ijtimoiy yo'naltirilgan (keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan muloqot);
guruhdagi predmetga yo'naltirilgan (o'zaro hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish mobaynidagi muloqot — mehnat, ta'lim jarayonidagi yoki konkret topshiriqni bajarish jarayonida guruh a'zolarining muloqoti);
shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o'z muammolarini ochish maqsadida o'rnatgan munosabatlari); pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o'rtasida amalga oshiriladigan murakkab o'zaro ta'sir jarayoni) turlari farqlanadi.
) muloqotning psixologik tizimi va vazifalari
G.M. Andreeva muloqotning quyidagi psixologik tuzilishini taklif etadi:
1. Muloqotning kommunikativ tomoni (ya'ni muloqotga kirishuvchilar o'rtasidagi ma'lumotlar almashinuvi jarayoni).
2. Muloqotning interaktiv tomoni (ya'ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning xulq-atvorlariga ta'sir jarayoni).
3. Muloqotning perseptiv tomoni (ya'ni muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog'lik bo'lgan murakkab psixologik jarayon).
Muloqot funktsiyalari
Masalan, taniqli rus olimi B.F. Lomov muloqotning funktsiyalariga quyidagilarni kiritadi:
a) ma'lumotlar almashinuvi funktsiyasi;
b) xulq-atvorni boshqaruv funktsiyasi;
v) hissiyotlar almashinuvi.
o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot
Izlanishlarning ko'rsatishiga pedagogning o'quvchilarga nisbatan bo'lgan ijobiy munosabati, ularga tiniq, bosiq tonda murojaat qilishi o'quvchilarda erkinlikni his qilishda yordam beradi.
O'quvchilarga noto'g'ri munosabatda bo'lish ularda ishonchsizlik kam gap bo'lishiga, o'quvchilarda laganbardolik kabi yomon fazilatlar shakllanishiga olib keladi