Multimedia vositalari va ulardan foydalanish


Tanlangan videoni tahrirlash



Yüklə 8,97 Mb.
səhifə8/8
tarix10.09.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#142476
1   2   3   4   5   6   7   8
4-ma\'ruza

Tanlangan videoni tahrirlash:
Tahrirlash (video yaratish) uchun "Moy content" papkasidan kerakli fayl tanlanadi va “Edit” ustiga sichqoncha bilan bosiladi. Video bilan ishlash uchun sahifa ochiladi






  1. "Tahrirlash" tugmasini bosish orqali biz montaj tasmasi sahifaga oʻtamiz:




Save -> Continue tugmalari bosilib tahrirlash davom ettiriladi:






  1. Videoni tahrirlashni tugatgandan soʻng, “Finish” tugmasi bosiladi.





Tahrirlangan videoda yaratilgan test savolini ishlashini koʻrish mumkin:

Kerakli joyga kelib video tuxtab savol paydo boʻladi:




Savolga javob belgilangach video namoyishini davom etadi.



  1. Tahrirlashdan soʻng, xizmat unda video darslikni joylashtirish uchun sinf yaratishni taklif qiladi.



"Add class" - sinf qoʻshish

"Class name" - sinfga nom bering (5-sinf,masalan)

Shakl tuldirilgandan soʻng “Creat class” tugmasi bosiladi va sinf oynasiga oʻtiladi:

Talabalarn topshiriqlarni oʻtkazib yuborishining oldini olish mumkin, "Prevent skipping" tugmasi yordamida, vazifalarni bajarish muddatini "Due date" yordamida belgilab "Send" bosiladi.




Ekrannaya kamera (Screencam)dasturi



Rasmiy web –sayti:http://screencam.ru/
Dastur interfeysi:

Ushbu dastur oʻzining soddaligi bilan hayratda qoldiradi. IT sohasida hech ishlamagan inson ham, albatta, bu dastur bilan ishla oladi.
Dastur xususiyatlari:

  • Birinchidan, u butunlay rus tilida.

  • Ikkinchidan, barcha harakatlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladilik.

  • Uchinchidan, videoni yozib olgandan soʻng, muharrir ochiladi, unda yozib olingan videoni koʻrish, undan keraksiz narsalarni olib tashlash, video uchun siqish sifatini tanlash va yakuniy natijani saqlash mumkin.

Afzalliklari:
- bosqichma-bosqich harakatlar;
- butun ekranni, alohida oynani yoki qoʻlda belgilangan maydonni yozib olish;
- tizimdagi barcha tovushlarini (masalan, sichqonchani bosgandagi tovush), mikrofondan ovozni va hk, yozib olish imkoniyati;
- dastur ishlash jarayonini, oʻyin jarayoni va onlayn translyatsiya videotasvirini olish mumkin;
- yozib olgandan soʻng, videoni tahrirlash mumkin: keraksiz qismini kesish, musiqa qoʻshish, ekran pardasini yaratish va hk.;
- tahrirlash bosqichidan soʻng, videoni saqlash mumkin. Dasturda barcha variantlar mavjud: videoni darhol DVD-ga yozish yoki uni qattiq diskga saqlas mumkin. Video formati va sifati batafsil sozlanadi: kodekni (MP4, Divx, Xvid va boshqalar), piksellar sonini, ovoz sifatini tanlash, kerakli yakuniy video hajmini belgilash mumkin (ya’ni, video 100 MB boʻlishi kerakligini qoʻlda sozlab - va dastur oʻzi xohlagan bit tezligini oʻrnatadi.).
Kamchiliklari:
- dastur pullik (bepul ilovasi faqat 10 kun ishlaydi);
- bepul ilovasida, yaratilgan videoda, oynaning eng pastki qismida video dasturning sinov versiyasida yaratilganligi haqida kichik yozuv paydo boʻladi .
Mavzuga oid savollar
1.Multimediya nima?
2.Multimediya ilovalarga nimalar kiradi?
3.Oʻqitishda “Distant” uslubini tushuntirib bering?
4.Multimedia ilovalarini yaratishda qanday dasturlardan foydalaniladi?
5.Camtasia dasturi va uning vazifalari?
6.Edpuzzleda dasturi va uning vazifalari?
7.FastStone Capture dasturi va uning vazifalari?
8.Edpuzzleda tanlangam videoga savol qushish qanday tartibda bajariladi?
9.Ekrannaya kamera dasturining afzalliklari?
Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin