Multidisciplinary scientific research, modern views and scientific research



Yüklə 366,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix07.05.2023
ölçüsü366,11 Kb.
#109133
1   2   3   4
Xakimov Bunyod Turanazarovich


PART 1, 07.02.2022
www.interonconf.com
sud birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan moddiy huquq normalari 
to‘g‘ri qo‘llanilganligini va protsessual qonun talablariga rioya etilganligini ishdagi 
materiallar bo‘yicha tekshiradi. Ya’ni kassatsiya instansiyasida sudya ishni mazmunan ko’rib 
chiqmaydi. Yangi dalillarni o’rganishga va yangi faktlarni aniqlash huquqiga ega emas. Ishni 
ko’rib chiqish natijalari bo’yicha sudya kassatsiya shikoyatini qanoatlantirmaslik, sud 
hujjatlarini qisman yoki to’liq bekor qilish va yangi qaror qabul qilish, sud hujjatini 
o’zgartirish, sud hujjatlarini bekor qilish va ishni yangidan ko’rish uchun sud hujjati bekor 
qilingan sudga yuborish vakolatiga ega.
Yuqorida O’zbekiston Respublikasi protsessual qonunchiligi asosida kassatsiya 
instansiyasida ishlarni ko’rib chiqish tartibi qisqacha bayon qilindi.Endi esa, ushbu 
institutning maqsad va vazifalari, ahamiyati haqida qisqacha to’xtalib o’tiladi. Har qanday 
huquq tizimida Oliy Sud faoliyatidan quyidagi ikkita maqsadi ko’zlanadi. Bular birinchisi – 
individual maqsad bo’lsa, ikkinchisi – ommaviy maqsaddir. Oliy sudning individual maqsadi 
yutqazgan tarafning ishni yuqori sud tomonidan qayta ko’rib chiqilishiga bo’lgan tabiiy 
xohishiga javob beradi. Ommaviy maqsadi esa, quyi sudlar faoliyatini nazorat qilish, 
huquqni qo’llash amaliyotini yagonalashtirish hamda huquqni rivojlantirishni ko’zlaydi. 
Hozirgi kunda ushbu ommaviy maqsadining ahamiyati kattadir. Chunki huquqiy davlat 
tamoyili o’xshash ishlarning bir xil huquq mezonlari asosida hal qilinishini hamda ushbu 
mezonlarning oldindan ma’lum bo’lishini talab qiladi.
Ishlarni Oliy sudda oxirgi instansiya sifatida ko’rish ham ma’lum bir darajada 
yuqoridagi ikkita maqsadga xizmat qiladi. Qachonki Oliy sud ishni qayta ko’rib 
chiqayotganda, quyi sudlar tomonidan huquqni qo’llashdagi xatoliklarni to’g’rilashni 
maqsad qiladi. Shu vaqtning o’zida Oliy sud keng jamoatchilikka bundan keyin huquqni 
qanday qo’llash kerakligi to’g’risida axborot bilan ham ta’minlaydi. 
Barcha huquq tizimlaridagi Oliy Sudning asosiy muammolaridan biri - bu ko’rib 
chiqilishi kerak bo’lgan ishlarning ko’pligi bilan bog’liqdir. Ya’ni, ishlarni o’z vaqtida ko’rib 
chiqishning imkoni yo’qligi hamda asossiz ravishda qoldirilishi hamda Oliy Sud tomonidan 
odil sudlovni sifatli amalga oshirish bilan bog’liq muammolar shular jumlasidandir. Ushbu 
muammolarga yechim sifatida ikki xil yo’nalish aytib o’tiladi. Birinchisi, Oliy Sudning yanada 
ko’proq ishlarni ko’rib chiqish imkoniyatinin oshirish, ikkinchisi esa ko’riladigan ishlar sonini 
kamaytirishga qaratilgan yo’nalishdagi yechimlardir. Oliy Sudlar tomonidan ushbu ikki 
yo’nalishdagi yechimning qaysi birini tanlash bir necha faktorlarga bog’liq. Xususan, ishlarni 
ko’pligi muammosini qanday tushunish, Oliy Sudning maqsadi haqidagi milliy nazariyalar, 
sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish huquqiga alohida urg’u berish, byudjet bilan bog’liq 
cheklovlar, huquq normalarining qat’iyligi kabi faktorlar yuqoridagi ikki xil yechimdan qaysi 
biriga urg’u berishga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Oliy sud – sud tizimining markazida joylashgan, mamlakat doirasida huquqiy 
masalalar bo’yicha so’nggi qarorni chiqaruvchi sud bo’lib, turli maqsadlarga xizmat qiladi. 
Huquq ustivorligi tamoyili qonunlarni barchaga bir xil ravishda qo’llashni talab qiladi. Oliy 
Sud huquqni sharhlashda quyi sudlar uchun bir mayoq vazifasini bajaradi. Oliy Sudning 


UKRAINIAN SCIENTIFIC ONLINE CONFERENCE: 
“MULTIDISCIPLINARY
SCIENTIFIC RESEARCH, MODERN VIEWS AND SCIENTIFIC RESEARCH”
3
Yüklə 366,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin