Muloqot shakllari



Yüklə 84,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix21.12.2023
ölçüsü84,87 Kb.
#188711
1   2   3   4   5   6   7
maktabgacha-bo-lgan-yosh-davrlarida-bolalar-bilan-muloqot-shakllari (2)

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 623
oshiriladi. Bola qoʻlga olinganda aloqa bogʻlanadi, qayta qoʻyilganda esa aloqa uziladi, 
u yigʻlay boshlaydi [5]. Olimlarning ta’kidlashlaricha bola psixologik jihatdan 
me’yorida rivojlanishi uchun ona uni kun davomida kamida 30-35 marotaba qoʻlga 
olishi kerak ekan. Shuni aytish joizki, aynan onaning bolaga qoʻl tekkizib turishiga 
boʻlgan ehtiyoj butun umr davomida saqlanib qoladi va tarbiya vositalaridan biri 
sifatida ehtirof etiladi. Mutaxassislar vaqti – vaqti bilan bolaning boshini silash yoki 
yelkasidan qoqib qoʻyish u bilan boʻladigan ishonchli muloqotni ta’minlab turuvchi 
vosita ekanligini ehtirof etishadi. Millatimizda bu tajriba azaldan ma’lum boʻlgan, keksa 
avlod vakillari boʻlgan otaxonlarimiz, ayniqsa buvijonlarimiz farzand bilan muloqotda 
albatta bu qoidaga amal qilishgan [6-10]. Bola predmetlarga boʻlgan qiziqishini avvalo 
kattalarga murojaati orqali bildiradi. Kerakli yordamni nutqni qoʻllash orqali oladi. Bu 
yerda kattalar bolaga qanday talablar qoʻyishlari muhim oʻrin tutadi. Kattalar agar bola 
bilan kam muloqotda boʻlsalar, uning nutqi rivojlanishdan orqada qolishi mumkin. 
Muloqotga boʻlgan ehtiyoj bolada oʻz-oʻzidan rivojlanmaydi, balki predmet faoliyati 
boʻyicha kattalarning muloqoti orqali oʻsadi.Kattalar tomonidan boʻladigan toʻgʻri 
muloqot chaqaloqda muloqotga boʻlgan ehtiyojni shakllantiradi. Bolaning muloqoti 
reaktiv (passiv) yoki aktiv (faol) shaklda boʻladi [11]. Bolaning kattalar bilan qiladigan 
muloqoti dastlab kattalarning yuziga va koʻzlariga qarashdan boshlanadi. Bir yarim-ikki 
oylikda bola kattalarning jilmayishiga oʻzining kulgusi bilan javob qaytaradi. Ilk bolalik 
davrida nutqning rivojlanishi ikki xil yoʻl orqali amalga oshiriladi: kattalar nutqini 
tushunishi hamda bolaning shaxsiy faol nutqi shakllanishi orqali. Bola bilan onaning 
muloqoti faqatgina soʻzlar bilan emas, balki mimika, imo-ishora, pantomimika, ohang 
va vaziyat kabilar orqali amalga oshiriladi. Bular harakatga signal boʻlib xizmat qiladi. 
Bola 3 yoshgacha atrofidagi narsalarni ushlab koʻrib, ogʻziga solib, ochib oʻrgansa, 
unda nutq paydo boʻlgandan keyin bilimlarni egallash jarayoni yanada tezroq, 
samaraliroq kecha boshlaydi. Dunyoda qoʻl bilan ushlab boʻlmaydigan, koʻz bilan 
koʻrib boʻlmaydigan soʻz va iboralar borki uni faqat “ikkinchi signallar tizimi” 
hisoblangan nutq orqaligina tushunish mumkin. (Rus psixolog olimi A. Pavlovning 
“ikkinchi signallar tizimi” boʻyicha tadqiqotlarining asosiy mohiyati shundaki
predmetdan kelayotgan signal “birinchi signal” boʻlsa, soʻz orqali oʻsha predmetning 
obrazini tasavvur qilish orqali “ikkinchi signal” yaratiladi. Masalan, olmani koʻrganda u 
haqidagi tasavvur ongimizda namoyon boʻlgani kabi, “qipqizil olma” degan soʻzlar ham 
ongimizda xuddi shu tasavvurni paydo qiladi).Olimlar bu davrni “savollar davri” deb 
atashadi. Har tomonlama sogʻlom rivojlanayotgan bola albatta savol berishi lozim. 
Xoʻsh, savol tugʻiladi: moboda bola savol bermasa-chi? Mutaxassislar fikricha, agar 
bola savol bermasa, tarbiyachilarning oʻzi savol bera boshlashi zarur ekan. Bola qachon 
savol beradi? Agar u muammoga, jumboqqa duch kelsa. Faylasuflardan biri: “bolaning 
aqliy rivojlanishi savol berish va hayratlanishdan boshlanadi”, – degan ekan [12-
15].Lekin aynan shu joyda tarbiyadagi ikkinchi muammo boshlanadi, ya’ni savolga 



Yüklə 84,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin