Page 626 dars holatidan qoʻrqadigan bolalar; javob berishga uyaladigan, shuning uchun hech
narsani bilmaydigan yoki quloq solmayotgan oʻquvchi boʻlib koʻrinadigan bolalar.
Ularning har biriga nisbatan oʻqituvchi sabr-toqat va xayrixohlik bilan turli xilda
yondashishi kerak boʻladi.Tarbiyachi pedagogning tarbiyalanuvchilari bilan avtoritar
uslubda ish olib borishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi, unga nisbatan mehribonlik bilan ijobiy
munosabatda boʻlishi oʻta muhimdir.Tarbiyachining bolaga munosabati faqat uning
aniq muvaffaqiyati evaziga boʻlmasligi kerak [25]. Bolalar nutqining oʻsishida ularning
maktabda oʻqishi katta rol oʻynaydi. Bola maktabgacha yoshda oʻylamasdan gapiradi,
maktabda esa bola gaplashayotgan til oʻqitiladigan va oʻrganiladigan ilm boʻlib qoladi.
Grammatikani oʻqib oʻrganish jarayonida bola nutqining fonetik jihati toʻgʻri boʻlib
boradi, nutqning sintaksis tuzilishi takomillashadi. Maktabda oʻqitilayotgan hamma
fanlarni oʻrganish jarayonida oʻquvchi nutqining lugʻati boyiydi, soʻzlarning mazmuni
chuqurlashadi va kengayadi [26]. Bolalarning yozma nutqni egallashlari ular nutqining
oʻsishida muhim bosqich boʻladi. Bola oʻz fikrlarini yozma nutqda bayon qilishga
harakat qiladi. Oʻquvchi oʻqituvchining topshirigʻiga binoan yozma ishlar
bajarayotganda oʻzining shu ishiga baho berilishini, oʻz fikrining qanday til bilan bayon
qilinganiga qarab baho berilishini oldindan bilib turadi. Oʻquvchi maktabda berilgan
topshiriqni tayyorlash vaqtida shu topshiriqni oʻziga - oʻzi gapirib berishni mashq qilib
turishi oʻquvchi nutqining oʻsishiga katta tahsir qiladi. Bolalar nutqining oʻsishida
tarbiyachining nutqi katta ro’l oʻynaydi, chunki uning nutqi bolalar uchun namunali
nutq hisoblanadi [27-30].
Xulosa qilib aytganda pedagoglar bolalarga kichik maktab yoshidan boshlab turli
muloqot shakllarini qo’llagan holda ogʻzaki va yozma nutqni oʻstirish bilan birga nutq
madaniyatini va muloqotga kirishishni ham oʻrgatib borishlari zarur hisoblanadi .
REFERENCES [1] Sh.M.Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‘taramiz. – Toshkent: ―O‘zbekiston‖. 2017 y.
[2]G’oziev E. Psixologiya: (Yosh davrlari psixologiyasi). Pedagogik institutlar va
universitetlarning talabalari uchun oʻquv qoʻllanma. – T.: Oʻqituvchi, 1994.- 224 b.
[3] Maslow A.H. Synergy in the society and in the individual, J. Individ// ‘sychol.,
1964, 20, 153-164.
[4] Reklen M. Les ‘roblemes de ‘sychologies. – ‘aris, 1994.
[5] Хатамова, Д. А. (2010). Проблемы идентификации и эквивалентности
литературоведческих терминов (на материале русско-узбекской терминологии):
Автореф. дисс. канд. филол. наук.
[6] Khatamova, D. A. (2019). Sphere of reception of the term “artistic image”.
A young scientist. Kazan ,
45 , 283.