Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Raqobatning usullari
G‘irrom raqobat
Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy usullaridan foydalanish g‘irrom raqobat deb yuritiladi.
Halol raqobat
Raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan iqtisodiy usullarni qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo‘llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi.
Halol raqobatning quyidagi belgilarini ham ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.
• Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – demping narxlarni qo‘llashdir.
Narxsiz raqobat
• raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‘e’tibori hisoblanadi.
Bozor mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor bo‘ladi, agar unda quyidagi shartlar bajarilsa:
sotuvchi va xaridorlar bozorda mahsulot narxi qanday bo‘lsa,
shunday qabul qiladilar va ular narxga ta’sir qila olmaydilar;
bozorga yangi sotuvchilarni kirishi va sotuvchilarni bozordan
sotuvchilar birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab
chiqmaydi;
bozor sub’ektlari bozor to‘g‘risida to‘liq axborot olish
imkoniyatiga ega.
Bunday shartlar bajariladigan bozor mukammal raqobatlashgan bozor hisoblanadi yoki sof raqobatlashgan hamda raqobatlashgan bozor deb qaraladi.
Raqobatlashgan bozorda umumiy daromad firma tomonidan ma’lum miqdordagi ne’matni sotishdan olgan daromadiga teng, ya’ni umumiy daromad sotilgan mahsulot miqdorini uning narxiga ko‘paytmasiga teng: