Muhofaza qilish


ANTIK VA XVII - XIX ASRLARDAGI EKOLOGIK



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

ANTIK VA XVII - XIX ASRLARDAGI EKOLOGIK
TADQIQOTLAR
Hozirgi davrdagi bilimlarimizning shakllanishida qadimgi yunon 
olimlarining xizmati katta. Masalan, Aristotel (e.av. 384-322 y.y.)
1 Begon and others. Ecology. UK. 2006. P. 10-12.


o‘zining “Hayvonlar tarixi” nomli asarida suvda va quruklikda yashovchi 
hayvonlar, shuningdek suzuvchi, havoda uchuvchi va o‘rmalovchi kabi 
hayotiy shakllami ajratgan. Ulardan tashqari, organizmlarning yashash 
joylari, yolg‘iz yoki gala bo‘lib yashash, oziqlanishi va boshqalar 
qiziqtirgan. Tirik organizmlarning tuzilishi va hayoti Aristotelning 
shogirdi Teofrast (e. av. 380-271 y.y.) ishlarida ham uchraydi. Teofrast 
o‘simliklaming yashash joylarini hisobga olib, ulami o‘t, chala buta, buta 
va daraxt kabi hayotiy shakllarga bo‘ladi.
XVII-XVIII asrlardagi ekologik ma’lumotlar tirik orga- 
nizmlaming ayrim guruhlarini o‘rganishga qaratilgan edi. J.Byuffon 
ishlarida hayvonlaming tuzilishiga tashqi muhitning ta’siri, 
J.B.Lamark o‘simlik va hayvonlaming evolyutsion o‘zgarishlarida 
eng muhimi tashqi muhit ta’siri ekanligi, ekologik g ‘oyalaming 
rivojlanishida Ch.Darvinning organik olam evolyutsiyasi haqidagi 
ta’limoti ilgari surilgan. Nemis biologi Ernest Gekkel 1866-yilda fanga 
“ekologiya” tushunchasini birinchi bo‘lib kiritdi va unga ta’rif berdi. 
Ekologiya mustaqil fan sifatida XX asming boshlarida vujudga keldi. 
Uning rivojlanishiga G.F.Morozov, Y.N.Sukachev, V.G.Ramenskiy, 
K.Raunkier, Ch.Elton, M.S.Gilyarov, N. S.Serebryakov, A.Tensli, 
G.Odum, Y.Odum va boshqalar katta hissa qo‘shdi. Yirik ms olimi 
V.I.Vemadskiy biosfera haqidagi ta’limotni yaratdi va biosferaning 
holati inson faoliyati bilan bog‘liqligi haqidagi xulosaga keldi.
0 ‘RTA OSIYO ALLOMAL ARININ G EKOLOGIYA
HAQIDAGI QARASHLARI
0 ‘rta Osiyolik allomalar al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Abu Ali 
Ibn Sino va boshqalar hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrlarda 
tabiat va undagi muvozanat, о ‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni 
e’zozlash haqida qimmatli fikrlar, aytganlar. Muhammad Muso al- 
Xorazmiy “Bilginki, daryoning ko'zlari yoshlansa, uning boshiga 
g‘am, kulfat tushgan bo‘ladi” deb ta’kidlagan edi. Buyuk alloma 
suvlami ortiqcha sarflash hozirgi kundagi Orol fojiasi kabi noxush 
hodisalami keltirib chiqarishini nazarda tutgan bo‘Isa, ehtimoldan


holi emas. Abu Nasr Forobiy odam a’zolarining tuzilishi va unda kelib 
chiqadigan o‘zgarishlar, y a’ni kasalliklar, ovqatlanish tartibining 
buzilishi, kasallikning oldini olish chora-tadbirlari, shuningdek, 
tabiiy, sun’iy tanlanishlar haqida ma’lumotlar qoldirgan. Abu Rayhon 
Beruniy asarlarida o‘simlik va hayvonlaming biologik xususiyatlari, 
ulaming tarqalishi, tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi va xo‘jalik 
ahamiyati haqida ma’lumotlar topish mumkin. Abu Ali ibn Sino inson 
sog‘lig‘ini saqlash, parhez, gigienato‘g‘risida, kasalliklami, jumladan, 
asab kasalliklarini davolashda jismoniy usullar yaxshi natija berishini 
aytgan. U kishi organizmiga tashqi muhit ta’siri muhimligini, ayrim 
kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikrlar bay on etgan.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin