Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat
ixtiyorida bo’lgan mulk obhektlaridan iborat.
Davlat mulki asosan
ikki yo’l bilan hosil bo’ladi:
1) xususiy mol-mulkning milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o’tkazilishi;
2) davlat mablag’lari hisobidan
korxonalar qurish, davlatga qarashli
korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.
Oilaviy mulk.
Oila ahzolarining mulki oilaviy mulkdir. Bu mulk oila
ahzolarining ehtiyojlarini qondirish, uy-ro’zg’or va yordamchi xo’jalikni
yuritish uchun hamda daromad olish
maqsadida qonunda ruxsat
berilgan, o’zga faoliyat uchun kerakli ishlab chiqarish vositalarini va
istehmol buyumlarini, yaratilgan mahsulotlarni o’z ichiga olishi mumkin.
Mahalla mulki.
Ijtimoiy o’z-o’zini boshqarishning boshlang’ich
bo’g’inlari — mahallalar egalik qiladigan, foydalaniladigan va tasarruf
etadigan mol-mulk, mahalla aholisining birgalikdagi mehnat faoliyati
yoki ularning mushtarak daromadlari, shuningdek mazkur mol-mulkdan
xo’jalik maqsadlarida foydalanishdan kelgan tushumlar, yuridik va
jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, moddiy va xayriya yo’sinidagi
yordamlari, xalq de’utatlari mahalliy Sovetlari beradigan
moddiy va
moliyaviy resurslar asosida vujudga keltirilgan mol-mulkdan iborat.