Page 625 mumkin boʻladi. Oʻyin orqali bolalarda sezgi, idrok, xotira, fikrlash, fantaziya kabi
ruhiy jarayonlar, shuningdek, harakter hislatlari, qobiliyat turlari, temperament (mijoz)
tiplari rivojlanadi. Bolalarning nutqini, muloqotini rivojlantirishda kattalar muhim ro’l
oʻynaydilar. Bu davrdagi bolalar oʻyini ham oʻziga xos boʻladi. Bolalar oʻyinda turli
rollarni oʻynaydilar. Oʻyin qoidalariga rioya qila boshlaydilar [19]. Muloqot shakllari
bola hali guruh boʻlib oʻynamasidan avval, ya’ni oʻz- oʻzi bilan oʻynaganidayoq
shakllanadi. Bu davrda bola oʻyin oʻynaganida koʻproq oʻzining hatti-harakatlariga
ehtibor beradi. Oʻzaro munosabatlar orqali bola boshqa bola bilan muloqotga kirisha
boshlaydi. 4 yoshli bolalar esa koʻproq boshqa bolalar bilan muloqotda boʻlishga
harakat qiladilar. Bu bosqichda bolalar bir-birlari bilan oʻyinchoqlarini almashtiradilar,
bir-birlariga yordam bera boshlaydilar. Hamkorlikda oʻynaladigan oʻyinda bolalar bir-
birlarini tushunishga, bir-birlariga yordam berishga oʻrganadilar. Endi bola oʻzi
oʻynamasdan boshqa bolalar bilan oʻynashga harakat qiladi. Oʻyin oʻynaganda bolalar
koʻpincha boshliq boʻlishga harakat qiladilar. Kim oʻyinni tashkil qilsa u doimo boshliq
boʻlgisi keladi. Shunda konflikt (nizolar) kelib chiqadi [20]. Oʻyindan qoniqmagan bola
“men oʻynamayman, sen bilan,”- deb noroziligini bildiradi. Kichik va oʻrta
maktabgacha yoshdagi bolalarda soʻz boyliklari oʻyin faoliyati orqali ortib boradi.
Mashgʻulotlar orqali bolalarda nutq rivojlanib boradi. Chunki mashgʻulotlarda bolalar
she’r yodlaydilar, ertaklar eshitadilar. Oʻyin vaziyati bolalarda nutq munosabatlarini
rivojlantiradi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar muloqoti : Bola endi maktab yoshiga yetganda
ularning bir-birlariga nisbatan munosabatlari yangicha mazmun kasb etadi. Bola ilgari
ota-onasi, guruhdagi tengdoshlari, tarbiyachi bilan muloqotda boʻlgan boʻlsa, endi
maktab oʻqituvchisi, sinf rahbari bilan ham muloqotda boʻladi.
Bolalarda bu davrda mashuliyat hissi shakllanadi. Shu oʻrinda, bolalarning maktabga
tayyorgarligi masalasiga alohida toʻxtalib oʻtish joiz deb hisoblaymiz. Psixologiyada «7
yosh inqirozi» - deb yuritiladigan inqiroz davri mavjuddir. Bu davr bolaning oʻz
«men»ligini tengdoshlari orasida tasdiqlashi bilan bogʻliq. Bundan tashqari, 7 yoshda
bolaning bilish jarayonlarida (sezgi, idrok, xotira, xayol, diqqat) sifat oʻzgarishlari sodir
boʻladi. Boladagi boʻlinuvchan beqaror diqqat oʻrniga barqaror diqqat shakllana
boshlaydi, xotirasi mustahkamlanadi, tafakkur jarayonlari rivojlanadi. Gohida 6 yoshli
bolada mana shu sifat oʻzgarishlari yuz bermaganligi tufayli ularni maktabga qabul
qilish jarayonida « maktabga tayyor emas», degan xulosa chiqarish mumkin boʻladi
[21-24]. Shu tufayli ota-onalar bolani maktabga berish chogʻida albatta, mutaxassis
maslahatini olishlari maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha yoshning yettinchi yilida
bilan muomala uslubini pedagog bolalar xulq atvoridagi oʻziga xos jihatlar, uning oʻz
tengdoshlari va kattalar bilan oʻzaro muloqotga kirisha olish malakalariga qarab
tanlaydi ,tengdoshlari orasida jamoa bilan muloqot qilish jarayonida turli darajadagi
qiyinchiliklarni his qiladigan oʻquvchilar bor: gipermuloqotchan (sergap) bolalar; sinf-