Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish yoki davlatlashtirishdan qaytish bu davlatning
iqtisodiy faoliyatdagi hukmronligini, monopol mavqeini sindirib, iqtisodiyotni
boshqarishda yagona davlat mexanizmi o’rniga aralash iqtisodiyotga xos bozor
mexanizmiga keng yo’l berishni ifodalaydi. U mulkni davlat tasarrufidan chiqarishdan
tashqari, davlatning markazlashgan rejalashtirish, narx belgilash, tashqi savdo, valyuta munosabatlari va boshqa iqtisodiy faoliyatdagi yakka hukmronligini keskin qisqartirilishini o’z ichiga oladi. Mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha reja asosida davlatga topshirishdan davlat xaridlariga o’tish. Bunda davlat xaridor sifatida ishlab chiqaruvchini sotish shartlari bo’yicha o’ziga jalb etishi bilan ajralib turadi. Davlat mavjud resurslarni taqsimlovchi funk-tsiyasini yo’qotadi.
Resurslar bozor orqali taqsimlanadi. Davlatning resurslar oqimini o’zgartirishga ta’siri ustun darajada iqtisodiy yo’l bilan amalga oshiriladi. Masalan, soliqlar orqali. Tashqi iqtisodiy faoliyatda ham davlatning monopol mavqei tobora susayib boradi. Davlatning funktsiyasi milliy iqtisodiyotni chet el kompaniyalari bilan muvaffaqiyatli raqobat olib borishi uchun zarur muhit yaratishdan iborat.
Davlatning boshqarishdagi ko’pgina vazifalari korxonalar zimmasiga o’tadi, «gorizontal» xo’jalik aloqalari asosiy o’ringa chiqadi.
Dostları ilə paylaş: |