Multimedia vositalari va ulardan foydalanish



Yüklə 8,97 Mb.
səhifə1/8
tarix10.09.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#142476
  1   2   3   4   5   6   7   8
4-ma\'ruza


4-ma’ruza
Mavzu: Video va audio elektron o’quv resurslarni yaratish texnologiyalari va dasturlari
Multimedia vositalari va ulardan foydalanish
Multimedia – bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatstiya effektlari asosida oʻquv materiallarini oʻquvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi koʻrinishidir.
Multimedia vositalari (multimedia – koʻpvositalilik) - bu insonga oʻzi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda boʻlishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bun­day integratsiya axborotni roʻyxatdan oʻtkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
- muayyan vaqtdagi ish, oʻz tabiatiga koʻra statik boʻlgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig’ida koʻrib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tezharakatchanligi, ma’lumotlarni oʻzatishshinasining oʻtkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotirakatta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari boʻyicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
- "inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta’lim, ish­lash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
Multimediavositalariasosidaoʻquvchilargata’limberishvakadrlarniqaytatayyorlashniyoʻlgaqoʻyishxozirgikunningdolzarbmasalalaridandir.
Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning oʻzi nima degan savol tug’iladi? Koʻpgina mutaxassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob'yektlarining fazodagi xarakati) effektlari asosida oʻquv materiallarini oʻquvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan xoldagi koʻrinishidir.
Rivojlangan mamlakatlarda oʻqitishning bu usuli, xozirgi kunda ta’lim sohasi yoʻnalishlari boʻyicha tatbiq, qilinmoqda. Xatto, xar bir oila multimedia vositalarisiz xordiq, chiqarmaydigan boʻlib qoldi.Amaliyot shuni koʻrsatmoqdaki, multimedia ' vositalari asosida oʻquvchilarni oʻqitish ikki barobar unumlidir va vaqtdan yutish mumkin.Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30 % gacha vaqtni tejash mumkin boʻlib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar oʻquvchilar berilayotgan materiallarni koʻrish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolinishi 25-30 % oshadi. Bunga qoʻshimcha sifatida oʻquv materiallari audio, video va grafika koʻrinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75 % ortadi. Bunga biz multimedia vositalari asosida chet tillarini oʻrganish jarayonida yana bir bor ishonch xosil qildik.
Multimedia vositalari asosida oʻquvchilarni oʻqitish quyidagi afzalliklarga ega:
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq oʻzlashtirish imkoniyati bor;
b) ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi:
v) ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni te­jash imkoniyatiga erishish;
g) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak boʻlganda amaliyotda qoʻllash imkoniyatiga erishiladi.
Shuni aytib oʻtish kerakki, kadrlarni qayta tayyorlash yoʻlida Jaxon Valyuta Fondi, Umumjaxon banki, Yevropa Ittifoqi komissiyasi kabi nufuzli tashkilotlar katta tajribaga egadirlar. Oʻz oʻrnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yoʻlida ayrim ob'yektiv muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi - oʻquvchilar uchun kerak boʻlgan oʻquv materiallarini, qonunlarni va boshqa koʻrsatmalarni qoʻllanma qilib kompyuter dasturlarini ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarida multimedia elementlarini qoʻllash esa, kompakt disklarni (lazer disklari) qoʻllashni talab qiladi. Xozirgi kunda bunday koʻrinishdagi kompakt disklarni respublikamizda ishlab chiqarish imkoniyati yoʻqdir. Bular ma’lum bir miqdordagi mablag’ni oldindan jalb etishni talab qiladi.Bizning fikrimizcha, zamonaviy kompyuter texnolo­giyalaridan oʻquvchilarga ta’lim berish va qayta tayyorlash jarayo­nida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori malakali mutaxassislarni kamol toptiradi.

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin