Muhofaza qilish


 ‘ZBEKIST0NDA EKOLOGIYA FANINING RIVOJLANISHI



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

0 ‘ZBEKIST0NDA EKOLOGIYA FANINING RIVOJLANISHI
Ekologik yo‘nalishdagi ishlar keyinchalik 0 ‘zFA Botanika 
instituti olimlari V. A. Burigin, О. X. Hasanov va boshqalar tomonidan 
o ‘simliklami qurg‘oqchil issiq (cho‘l) sharoitiga moslashishi, 
o‘simliklar hamjamoasining tuzilmasi, mahsuldorligi, em-xashakbop 
o‘simliklaming orasidan qurg‘oqchil issiq sharoitga chidamli turlarini 
tanlash va ulaming ekologik-biologik xususiyatlami o ‘rganib, sun’iy 
yaylovlar barpo etishning ilmiy asoslari ishlab chiqildi. 0 ‘zFA 
Zoologiya va parazitologiya institutida hayvonot olamini muhofaza 
qilish va undan oqilona foydalanish tadbirlari, qishloq xo‘jalik 
hayvonlarida uchraydigan yuqumli kasalliklaming oldini olish, 
qimmatli hayvon turlarining kadastri va nazorat ishlari olib borildi.
Ushbu ilmiy ishlarga T. Z. Zohidov, A. M. Muxammadiyev, V. V. 
Yaxontov,M. A. Sultonov, G. O. Olimjonov va boshqalar rahbarlikqildi. 
XX asming ikkinchi yarmida hozirgi davr fanlarini “ekologlashtirish” 
boshlandi. Bu esa ekologik bilimlaming katta ahamiyatga ega 
ekanligini bildiradi. Demakki, hozirgi davrda ekologiya fanining 
kelajagi porloq, chunki insoniyatning sayyoramizda yashab qolishi, 
ko‘p jihatdan ushbu farming rivojlanish darajasi bilan b o g iiq b o iib
qoladi.
Ekologiya fani sohalari va ekologik bilim olishni belgilovchi 
fazilatlar 1-2-sxemalardada aks ettirilgan (1-2-sxemaIar).


ATROF-MUHIT VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH
SOHASIDAGIASOSIY VAZIFALAR
0 ‘zbekiston Respublikasining atrof-muhit va tabiatni muhofaza 
qilish sohasida birinchi navbatdagi vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
1. Jamiyatning ta’lim olish va intelektual potentsialini o‘sishini 
ta’minlovchi sharoit yaratish;
2. Atrof-muhit holatini yaxshilash uchun hamda global ekologik 
muammolami hal etishga yetarli mablag‘ ajratish kerak;
3. Genetik fond, turlar va landshafitlar xilma-xilligini saqlash;
4. Tabiiy resurslardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlami 
takomillashtirish;
5. Maxsus muhofazaga olingan hududlami boshqarish bo‘yicha 
dasturlar ishlab chiqish;
6. Atrof-muhitni ifloslanish manbalarini aniqlash bo‘yicha 
nazorat tizimini takomillashtirish va rivojlantirish;
7. Xususiylashtirish jarayonlarida ekologik talablarga rioya 
qilish va atrof-muhitga zarar keltirmaslik uchun javobgarlik kabilami 
nazorat qilish mexanizmini yaratish;
8. Ekologik xavfsiz mahsulotlar va texnologik j arayonlar sohasida 
ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish;
9. Ekologik axborotlar va atrof-muhit monitoringi bo‘yicha bank 
tizimini yaratish;
10. Tabiatni muhofaza qilish ishlari bo‘yicha faoliyatini 
yorituvchi markazlashgan axborot tizimini yaratish;
11. Ekologik va tarbiyaviy tizimini yanada rivojlantirish;
12. Xalqaro ekologik normalar va standartlar bo ‘ yicha bosqichma- 
bosqich dasturlar ishlab chiqish;
13. Xalq xo‘jaligining turli sphalarida ekologik toza texnologi- 
yalar, chiqindilami zararsizlantirish va o‘zlashtirish bo‘yicha ilmiy- 
texnik ishlanmalami hayotga tadbiq etish, hamda ilmiy tadqiqot 
ishlari olib borishni davom ettirish;
14. Atrof-muhitni muhofazasi, tabiiy resurslardan foydalanish
10


masalalari bo‘yicha xalqaro ekologik tashkilotlar bilan o‘zaro 
hamkorlikni kuchaytirish va birgalikda ekologik qarorlar qabul qilish.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin