Muhofaza qilish


NAMLIK OMILINING TIRIK ORGANIZMLAR



Yüklə 40 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/108
tarix07.01.2024
ölçüsü40 Kb.
#207885
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   108
HwwH44ZTaNy3mNZp28F11Oy94JnGBuU1VYyZrHTm

NAMLIK OMILINING TIRIK ORGANIZMLAR
HAYOTIDAGIAHAMIYATI
Quruqlikda yashovchi organizmlarning suvga bo‘lgan talabi 
tuproq va atmosfera namligi hisobiga qondiriladi. Tuproq va 
atmosferadagi namlikning manbai atmosfera yog‘inlari hisoblanadi. 
Yer sharida atmosfera yog‘inlarining yillik miqdori bir necha 10 
millimetrdan 3000 millimetmi tashkil etadi.
Organizmlarning 
suv 
bilan 
ta’minlanganligini 
baholash 
uchun faqat yillik atmosfera yog‘inlarining miqdorini bilish bilan 
kifoyanilmaydi, chunki ushbu miqdor cho‘l iqlimini yoki juda nam 
iqlimni ifodalashi mumkin. Yer sharidagi turli joylarda atmosfera 
yog‘inlari bilan bug‘lanish nisbati katta ahamiyatga ega. Yillik 
bug‘lanish yillik yog‘ingarchilik miqdori yig‘indisidan kam boigan 
joylar arid (qurg‘oqchil) oblastlar deb ataladi. Bu yerda yashovchi 
o‘simlik va hayvonlar uchun namlik yetarli bo‘lmaydi. Aksincha, 
yog‘mgarchilikning yillik miqdori bug‘lanishning yillik miqdoridan 
ortiq bo‘lgan joylar gumid (sernam) oblastlar deyiladi.
Klimodiagrammalar ma’lum joydagi atmosfera yog‘inlari bilan 
haroratning o ‘zgarishi nisbatini ifodalovchi egri chiziqlardir. Agarda 
harorat egri chizig‘i atmosfera ,yog‘inlari egri chizig‘idan yuqorida 
bo‘lsa qurg‘oqchil, aksincha holat kuzatilsa, nam yoki ortiqcha nam 
sharoit hisoblanadi. 
i
Organizmlarning suv bilan ta’minlanishini tavsiflash uchun iqlim 
sharoitlaridan tashqari muayyan biotopning namlik sharoitini ham 
bilish kerak. Odatda, о rtiqcha namlik, namlik, kuchsiz namlik, quruq 
va boshqa yashash sharoitlari degan tushunchalar ishlatiladi.
40


Organizmlaming suvga bo‘lgan talabi, har xil namlik sharoitlarda 
yashashi hamda moslashishlariga ko‘ra to‘rt asosiy guruhga ajratiladi: 
1. Suvda yashovchi (o‘simliklar-gidrofitlar, hayvonlar-gidrofillar). 2. 
Ortiqcha namlikda yashovchilar (gidrofitlar, gigrofitlar). 3. 0 ‘rtacha 
namlikda yashovchi (mezofitlar, mezofillar). 4. Qurg'oqchil sharoitda 
yashovchilar (kserofitlar, kserofillar).
Barcha o‘simliklar suv bilan ta’minlanishi yoki namlik sharoitiga 
moslanishiga ko‘ra 5 ta ekologik guruhga ajratiladi: gidatofitlar, 
gidrofitlar, gigrofitlar, mezofitlar, kserofitlar.
Gidatofitlar - hayoti doimo suvda o‘tuvchi, bu guruhga asosan 
suv o‘tlar kiradi.
Gidrofitlar - tanasining bir qismi suvdan tashqarida, qolgan qismi 
suv qatlamida joylashgan o‘simliklardir. Suv nilufarlari, g ‘ichchak, 
nayzabarg, o‘qbarg va boshqalar shular jumlasidandir.
Gigrofitlar - tuproqda ortiqcha miqdorda namlik yoki suv bo‘lgan 
sharoitda yashovchi o‘simliklardir. Ular daryo va ko‘l bo‘ylari, 
botqoqliklarda, semam o‘rmonlar va boshqa joylarda o ‘sadigan 
o‘simliklardir.
Mezofitlar - o‘rtacha namlik sharoitida yashovchi o‘simliklar 
bo‘lib, ularga ko‘pchilik madaniy va yow oyi holdagi o‘simliklar 
kiradi.
Kserofitlar - qurg‘oqchil sharoitda yashashga moslashgan 
o ‘simliklardir. Dasht, cho‘l va chala cho‘l zonalarida keng tarqalgan 
bu o ‘simliklar o ‘z navbatida 2 guruhga ajratiladi: sklerofitlar va 
sukkulentlar. Sklerofitlar 0 ‘rta Osiyo choilaridauchrasa, sukkulentlar
- tanasida suv saqlovchi kaktuslar hisoblanadi.
Hayvonlar hayotida ham namlik yoki suv muhim rol o‘ynaydi. 
Umuman hayvonlar suvga bo‘ lgan talabini uch xil yo61 bilan qondiradi:
1. Bevosita suv ichish orqali. 2. 0 ‘simliklar bilan ovqatlanish orqali.
3. Metabolizm hodisasi, ya’ni tanasidagi moylar, oqsillar va karbon 
suvlarining parchalanishi orqali.
Suvni bug‘lantirish esa asosan nafas olish, ter lash va siydik yo‘Ii 
orqali bajariladi. Issiq kunlari ayrim sutemizuvchilar suvni haddan 
tashqari ko‘p sarflashlari mumkin. Masalan, inson yoz oylarida, bir 
kunda 10 litrgacha suvni terlash orqali sarflashi mumkin.
41


Moslanishlar ham odatda uch xil bo‘ladi: yurish-turish harakati 
orqali, morfologik va fiziologik moslanish.
Yurish-turish orqali moslanishda hayvonlar, albatta, suvni izlab 
topish, yashaydigan joyni tanlash, in qazib, unda yashash orqali 
moslashadilar.
Morfologik moslanish tanasining ustida chig‘anoqlar, sovutlar, 
qalqon va tangachalar hamda kutikulalar hosil qilish orqali amalga 
oshiriladi. Masalan, shiliqqurt, toshbaqa, kaltakesak, qo‘ng‘izlar ana 
shunday moslashadi.
Fiziologik moslanish esa metabolitik suv hosil qilish orqali 
amalga oshadi. Masalan, odamlar tanasidan vazniga nisbatan 10% 
gacha suv yo‘qotishi mumkin. Undan ortiq suv yo‘qotilsa, organizm 
halok bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar turli hayvonlarda turlicha, masalan, 
tuyalar - 27%, qo‘ylarda - 23%, itlarda - 17%, agar bundan oshsa 
halokat yuz beradi.
Ayrim suvda yashovchi (gidrobiont) hayvonlar suvni yutishi yoki 
filtratsiya qilish orqali yashashga moslashgan. Natij ada suv havzalarida 
biologik tozalanish sodir bo‘ladi. Masalan, lixet, mishanka, astsidiy, 
plankton, qisqichbaqasimonlar, midiyalar bir sutkada 150-280 
m3 suvni tindiradi va tozalaydi. Qurg‘oqchil sharoitda yashovchi 
suvo‘tlari, lishayniklar va moxlar poykilokserofitlar deb atalib, 
ular qurg‘oqchil davrlarda qurib qolib, anabioz holatga o ‘tadilar 
va yog‘ingarchilik bo‘lgan vaqtda yana hayotini tiklab davom 
ettiraveradilar.

Yüklə 40 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin