JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS http://www.newjournal.org/
Volume–27_Issue-6_April_2023 149 14. Mimika(Yuzdagi jilmayish va boshqa harakatlar)
15. Ekstralingvistika
(yigi kulgu yotal, xorsinish)
16. Tovush belgilari(hmm, eee, uxxx)
17. Pauza (pauza qilish, muloqotdan saqlanish)
18.Lokomatsiya(oqlanish, bazor qadam bosish )
4
Noverbal muloqotning imo ishorala orqali yetkazilishi muhum usullardan biridur.
Eng sodda imo-ishoralar qo’l silkitish, qo’l bilan ishora qilish hamda sonli miqdorlarni
ko’rsatishda barmoqlardan foydalanish bo’lib, boshqa imo-ishoralar ixtiyoriy yoki
ma’lum madaniyatga tegishli bo’lishi mumkin. Sud zali sharoitida, advokat boshqa bir
advokatning dalillari zerikarli ekanligini bildirishda soatiga qarashi yoki guvoh
tomonidan berilayotgan dalillarning ishonchliligiga mensimaslikni ko’zini har tomonga
aylantirish orqali ko’rsatishi mumkin.Bu kabi noverbal aloqa usullari kuchli va
ta’sirchan ekanligini inobatga olib, ba’zi sudyalar sud jarayonida qaysi noverbal
harakatlar ishlatilishi mumkinligiga cheklovlar qo’yadi.
Proksemika, bu suxbatdosh bilan bo’ladigan oraliq masofa. Odamlar ko’pincha
“shaxsiy makon” ga bo’lgan ehtiyojlariga murojaat etishadi, bu ham noverbal aloqaning
muhim turidir.Masalan, odamlar bilan tasodifiy suhbat chog’ida zarur bo’lgan shaxsiy
maydon hajmi odatda 46 sm dan 1 metrgacha farq qiladi. Boshqa tomondan, ko’pchilik
bilan gaplashganda shaxsiy masofa 3 metrdan 4 metrgacha farqlanadi.
Tashqi ko’rinishga ta’sir etuvchi boshqa omillar ham norverbal aloqa vositasi
hisoblanadi. Tadqiqotchilar tashqi ko’rinish odamlarning qanday qabul qilinishida va
hatto qancha pul topishlarida muhim rol o’ynashi mumkinligini aniqladilar. 1996 yilda
o’tkazilgan bir tadqiqot shuni ko’rsatdiki, hamkasblaridan ko’ra ko’proq yoqimtoy deb
baxolangan advokatlar 15 foiz ko’proq ish haqqi olishgan.Madaniyat qiyofalarning qay
tariqa baholanishida ahamiyatli o’ringa ega. G’arb madaniyatida ozg’inlikning
qadrlanish ehtimolligi ko’proq bo’lsa, ba’zi Afrika madaniyatlari to’lachadan
kelganlikka sog’lom va ijtimoiy ahvoli yaxshiroq deb qaraladi.
Yuz ifodalari noverbal muloqotning juda katta hissasiga to’g’ri keladi Birgina
tabassum yoki qovoq solish bilan qanchadan-qancha ma’lumot yetkazib berilishi
mumkinligi haqida bir o’ylab ko’raylik. Kishi yuzini, odatda, uning so’zlarini
eshitishdan ancha oldin payqaymiz.Noverbal muloqot va xatti-harakatlar madaniyatlar
o’rtasida keskin farq qilishiga qaramasdan quvonch, qayg’u, jahl va qo’rquvni
ifodalovchi yuz ifodalari dunyoning turli burchaklarida yashovchi insonlar uchun bir
xildir.
5
4
Kurbanov M.A. Paralingvistika/Oquv qollanma.-Andijon: STEP BY PRINT Mchj, 2021.-217b 5