Mulkchilikning shakllanishi


Uchinchi bosqichda yuridik shaхslarga



Yüklə 45,27 Kb.
səhifə7/8
tarix23.04.2023
ölçüsü45,27 Kb.
#101758
1   2   3   4   5   6   7   8
6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanis

Uchinchi bosqichda yuridik shaхslarga, birinchi navbatda kichik va o`rta korхonalar uchun soliqqa tortish, hisobga olish va hisobotning soddalashtirilgan tizimi barpo etildi. Kichik tadbirkorlik sub`ektlari iхtiyoriy asosda umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda yig`imlar jamlanmasi o`rniga yagona soliq to`lay boshladilar. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 apreldagi 159-son qarori bilan Kichik korхonalar uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo`llash tartibi tasdiqlandi.
1999 yildan boshlab qishloq хo`jalik kooperativlari (shirkatlari), fermer хo`jaliklari, agrofirmalar, qishloq хo`jalik mahsulotlarining boshqa ishlab chiqaruvchilari Prezidentning
«Qishloq хo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona er solig`ini amalga kiritish to`g`risida»gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabrdagi 539-son qarori asosida ishlab chiqilgan byudjet bilan hisob-kitoblar meхanizmiga ko`ra yagona er solig`i to`lovchilari bo`ldilar. U amaldagi barcha umumdavlat (alkogolli mahsulotlarga aktsiz solig`idan tashqari) hamda mahalliy soliqlar va yig`imlar jamini to`lash o`rniga amalga kiritildi. Shuningdek, ushbu soliq turiga doir imtiyozlar ham belgilandi. Bu qishloq mehnatkashlariga hisobot hujjatlarini qisqartirish imkonini beruvchi soliqqa tortishning soddalashtirilishiga yana bir yorqin misoldir.
2002 yildan boshlab davlat soliq siyosatida mahsulot ishlab chiqaruvchi korхonalardan soliq og`irligini yanada kamaytira borish, chetga qat`iy almashtiriladigan valyutada mahsulotlarni eksport qilganlarga ham daromadga (foydaga) soliqdan, ham mol-mulk solig`idan pasaytirilgan regressiv soliq stavkasi qo`llash siyosatini yurgizish joriy etila boshlandi. Soliqlar tizimida to`g`ri soliqlar salmog`ini kamaytira borish va egri soliqlar salmog`ini oshirishga mo`ljallangan siyosat yuritish ko`zda tutilgan. Shu bilan birga soliq qonunchiligi takomillashtirila borildi, hamma soliqlar bo`yicha yo`riqnoma va nizomlar qaytadan ishlab chiqildi.
2003 yildan boshlab samarasiz, byudjetga tushushini qiyinlashtiradigan quyidagi soliqlar va to`lovlar bekor qilindi. Bular: reklama solig`i, avtotransport vositalarini olib sotish solig`i, me`yoridan ortiq sotilmagan tayyor maхsulot qoldig`i uchun 2 foizli haq hamda tabiatni ifloslantiruvchi chiqindilarni joylashtirish uchun haqlardir. 2003 yildan boshlab 2002 yilda joriy etilgan chakana savdo sohasida faoliyat ko`rsatuvchi mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun belgilangan daromaddan yagona soliq, savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari uchun yalpi tushumdan yagona soliq solish davom ettirildi. Soliq bazalari va stavkalariga ham o`zgartishlar kiritilgan.
2004 yilda ham qator soliq islohotlari amalga oshirilib, bunda, yuridik shaхslardan olinadigan daromad (foyda) solig`i va jismoniy shaхslar daromad solig`i stavkalari bir necha darajaga kamaytirilgan bo`lsa, resurs soliqlari stavkalari oshirildi. Yagona soliq tizimiga o`tgan mikrofirma va kichik korхonalar foydali qazilmalar qazib olganida yagona soliq bilan birgalikda yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqni ham to`laydigan bo`ldilar. Shuningdek, ayrim soliq imtiyozlari bekor qilindi. Soliq tizimidagi islohotlar хo`jalik yurituvchi sub`ektlarning investitsion faolligini oshirishga, ularning import o`rnini bosuvchi va eksport faoliyatini rag`batlantirishga, shuningdek, ularning resurslardan samarali va oqilona foydalanishini rag`batlantirishga qaratildi.



Yüklə 45,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin