SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 622
MAKTABGACHA BO’LGAN YOSH DAVRLARIDA BOLALAR BILAN
MULOQOT SHAKLLARI
Gulbahor Zafarboyevna Eshbekova
Jizzax davlat pedagogika instituti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir xususiyatlari va
ular bilan muloqotni tashkil etish shakllari haqida bayon etilgan.Maqola MTT
pedagoglari va talabalar va ota-onalar uchun mo’ljallangan.
Kalit so`zlar:
maktabgacha yosh, muloqot, verbal,
noverbal muloqot,
ijtimoiylashuv.
FORMS OF COMMUNICATION WITH CHILDREN IN PRESCHOOL
Gulbahor Zafarboevna Eshbekova
Jizzakh State
Pedagogical Institute
ABSTRACT
This article describes the age characteristics of preschool children and forms of
communication with them. The article is intended for teachers of MTT and students and
parents.
Keywords:
preschool age, communication, verbal,
nonverbal communication,
socialization.
“Biz ta’lim-tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon
talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb
bilamiz”
1
Tabiatda inson bolasigina ojiz va kattalarning gʻamxoʻrligiga muhtoj boʻlib
tugʻiladi. Lekin inson farzandiga berilgan eng katta imkoniyat bu uning oʻrganishga
boʻlgan ehtiyojidir [1-4].
Aytish mumkinki, odam bolasi oʻrganishga “dasturlangan”
holda tugʻiladi. Shu tufayli qisqa vaqt ichida u juda koʻp bilimlarni oʻzlashtiradi.
Hozirgi kunga kelib aksariyat tugilgan bolalarda quyidagi kabi xususiyatlar ko’plab
kuzatilmoqda; an`anaviy tarbiya
vositalarini qabul qilmaslik; intuitsiyaning, xavf
hissining rivojlanganligi; raqamli texnologiyalarni tez oʻzlashtirishga boʻlgan qobiliyat.
2
Chaqaloqlik davrida kattalar bilan muloqot bevosita bolani qoʻlga olish orqali amalga
1
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. –
Toshkent: “O’zbekiston”. 2017 y.
2
Википедия. ru.wikipedia.org…