Muloqot tushunchasi. Muloqot1



Yüklə 15,59 Kb.
tarix06.06.2023
ölçüsü15,59 Kb.
#125821
1 (2)


  1. Muloqot tushunchasi. Muloqot1bu kishilarning o‘zaro bevosita yoki bilvosida uchrashishi, ko‘rishishi, qabul qilishi orqali o‘rnatiladigan munosabatlari natijasida axborotlar almashadigan, olingan ma’lumotlar bo‘yicha tegishli xulosalar chiqarishga asos bo‘ladigan ko‘p qirrali jarayondir.

Shunga ko‘ra,muloqot jarayoni quyidagilarni:
– individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni;
– individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni;
– bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
– bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni;
– bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
– shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayonini o‘z ichiga qamrab oladi.
Xalq bilan bo‘ladigan muloqot turlari. Kasbiy soha xodimlarining bevosita xalq bilan bo‘ladigan muloqot turlariga quyidagilar: 1) bevosita; 2) bilvosita; 3) rolli; 4) mazmunli; 5) rasmiy; 6) norasmiy muloqat shakllari kiradi.
Bunda:
1. Bevosita muloqot «yuzma-yuz» suhbat bo‘lib, uning har bir ishtirokchisi idrok qiladi, aloqa qiladi va hamma mavjud vositalarni keng qo‘llaydi.
2. Bilvosita muloqot ham aloqa vositasi bo‘lib, unda shaxslar, aloqa vositalari va mexanizmlar ishtirok etadi (masalan: telegraf,telefon orqali gaplashish).
3. Rolli muloqot bu odamlar tomonidan ijtimoiy rollar orqali amalga oshiriladi. Masalan, davolovchi va davolanuvchi o‘rtasidagi muloqot rollidir.
4. Mazmunli muloqot bu individning boshqa shaxsga o‘z holati, kayfiyati, xohishini mimika, harakat, imo-ishora orqali bildirishidir.
5. Rasmiy muloqot yuridik kuchga ega bo‘lib, davlat va jamiyat manfaatini ko‘zlagan hamda qayd etiladigan muloqot turidir.
6. Norasmiy muloqot bu shaxslararo o‘zaro muloqot jarayonida o‘zini qiziqtirgan u yoki bu ma’lumotga ega bo‘lish hisoblanadi.



1“Мулоқот” арабча сўз бўлиб, ўзбек тилида «учрашиш», «кўришиш»; «қабул қилиш» деган маъноларни англатади//Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Ж.2. –Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006. – Б.636.

Yüklə 15,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin