Muloqot shakllari



Yüklə 84,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix21.12.2023
ölçüsü84,87 Kb.
#188711
1   2   3   4   5   6   7
maktabgacha-bo-lgan-yosh-davrlarida-bolalar-bilan-muloqot-shakllari (2)

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 624
javob beruvchi tarbiyachilarning bilim darajasi, saviyasi. Bola savolga qanchalik aniq, 
mukammal javob olsa, uning dunyoqarashi shunchalik keng rivojlanadi. Shuning uchun, 
ota-ona hamda tarbiyachilar barcha fanlar yuzasidan toʻlaqonli bilimlarga ega 
boʻlishlari lozim. 3 yoshga toʻlganda bola kattalar bilan munosabatlarga bemalol nutq 
orqali kirisha oladi. Bu yoshdagi bolalar hamma kiyimini oʻzi kiyishga harakat qiladi. 
Oʻz ehtiyojlarini soʻzlar orqali bayon qila oladi. Chunki nutqni toʻla egallaydi. Bola 
kattalarning koʻrsatmasiga binoan hatti - harakatlarini toʻgʻri yoʻnaltirishga oʻrganadi. 
U kattalarning oʻzaro muloqotini jon qulogʻi bilan eshitadi, tushunishga harakat qiladi. 
Bu davrda bolalar ertak, hikoya, shehrlarni eshitishni juda yaxshi koʻradi [16]. Bu 
bolaning tashqi olamni bilishiga katta tahsir koʻrsatadi. Bola ijtimoiylashuv jarayonida 
turli tahsirlarni (shu jumladan tarbiyaviy tahsirni) passiv holda holda qabul qilmaydi, 
balki, sekin-asta ijtimoiy tahsirning obhektidan uning faol subhektiga aylanib boradi. 
Bolalik davrida insonning oʻzligi shakllanadi, oʻzi haqidagi tasavvuriga poydevor 
qoʻyiladi. Bola oʻzida ehtiyojlar mavjudligi tufayli faollik koʻrsatadi, tarbiyaviy 
jarayonda ushbu ehtiyojlarni hisobga olinishi bolada faollikni rivojlanishiga yordam 
beradi.Bordi-yu tarbiyachilar oʻz «tarbiyaviy faoliyatlarini» amalga oshirishlari uchun 
bola faolligini cheklashga harakat qilib, uni doimo «tinch oʻtirish»ga majbur qilsalar, bu 
bilan ular har tomonlama yetuk, uygʻun tarzda rivojlangan shaxsni emas, balki ijtimoiy 
moslashuvga qobiliyatsiz, nochor va passiv shaxsni shakllantirishga muvoffaq 
boʻladilar. Bola faolligining doimiy boʻgʻilishi natijasida u ijtimoiy munosabatlarga 
moslasha olmaydigan, asabiy boʻlib shakllanadi yoki (mahlum individual 
xususiyatlarga, masalan, kuchli asab tizimi tipiga ega boʻlganda) faollik turli muqobil 
yoʻllar orqali yuzaga chiqadi(masalan, nima man etilgan boʻlsa, shuni yashirin amalga 
oshirishga harakat qiladi). Bola ulgʻayar ekan, maktabda unga singdirilayotgan baho 
mehzonlari (jamiyatda qabul qilingan normalar, qoidalar) koʻchada oʻrtoqlari bilan 
muomalada qabul qilingan baho me’zonlaridan keskin farq qilsa, bu uning shaxsiyatida 
ichki ziddiyatlar paydo boʻlishiga olib keladi [17]. Ota-ona va bolalar munosabati 
oʻzaro muloqot asosida quriladi.Kichik yoshdagi bolalar bilan boʻlgan muloqotda 
uchraydigan kamchiliklardan yana biri, bolaning kattalar tiliga emas, balki kattalarning 
bola tiliga taqlid qilishidir. Ayrim ota – onalar ataylab tillarini chuchitib, bola nutqiga 
moslashadi. Bu narsa bolalar nutqida turli defektlar paydo boʻlishiga olib kelishi 
mumkin. 3 yoshli bolalarda birinchi “inqiroz” davri boshlanadi. Bunda bola oʻz 
“men”ligini oilada tasdiqlashi zarur. Bu davrda bolalarda «hamma ishni oʻzim 
qilaman», “men oʻzim”, - degan tushunchalar shakllanadi. Ular qaysar, injiq boʻlib 
qoladilar. Ota-onalar bu yoshdagi bolalarga tarbiya berishda undagi bu xususiyatlarni 
hisobga olishlari lozim [18]. Bolalarning yetakchi faoliyati maktabgacha davrda oʻyin 
boʻlib hisoblanadi. Kattalar oʻyinchoqlar tilidan bola bilan muloqotda boʻlishlari muhim 
ahamiyatga ega. 9 oylik bolalarga endi oʻyinchoqdan tashqari qogʻoz, qalam ham berish 
kerak. Shunda bola yozma nutqning rasmlar chizish elementlarini shakllantirish 



Yüklə 84,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin