birlashmasi. Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish maxsus tashkil etilgan yagona savdo tashkiloti orqali amalga oshiriladi.
XX-asr xalqaro sindikatining klassik namunasi De Beers
( 1888 yil tashkil topgan) kompaniyalar guruhi boʻlib, 1980-yillarda jahon olmos savdosining 90 foizini nazorat qilgan. De Beersdan mustaqil olmos qazib oluvchi kompaniyalar o'z mahsulotlarini jahon bozorlarida sotish nuqtai nazaridan ushbu sindikat bilan hamkorlik qilishga majbur bo'ldilar. De Beers olmos bilan mustaqil savdo qilishga urinayotgan korxonalarni bozordan to'liq siqib chiqargan. 2012 yilga kelib De Beersning jahon olmos bozoridagi ulushi 40% ga kamaydi. 2017 yil holatiga ko'ra, De Beers sotilgan olmoslar qiymati bo'yicha yetakchi bo'lib qolmoqda, bozor ulushi qariyb 37 foizni tashkil etadi, undan keyin Rossiyaning ALROSA kompaniyasi (taxminan 27 foiz), uchinchi o'rinni
avstraliyalik Rio Tinto egallaydi. Birgalikda, 2017 yilda bu uch kompaniya dunyodagi olmos ishlab chiqarishning qariyb 70 foizini nazorat qildi.
TREST – ishlab chiqarish vositalari, tijorat yo`lida
birgalikdagi mulkiy egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishidagi birlashmasi.
KONSORSIUM – bir qancha banklar, korxonalar, kompaniyalar, chakana savdo tarmoqlari, ilmiy-texnika markazlari, davlatlarning yirik loyihalarini (konsorts) amalga oshirish bo`yicha shartnoma asosida vaqtinchalik birlashmasi hisoblanadi. Konsortsium a'zolari shartnoma doirasidan tashqarida, shu jumladan manfaatli shartnoma kuchini yo`qotgandan so`ng birgalikdagi faoliyat natijalaridan foydalanishda to'liq mustaqildirlar.
KONSERN — turli sohalardagi kompaniyalarning moliyaviy-sanoat guruhi boʻlib, uni boshqa birlashma shakllaridan ajratib turadi. Masalan, Volkswagen konserni avtomobilsozlik, elektronika, kemasozlik va boshqa sohalardagi korxonalarni o'z ichiga oladi. Ishtirokchilarning huquqiy va iqtisodiy mustaqilligini saqlab qolish xarakterlidir, lekin hukmron moliyaviy tuzilmalarni muvofiqlashtirishni hisobga olgan holda. Odatda, guruh a'zolari nafaqat iqtisodiy salohiyatni, balki bozor strategiyasidagi sa'y-harakatlarni ham birlashtiradi. Konsernning asosiy afzalligi - moliyaviy va boshqa resurslarning kontsentratsiyasi.
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitlarida Oʻzbekistonda 1991-yil oktyabrdan boshlab moddiy ishlab chiqarish bilan bogʻliq tarmoq vazirliklari oʻrnida yirik Konsernlarlar tashkil qilindi ("Oʻzkimyosanoat", "Oʻzdavmashkonsern", "Radioelektrontexasbob", "Oʻzbaliq", "Oʻzavtoyoʻl" va boshqalar).
Monopoliyaning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo‘ladi.
Birinchidan
u ma’lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi.
Ikkinchidan,
monopolist bo‘lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud bo‘ladi. Chunki, uncha yirik bo‘lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko‘ra, ko‘proq joriy daromadga e’tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g‘oyalar raqiblar tomonidan juda tez o‘zlashtirib olinadi va, buning oqibatida, bu g‘oyalarni amalga oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydalanadi.
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihatlarni ko‘rsatish mumkin: