I.I.BOB Mulkchilik munоsаbatlari
2.1 Oʻzbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yoʻllari va usullari
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
Xar qanday jamiyatning iqtisodiy tuzilishi mulkchilikdan boshlanadi. Ajdodlar
tomonidan yaratilgan ne’matlar albatta mulk shaklida namoyon bo’ladi.
Umuman olganda, mamlakat miqyosida mulk va uning ko’payib borishiga ikki tomondan yondashish mumkin. Odamlarning mulki qancha ko’p bo’lsa, davlat ham shuncha boy bo’ladi yoki aksincha, davlat qancha boy bo’lsa, aholining mulki ham shuncha ko’p bo’ladi, farovon
yashaydi. Deformatsiyalashgan sotsializmda davlat mulkining ustunligi kishilik jamiyati erishgan muhim yutuqlardan biri sifatida talqin etildi.
Bozor iqtisodiyoti, to’g’rirog’i aralash iqtisodiyotning muhim jihati shundaki, u
mulkchilikning biron-bir shakli hukmronligini rad etadi. Unga mulkchilikning uchinchi tipi va muvofiq ravishda turli-tuman shakllari xos bo’lib, mulk masalasining hal etilishi bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish borasidagi barcha tadbirlar tizimini tashkil etar ekan, demak, birinchi navbatda davlat mulk monopoliyasini sindirib, turli mulk shakllarini vujudga keltirishi
zarur. «Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat qiladi»1. Shuning uchun ham eng avvalo, O’zbekistonning asosiy qonuni — Konstitutsiyada jamiyat mulkchilikning turli-tumanligiga asoslanishi, mulk shakllarining teng-ligi e’tirof etilib, huquqiy muhofazasi ta’minlanishi qayd etilgan. Sobiq sotsialistik davlatlarda bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun avvalo, davlatlashtirishdan qaytish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, ya’ni iqtisodiyotni ustun darajada davlat
tomonidan tartibga solishdan bozor mexanizmi orqali tartibga solishga o’tish kerak.
Dostları ilə paylaş: |