unga birinchi bo‘lib Raderik Mak Kenzil ta’rif bergan.
Ijtimoiy ekologiya ijtimoiy fanlardan biri hisoblanib, uning 
predmeti inson bilan uning atrof-muhit o‘rtasidagi xususiy 
bog‘lanishlarini o‘rganishdan iborat.
Shunday qilib, ekologiya bugungi kunda tibbiy va ijtimoiy 
fanlar jumlasiga kirib, o‘rganilayotgan obyekt yoki tizimni atrof- 
muhit bilan munosabatini keng miqyosda tadqiq etadi. Bir hujayrali 
sodda tuzilishdagi bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simlik, hayvonlar va 
ulaming hamjamoalari, biosfera, shuningdek inson ham ekologiya 
fanining obyekti bo‘lib xizmat qiladi.
Ekologiya fani tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy 
bog‘lanishini ifoda etar ekan, u shubhasiz, tabiatni muhofaza 
qilishning ilmiy asosini tashkil etadi.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin