Multimedia vositalari va ulardan foydalanish


Distant(masofa) uslubi asosida oʻquvchilarni oʻqitish



Yüklə 8,97 Mb.
səhifə2/8
tarix10.09.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#142476
1   2   3   4   5   6   7   8
4-ma\'ruza

Distant(masofa) uslubi asosida oʻquvchilarni oʻqitish
Distant uslubi asosida oʻquvchilarni oʻqitish xozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan yoʻnalishlaridan boʻlib, oʻqituvchi bilan oʻquvchilar ma’lum bir masofada joylashgan holda ta’­lim berish tizimidir. Oʻqituvchi va oʻquvchining ma’lum bir ma­sofada joylashganligi, oʻqituvchini dars jarayonida kompyuterlar, sputnik aloqasi, kabel televideniyesi kabi vositalar asosida oʻquv ishlarini tashkil qilishini talab qiladi. Zamo­naviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlan ib borishi, ayniqsa, axborotlarni oʻzatish kanallarini rivojlanishi te­lekommunikatsiya sohasiga oʻziga xos tarixiy oʻzgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha oʻquv yurtlarini va biznes bi­lan shug’ullanayotgan kompaniyalarni distant uslubi asosida birlashtirilsa, oʻqitish jarayonini va tijorat ishlarini yanada yuqori pog’onaga olib chiqadi.
Distant uslubi asosida oʻqitish quyidagi texnologiyalarni oʻz ichiga oladi:

Interaktiv texnologiyalar:
- audiokonferensiyalar ;
- videokonferensiyalar ;
- ish stolidagi videokonferensiyalar ;
- elektron konferensiyalar ;
- ovoz kommunikatsiyalari ;
- ikki tomonlama sputnik aloqa ;
- virtual borliq ;
Nointeraktiv texnologiyalar:
- bosib chiqarilgan materiallar;
- audiokassetalar;
- videokassetalar;
- bir tomonlama sputnik aloqa;
- televizion va radio koʻrsatuvlari;
- disketa va CD-ROM lar
.
Avvalombor, distant uslubi asosida oʻqitish, jugrofiy jihatdan uzoqda joylashgan maktablar va akademik ta’lim uchun moʻljallangan edi. Lekin, zamonaviy axborotlar va telekommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi tabiiy ta’lim-tarbiya jarayonini uzoq masofadan turib amalga oshirishga yoʻl ochib berdi. Natijada distant uslubi asosida oʻqitish, tez vaqt ichida koʻpgina maktablarda, tijoratchilar ichida va ishlab chiqarish korxonalarida keng qoʻllanila boshladi va oʻqitishda yangi uslublarni qoʻllashga yana bir turtki boʻldi. Distant uslubi asosida oʻqitishning Xalqaro kengashining tahlillari shuni koʻrsatmoqdaki, xozirgi kunda jahonda 10 milliondan ortiq talabalar shu uslub asosida ta’lim olishmoqda. AQSH da shu uslub asosida oʻqitish maqsadida yangi oʻquv markazlari barpo etilmoqda. Shunday qilib, ular milliy kadrlarni zamon talabi asosida tayyorlash va qayta tayyorlash uchun olga qadam qoʻyishmoqda.
Distant uslubining qoʻyidagi afzalliklari mavjuddir:
a) oʻqitishning ijodiy muxiti. Mavjud koʻpgina uslublar aso­sida oʻqituvchi ilm tolibini oʻqitadi, oʻquvchi esa faqat berilgan materialni oʻqiydi. Taklif qilinayotgan distant metodi asosi­da esa oʻquvchilarning oʻzlari kompyuterlar asosida axborotlar bankidan kerak boʻlgan ma’lumotlarni qidirib topadi va albatta oʻzlarining tajribalarini boshqalar bilan elektron tarmoqlari asosida almashadi. Bu esa oʻquvchilarni boshqalar bilan yaxshi muloqotda boʻlishini ta’minlaydi va oʻz oʻrnida bunday mexnat ta’lim olishni rag’batlantiradi.
b) mustaqil ta’lim olishning imkoniyati borligi. Distant uslubi asosida ta’lim berish - boshlangich, oʻrta, universitet, sirtqi - kechki va malaka oshirish bosqichlarini oʻz ichiga oladi. Tayyorgarligi har xil darajadagi inspektorlar oʻzlarining shaxsiy dars jadvallari asosida ishlashlari mumkin va oʻzining darajasidagi talabalar bilan muloqotda boʻlishi mumkin.
v) ish joyidagi katta oʻzgarishlar. Distant uslubi asosida ta’lim berish turi millionlab insonlarga, hammadan xam ish­lab chiqarishdan ajralmasdan ta’lim olayotganlar uchun qulay sharoit yaratib beradi. Bunday uslub asosida oʻqitish kadrlarni tayyorlashda judayam katta roʻl oʻynamoqda, ya’ni jug’rofiy va moliyaviy qiyinchiliklarsiz oʻzining ishlab turgan oʻrnida ilm opishi mumkindir.
g) oʻqitish va ta’lim olishning yangi va unumli vositasi. Stati­stik ma’lumotlar shuni koʻrsatmokdaki, distant uslubi asosida ta’lim berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqish kabi unumlidir. Bundan tashqari, distant uslubi asosida ta’lim olish universitet tomonidan qoʻyilgan chegaradan ham chetga chiqib ketadi. Bunday asosda ta’lim olayotgan talabalar yoki oʻquvchilarning boshqalardan ustunligi - ularning eng yaxshi, sifatli materiallar va oʻqituvchilar bilan ta’minlanishidir. Ta’lim berish va boshqarish uslubiyotiga asoslangan holda, oʻqituvchi auditoriyada oʻqitish shartlaridan xoli boʻlishi kerakdir. Distant uslubi asosida oʻqitishning oʻquv qoidalaridan kelib chiqsak, soliq, inspektorlari INTERNET turi orqali jaxon boʻyicha sayyohat qilishlari mumkin. Shu bilan birga, ta’lim berish uslubining oʻzgarishi bilan uning shakllari ham oʻzgarishi shartdir.
Xozirgi kunda toʻg’ridan-toʻg’riINTERNET tarmog’ig’a kirish xizmati distant uslubi asosida ta’lim berish uchun elektron pochtalar, kompyuter konferensiyalari va ma’lumotlarning elekt­ron bazasida foydalaniladi. Axborotlashgan tezkor kanalning rivojlanishi yangi gipermedia tizimini berib, u oʻz ichida IN­TERNET tarmog’iga kirishning uchta asosiy xizmatini mujassamlashtiradi va foydalanuvchining interfeysini (muloqoti) yanada takomillashtirishga yordam beradi. Masalan, maltikast texnologiyalarining, konferensiya vositalarining va multimedia kompyuterlarining mavjudligi INTERNET tarmog’i orqali video-konferensiyalarni yulga qoʻyishga imkoniyat berdi. Shunday qilib, bunday gigant axborotlashgan tarmoq oʻquvchilarning distant us­lubi asosida zamonaviy bilim olishlari uchun vaqti yoki qayerda turganligiga qaramasdan keng sharoit yaratib beradi.Bugungi kunda matnlar va matematik formulalarni qayta ishlash uchun odatiy tusga aylangan tovush va tasvirning kompyuterli qayta ishlash imkoniyatining paydo boʻlishi, shubxasiz, butun insoniyat faoliyatiga ta’sir koʻrsatadi. Multimediali tizimlarni koʻrish uchun foydalanilayotgan kompyuterning hisoblash kuvvatini oshirishigina yetarli emas, buning uchun kushimcha apparatli qoʻllab-kuvvatlash analogli audio va videosignallarni rakamli ekvivalentga kushish va uning teskarisi uchun zarur boʻlgan analogli-rakamli (ARU) va rakamli-analogli oʻzgartirgich (RAU) videoprotsessorlar, dekoderlar maxsus integral chizmalar va boshqalarham zarur. Odatda, yuqorida koʻrsatilgan qoʻshimcha apparatli vositalar kompyuterlarning video va audio imkoniyatlarini kengaytiruvchi turli platalar koʻrinishida shakllanadi:
Koʻchmas video tasvirlar bilan ishlash uchun TARGA platasi;
- xarakatlanuvchi videotasvirlarni yozish va aks ettirish uchun Video Blaster, Video Spigot, Intel Smart, Video Recorder platalari;
- Microsoftfirmasining Sound Blaster, Sound Galaxy Sound for Windows audioplatalari.
Video va audio axboroti bilan ishlashning zaruriyati ma’lumotlarning katta hajmi va ularni oʻzatishning yuqori tezligi bilan bog’lik, koʻplab muammolarni yuzaga keltirdi. Bu, audio-video axborotning sungi texnologiyalarini rivojlantirish va katta sig’imdagi jamgaruvchilarning yangi namunalarini yaratishning boshlanishi boʻladi. Masalan, 650 Mb sig’imli va 150 kb/shisoblash tezligidagi SD-ROM optik kompakt diski shu jumladandir. Multimedia uchun zamonaviy SD-ROM texnologiyalar tak-dimnomasi ilk marta 1987 yili Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft SD - ROM Sopfegense) boʻlib oʻtdi va bu sana video va audioaxborotli toʻlaqonli multimedianing paydo boʻlishi boshlanishi deb hisoblanadi.Multimedia tarkib topishining bundan keyingi qadami CD-Itexnologiyasi (Compact Disk Interactive - interaktiv videodisklar) boʻladi, ular kompyuter yordamida lazerli video-muruvvatni boshqarish yoʻli bilan kompakt diskdan axborotni ixtiyoriy tanlashni tashkil etishga imkon beradi. Bu texnologiyani Philips Electrnics firmasi ishlab chiqadi va u Sony, IVM va Microwarefirmalari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.IVM va Intel firmalari tomonidan ishlab chiqilgan va mul­timedia tizimlari koʻrilishi uchun foydalaniladigan DVI tex­nologiyasi toʻrt bazaviy unsurdan tashkil topgan:
- videotizimning asosi boʻlgan ixtisoslashgan mikro­protsessor turkumi (masalan, tasvirlar kompressiyasi va dekompressiyasi uchun Intelfirmasining I 82750RV piksel protsessori; signallarni raqamli qayta ishlash uchun Texas Instrument firmasining TMS320S10 protsessori; tasvirning videoxotirasida joylashgan ifoda uchun Iptel firmasining i82750DV displeyli protsessori va boshqalar); oxirgi paytlarda bulardan ham zamonaviylari bozorda taklif qilinmoqda;
- drayverlar (Video Driver, Audio Driver va VRAM DriverhamdaSD - ROM Driver ) va alohida kichik tizimlar darajasidagi dasturiy interfeys: grafika va videoeffektlar ma’lumotlari kompressiyasi va dekompressiyasi AVSS (Audio-VideoSupport System); RTX (Real Time Executive) STD (Standart)multivazifadorligini ta’minlash, xotirani, kirish-chiqishni boshqarish va boshqalar;
- galma-gal paydo boʻluvchi audio va video axborot saqlovchi, ma’lumotlarni SD - ROM jamg’aruvchisidan foydalanilganda tezligi bir tekisligini ta’minlovchi maxsus shaklli fayllar;
- sub'yektiv qabul qilishga yoʻnaltirilgan va ba’zi yoʻqotish yoki boʻzib koʻrsatishlarga yoʻl qoʻyuvchi axborotning turli namunalari tiklash algoritmlari. Bu texnologiyani qoʻllashning eng oddiy misoli boʻlib, siyraklash algoritmi, ya’ni tasvirning diskretligini kamaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. JPEG (Joint Photographic Exerts Group) statik tasvirlarni siqishning eng koʻp tarqalgan algoritmida jarayonlar natijasida koʻchmas tasvirlarning vizual zararsiz 20, ...,50 martagacha siqilishga olib borish mumkin.Xarakatlanayotgan tasvir va audioaxborotlar uchun prediktiv kodlash (Predictive Coding) algoritmlaridan foydalaniladi.Bu gurux algoritmlari orasida MREG (Moving Pictures Experts Groups ) algoritmlarini ajratib koʻrsatish mumkin, ular 25...50 marta siqish koeffitsentini ta’minlaydi. Jumladan, agar 24-betli rangli va 30 kadrlar /s.li 640x480 oʻlchamli siqilmagan rakamli televizion tasvir uchun 27 Mb/s ma’lumotlarni oʻzatish tezligi talab etilsa, unda MREG1 algoritmi talab etilayotgan oʻzatish tezligini 550 kb/s. gacha kamaytiradi. MREG1 algoritmi, shuningdek, siqish koeffitsenti 5 ...10 marta boʻlgan audioaxborot kompressiyasi uchun ham qoʻllaniladi.
DVItexnologiyasida foydalaniladigan video siqish al­goritmlarini ikkiga boʻlish mumkin:
- JPEG rusumli simmetrik chizmali algoritmlar, ular real vaqt miqyosida siqishni amalga oshirish va huddi videomagnitafondagi kabi sifat darajasida kompyuter (Real Time Video) vinchesteriga ma’lumotlarni yozishga imkon beradi, bunda SD - ROM ni tayyorlashga zaruriyat qolmaydi;
- MREG rusumli nosimmetrik kompressiya algoritmlari, ular SD-KRM (Production Level Video) ga yozish uchun mahsulotni bozorbop yoʻsinda yaratishda foydalaniladi va multimedianing tizimida videoni fakat aks ettirishni ta’minlaydi. Bunda videoni siqish darajasi 100...160 martaga yetadi, videomagni-tafon yozuviga yaqin sifat saqlanadi.

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin